Tanlab qabul qilish
ayni bir xizmatni turli iste’molchilar har xil qabul
qilishini anglatadi. Bu iste’molchilar fe’l-atvori,
qiziqishlari, shaxsiy
fazilatlari, bilimlari, shuningdek xizmatdan
foydalanish holati bilan
belgilanadi. Xizmatning sifatini qabul qilishning vaziyatga doir
xususiyatlariga xizmat ko‘rsatilgan vaqt (masalan, barcha tafsilotlarni
shoshilinchda payqamaslik, xotirjam vaziyatda esa yaxshilab ko‘rib olish
mumkin), muayyan sharoit (masalan,
yomon ob-havoda kurort
mehmonxonalarida dam olayotgan mijozlar nomerdagi mebel va jihozlarga
diqqat bilan e’tibor bera boshlaydilar, ularda ovqatlanish sifatiga qiziqish
ortadi va h.k.) kiradi.
Sifatni qabul qilish xizmatdan foydalanish chog‘ida kutilgan natijaga
moslashishi
mumkin. Agar qabul qilingan sifat kutilgan natija doirasidan
biroz chetga chiqsa, foydalanuvchi uni o‘z mo‘ljaliga moslashtiradi. Biroq,
qabul qilingan xizmat kutilgan natijaga mutlaqo mos kelmasa, kontrast
effekti vujudga keladi: kutilgan natijaning kattaligi
kontrast effektini
kuchaytiradi.
Foydalanuvchi birovning – xizmat yoki uning tarkibiy qismlari bilan
tanish bo‘lgan do‘stlari, hamkasblari, qo‘shnilari tajribasidan foydalanishga
harakat qilgan hollarda
taassurotlarning muttasil kuchayishi
sodir bo‘ladi.
Natijada ijobiy taassurotlar mustahkamlanadi, salbiy taassurotlar esa siqib
chiqariladi yoki buning teskarisi sodir bo‘ladi.
Foydalanuvchining xizmat sifatini qabul qilishining yuqorida
tavsiflangan modeli mazkur tushunchaga quyidagi uch tarkibiy qism birligi
deb qarash imkonini beradi:
•
asosiy sifat;
•
talab etilgan sifat;
•
xohlangan sifat.
Asosiy sifat
– xizmatning foydalanuvchi bo‘lishi shart deb hisoblagan
xossalari yig‘indisi. Mijoz mazkur sifatning mavjudligiga umid qilib,
ishlab chiqaruvchi bilan ularni muhokama qilishni lozim topmaydi.
Mehmonxona korxonasi xizmatlari uchun asosiy
sifatlarga quyidagilar
misol bo‘lishi mumkin:
•
mehmonxonaga joylashishda toza choyshab, yostiq jildi va
sochiqlarning mavjudligi;
•
mehmonxona nomerining har
kuni tozalanishi;
•
televizor hamda nomerda mavjud boshqa apparaturaning buzilmay
ishlash kafolati;
•
mehmon bilan yakuniy hisob-kitobda xato qilmaslik va h.k.
135
Xizmatning asosiy sifatini ta’minlash korxonadan bu yo‘nalishda
muttasil ish olib borish va harajatlar qilishni taqozo etishi mumkin.
Xizmatning asosiy sifatiga lozim darajada e’tibor bermaslik korxona
obro‘siga putur yetishi va mijozlar yo‘qolishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: