obuna kålgusi yilning 12 oyi uchun moljallangan. Shuning uchun
ham obuna tolovlarini kålgusi yil 12 oyi uchun taqsimlab chiqish
tågishli davr xarajatlariga qoshish maqsadlidir. Agar tolangan obuna
haqlari shu tolangan oydagi xarajatlar tarkibiga birdaniga qoshilsa,
shu oydagi xarajatlarning miqdori sun'iy ravishda oshib kåtishiga olib
kålishi tabiiydir.
Ahamiyat bårib qaralsa, obuna xarajatlari kålgusi davrga tågishligiga
ishonch hosil qilish mumkin. Shunga oxshash xarajatlar hisobi uchun
«Kålgusi davr xarajatlari» 3100 schyot moljallangan. Xarajatlar amalga
oshirilganda, hisobi «Kålgusi davr xarajatlari» 3100 schyotda yuritiladi.
Xarajat mahsulot tannarxiga qoshilishi kårak bolgan davrda, kålgusi
davr xarajatlari schyotidan joriy davr xarajatlari schyotiga otkazib
boriladi.
Kålgusi davr bilan bogliq xarajatlarga yana quyidagi misolni kåltirish
mumkin. Sanoat ishlab chiqarish korxonasida yoki umumiy ovqatlanish
korxonasida yangi mahsulot ishlab chiqarish bilan bogliq xarajatlar
(xomashyo, måhnat haqi va hokazo) joriy davrda ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlar tarkibiga kiritilsa, tannarx notogri hisoblanishiga olib kåla-
di. Yangi mahsulot turi tajriba va turli boshqa tåkshiruvlardan otib,
uni kång miqyosda ishlab chiqarish yolga qoyilganidan song, kålgusi
davr xarajatlari schyotida hisobga olib qoyilgan xarajatlar summasi
ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga bir nåcha davr (oylar) davo-
mida taqsimlab boriladi.
Korxonada mavjud bolgan asosiy vositalarning jismoniy eskirishi
natijasida tamirlash ishlarini bajarilishi talab etiladi. Asosiy vo-
sitalarni kapital tamirlash ishlari uchun kop miqdordagi xarajatlar
sarflanishini etiborga olsak, tamirlash ishlari bajarilgan davrdagi
xarajatlarni, yani mahsulot tannarxini birdaniga oshib kåtishi ku-
zatiladi. Mahsulot tannarxini bir davrda birdaniga oshib kåtishining
oldini olish maqsadida, asosiy vositalar tamirlash ishlari yuzasidan
zaxira hisoblab boriladi.
73
Zaxira hisoblash Ozbåkiston Råspublikasi Moliya Vazirligi ruxsati
bilan tashkil etiladi. Zaxira hisobini yuritish uchun 8910 «Kålgusi davr
tolovlari va xarajatlari yuzasidan zaxira» passiv schyoti moljallangan.
Zaxira hisoblanganda ham shu oydagi xarajat (Dåbåt 2010, 2310, 2510,
9400) hamda zaxira (Krådåt 8910) kopayadi. Shunday qilib, har oyda
malum bir miqdorda mahsulot tannarxiga qoshib borish natijasida
vujudga kålgan zaxira hisobidan tamirlash ishlari bajariladi. U vaqtda
xarajat kopaymaydi, balki, zaxira summasi kamayadi.
Zaxiralar korinishidagi xarajatlarga ishchi va xodimlarning måhnat
tatili kunlari uchun hisoblanadigan måhnat haqi xarajatlarini ham
misol tariqasida kåltirish mumkin.
Malumki, måhnat kodåksiga kora, ishchi va xodimlar bir yilda bir
marta måhnat tatilini olish huquqiga egadir.
Bazi bir korxonalarda ishchilar soni kop boladi. Malumki,
kopchilik shaxslar måhnat tatilini yoz oylarida olishga harakat qilishadi.
Agar måhnat haqlari mahsulot tannarxiga qoshilishini etiborga olsak,
yoz oyida ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini sun'iy ravishda
birdaniga oshib kåtishi roy bårishini tushunish mumkin. Sababi måhnat
tatiliga chiqqan xodimlarga ham, ular orniga måhnat qilayotgan
xodimlarga ham måhnat haqi hisoblanishi kårak. Suniy ravishda mah-
sulot tannarxini måhnat tatili kunlari uchun hisoblangan xarajatlar
hisobiga oshib kåtishining oldini olish maqsadida zaxira hisoblab boriladi.
Zaxira umumiy summasi yigilishi uchun bir miqdorda oyma-oy mahsulot
tannarxi oshishi hisobiga zaxira hisoblab boriladi.
Måhnat tatili uchun ish haqlari hisoblanayotgan oyda xarajat ko-
paymasdan zaxira summasi kamayadi va shu yol bilan mahsulot
tannarxini sun'iy ravishda oshishining oldi olinadi.
Hisoblab borilgan zaxira summalari ortib qolsa, korxona foydasiga
otkaziladi.
Shubhali qarzlar yuzasidan zaxiralar ham korxona zararini birdaniga
oshishiga yol qoymaslik maqsadida tashkil etiladi. Hisobi esa 4910
«Shubhali qarzlar yuzasidan zaxira» passiv schyotida yuritiladi. Bunda
har oyda Dåbåt 9430 Krådit 4910 buxgaltåriya provodkasi amalga oshi-
riladi. Shubhali qarzlar yuzasidan yigilgan zaxira hisobidan kråditorlik
qarzlari qoplansa, quyidagi buxgaltåriya provodkasi yoziladi:
D
Ò
4910 «Shubhali qarzlar yuzasidan zaxira»;
K
Ò
4010 «Olinadigan schyotlar».
Savdo korxonalarida muomala xarajatlari bolib, ular hisobi 9410
schyotda yuritiladi. Muomala xarajatlarining 23 ta moddasi mavjuddir.
74
Sotilgan tovarlar uchun muomala xarajatlarini kalkulatsiya qilinishi
tovar uchun savdo ustamasini aniq bålgilash imkoniyatini yaratadi.
Masalan, muzlatgich bilan bogliq xarajatlar (shu muzlatgich
eskirish summasi, tamirlash xarajatlari, elåktroenårgiya sarfi uchun
tolov summalari)ni muzlatgichda saqlanadigan tovarlar miqdori
ortasida proporsional taqsimlash zarur, yani muzlatgichda oy
davomida saqlangan jami tovarlar miqdorida tovarni nåcha foizni
tashkil etishi aniqlab olinadi, songra muzlatgich bilan bogliq bolgan
barcha xarajatlarning shuncha foizi tågishli tovar bilan bogliq xarajatga
qoshiladi.
Råklama xarajatlari råklama qilingan tovarlar miqdoriga mos ravishda
taqsimlanadi. Savdo korxonasi umumiy tarzda råklama qilingan bolsa,
oy davomida sotilgan jami tovarlar boyicha har bir tovarning miqdori
foizlarda aniqlanib, songra shu foizlarga kora råklama umumiy
xarajatlari sotilgan tovarlar ortasida taqsimlanadi.
Savdo korxonalarining hisob tizimida bunday hisob ishlari «Muo-
mala xarajatlari kalkulatsiyasi» fanida organilgan. Bu fan hozirgi vaqtda
amaliyotda kamroq qollanilmoqda.
Ammo savdo korxonalarida sotilgan tovarlarga tågishli transport
xarajatlarining aniqlash amaliyotda qollaniladi. Bu bilan oy davomida
sarflangan transport xarajatlarining jami shu oydagi xarajatlarga qoshi-
lishining oldi olinadi. Sababi qabul qilingan tovarlarning barchasi shu
oyda sotilmaydi-ku, shuning uchun ham sotilmay qolgan tovarlarga
tågishli transport xarajatlari aniqlanib, transport xarajatlarining qoldigi
sifatida qolishi kårak.
Sotilgan tovarlarga tågishli transport xarajatlari esa joriy davr muo-
mala xarajatlariga qoshiladi va foyda hisobidan qoplanadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kalkulatsiya orqali mahsulot
tannarxi aniqlanadi va foyda miqdori aniqlanishi uchun asos hisoblanadi.
Olingan foyda (daromad)dan soliq summasi hisoblanishini etiborga
olsak kalkulatsiya ornini, ahamiyatini bilish qiyin emas.
XULOSA
Baholash xojalik mablaglari, majburiyatlar va xojalik jarayon-
larini pul olchov birligida aks ettirish usulidir. Bundan buxgaltåriya
hisobida xojalik mablaglari va ularning kålar manbalari, majburiyatlari
va xojalik jarayonlarini faqat pul olchov birligida ifodalanadi dågan
xulosa kålib chiqadi.
75
Korxona mulklari baholanayotganda ularning tuzilishi, foyda-
lanilishi, ishlab chiqarishda qatnashishi, maqsadli moljali kabi xusu-
siyatlari etiborga olinadi.
Xojalik mablaglari baholanayotganda haqiqiylik va bir xillik
prinsipiga rioya qilinishi shart.
Kalkulatsiya tannarxni aniqlash dåmakdir. Tannarx bu mahsulot
tayyorlash yoki xizmat korsatish uchun kåtgan xarajatlarning puldagi
ifodasidir.
Ushbu usuldan korxona mulklaridan bazilari hisobini yuritishda
foydalaniladi. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulot, matårial tannarxini
aniqlash. Shuningdåk, savdo korxonalaridagi muomala xarajatlarining
moddalari summalarini tovarlar boyicha tågishli ravishda taqsimlashda
ham kalkulatsiyadan foydalaniladi.
Kalkulatsiya orqali mahsulot tannarxi aniqlanadi va foyda miqdori
aniqlanishi uchun asos hisoblanadi. Bundan korinib turibdiki, kal-
kulatsiya, tannarx va xarajat sozlari ozaro boglangandir. Shuning
uchun xarajatlar va ularning iqtisodiy mazmuni, guruhlanishi togrisida
tushunchaga ega bolish maqsadga muvofiqdir. «Mahsulot (ishlar,
xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda
moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi togrisida»gi nizomga asosan
xarajatlar ishlab chiqarish va davr xarajatlariga bolinadi. Ishlab chiqarish
xarajatlari ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini tashkil etadi. Davr
xarajatlari korxonaning foyda yoki zararlari hisobidan qoplanadi.
Tayanch iboralari
Baholash, boshlangich qiymat, eskirish summasi, xarid bahosi, bozor
bahosi, haqiqiy baho, FIFO, LIFO, AVECO, qiymat, pul olchov birligi,
xarajatlar, «Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish
xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi
togrisida»gi nizom, kalkulatsiya, mahsulot tannarxi, foyda, zarar, ishlab
chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari
Mavzu yuzasidan nazorat savollari va topshiriqlar
1. Baholash nima?
2. Baholashning ahamiyati nimalardan iborat?
3. Baholash usullari qanday?
4. Baholash kim tomonidan amalga oshiriladi?
5. Baholashda qollaniladigan olchov birliklarini ayting.
6. Buxgalteriya hisobida baholash qaysi olchov birligida amalga oshi-
riladi?
76
7. Qaysi xususiyatlarga qarab baholash turlari qollaniladi?
8. Kalkulatsiya deb nimaga aytiladi?
9. Kalkulatsiyaning ahamiyati nimadan iborat?
10. Tannarx deb nimaga aytiladi?
11. Tannarx bilan baholashning qanday bogliq tomonlari mavjud?
12. Xarajatlarni guruhlashda uslubiy asos bolib nima hisoblanadi?
13. «Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish xarajat-
larining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi
togrisida»gi nizom qachon va kim tomonidan tasdiqlangan?
14. Xarajatlarning qanday turlari mavjud?
77
5- bîb. Hujjatlashtirish va invåntarizatsiya
1. Hujjatlar va ular haqida tushuncha
Buxgaltåriya hisobi usullaridan biri hujjatlashtirish bolib, uning
ahamiyati xojalikni yuritishda, boshqaruvni oqilona tashkil etishda,
shuningdåk, hisob ishlarini yuritish oldiga qoyilgan vazifa hamda
talablarga javob bårishda zaruriydir.
Buxgaltåriya hisobida sodir bolayotgan jarayonlar osha vaqtning
ozidayoq maxsus hujjatlarda rasmiylashtiriladi. Bu hujjatlar buxgaltåriya
hisobi hujjatlari dåb ataladi. Buxgalteriya hisobining eng muhim
xususiyatlaridan biri unda barcha xojalik operatsiyalari yoppasiga qayd
qilinadi. Bu narsa barcha xojalik jarayonlarining tola tavsifini olish
uchun zarur.
Buxgalteriya hisobining yana bir xususiyati unda xojalik jarayon-
larining hujjatlashtirilishidir. Buxgalteriya hisobi tizimida qayd qili-
nadigan har bir operatsiya dastlab hujjatlashtirilishi kerak. Hujjat
buxgalteriya hisobi malumotlarining yagona manbayi hisoblanadi. Shu
sababli buxgaltåriya hisobida hujjatsiz malumotlar axborot sifatida tan
olinmaydi. Buxgaltåriya hisobi hujjatlari bolib otgan voqåa-hodisalar
togrisidagi yozma guvohdir, yani hujjatlar otgan davr togrisida
malumot beradi.
Barcha operatsiyalarni qamrab oladigan hujjatlarning mavjudligi
buxgalteriya hisobi malumotlaridan moddiy javobgar shaxslar faoliyati
ustidan nazorat qilish uchun foydalanish va boshqarish uchun asoslangan
malumotlar olish imkonini beradi.
Buxgalteriya hisobida yigma yakunlangan korsatkichlarni olish
uchun yigilgan malumotlarni ilmiy ishlashning maxsus usullaridan
foydalaniladi. Bu usullarning muhim xususiyatlari shundan iboratki,
ular alohida ajratib olingan korxona, tashkilot va muassasalarning butun
xojalik faoliyatini uzluksiz va ozaro boglangan holda aks ettirilishini
taminlaydi.
Buxgalteriya hisobining malumotlari ayrim korxona, tashkilot va
muassasalar hamda malum bir kompaniya tarkibiga kiradigan korxonalar
guruhi boyicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularning ishini
78
audit qilish uchun audit manbayi sifatida xizmat qiladi. Buxgalteriya
hisobining qator hisob korsatkichlari umumlashtirilgan korinishda
korxonaning moliyaviy holatini baholashda ishlatiladi.
Umumlashgan korsatkichlarning bir guruhi faoliyatni baholashda
buxgalteriya hisobining malumotlariga asoslanadigan statistik hisob
yordamida olinadi. Hisobi hujjatlari Ozbåkiston Råspublikasi Statistika
Qomitasi ishlab chiqqan va tasdiqlagan maxsus blankalarga roy bårgan
yoki sodir etilishi kårak bolgan xojalik jarayonlarining hamma
råkvizitlarini aks ettirilgan holda tuziladi. Bundan tashqari, korxona
maxsuslashtirib ishlab chiqqan blanka shakllari ham qollaniladi, ushbu
hollarda ishlab chiqilgan blankalar shakli moliya tashkilotlari tomonidan
tasdiqlanishi kårak.
Råkvizitlar bu hujjat nomi, mazmuni, toldirish sanasi, tasdiqlovchi
belgilar kabi korsatkichlarni ifodalovchi yozuvlar. Råkvizitlarni notogri
yoki buzib korsatish ham buxgaltåriya hisobi tartib va tamoyillarining
buzilishiga olib keladi. Shuning uchun buxgaltåriya hisobida hujjatlarning
råkvizitlarini aniq va togri rasmiylashtirish talab qilinali.
Blankalarning eskirganlarini va andozaga javob bårmaydigan
shakllarini ishlatish taqiqlanadi.
Hozirgi davrda korxonalar oz buxgaltåriya hisobini yuritishda
zamonaviy tåxnika vositalaridan kång foydalanmoqdalar. Bunda
korxonalarga birlamchi hujjatlarni hamma standartlar talabiga rioya
etgan holda, hisoblash tåxnikalari orqali ishlab chiqarishga ruxsat etilgan.
Ozbåkiston Råspublikasi qonunchiligida bålgilangan hollarda bazi
hujjatlar qatiy hisobda olib boriladi. Bunday blankalardan foydalanish
va ular asosida hisob yuritish tartibi hamda ulardan foydalanuvchi
korxonalar doirasi moliya vazirligi va tågishli boshqarmalar tomonidan
bålgilanadi.
Qatiy hisobda turgan blankalar ornatilgan tartibda tartib raqami
bilan bålgilanadi, albatta korxona muhri, masul xodimning imzosi
bilan ham tasdiqlanishi zarur.
Blankalarda malumotlar aks ettirilishining ahamiyati shundaki,
avvalambor xojalik jarayoni roy bårganligining isbotini bårsa, ikkin-
chidan mulkchilik saqlanishini taminlaydi va yana korxona ichki boshqa-
ruvi uchun hamda yuqori boshqaruvi, audit nazorati, tåkshiruvi uchun
ham xizmat qiladi. Hujjatdagi malumotlardan foydalanib korxona,
muassasa, tashkilotlar faoliyati organiladi, tahlil qilinadi, baho båriladi
va tågishli xulosalar chiqarilib, ular asosida chora-tadbirlar bålgilanadi,
tågishli qonun qoidalar qabul qilinadi va hayotga tatbiq etiladi.
79
2. Hujjatlarning turlari, råkvizitlari va
ularning rasmiylashtirish tartibi
Xojalik jarayonlarining turli-tumanligi ularni aks ettiruvchi hujjat-
larning ham turli bolishiga sabab bolishi tabiiydir. Hujjatlar bir nåcha
xususiyatlariga kora turkumlarga ajratiladi, bunday guruhlashga sabab
hujjatlashtirish ishlarini, ulardan hisob ishlarida foydalanishni hamda
ular aylanishini, saqlanishini osonlashtirishdir.
Hujjatlar tuzilish tartibiga, vazifasiga, xojalik jarayonini aks ettiri-
shiga, qayerda tuzilishi kabi xususiyatlarga kora turkumlarga ajratiladi.
Hujjatlar tuzilish tartibiga kora, dastlabki va yigma hujjatlarga
bolinadi. Buni quyidagicha izohlash mumkin.
Xojalik jarayoni roy bårganda albatta hujjatlashtirilishi shart.
Masalan, tovar kåltirish uchun asos bolgan yuk xati (tovar transport
nakladnoyi), kassa kirimi va chiqim ordårlari va hokazo. Bular bir
xojalik jarayonini ozida aks ettiradi va dastlabki hujjatlarga misol
boladi.
Shu dastlabki hujjatlar tåkshirilib, ular asosida yigma hujjatlar
tuziladi va bu hujjatlar malum bir davr ichida roy bårgan jarayonlar
haqida malumotlar båradi.
Yigma hujjatlarga tovar hisoboti va kassir hisobotini misol tariqasida
kåltirish mumkin.
Hujjatlar vazifasiga kora 5 turga ajratiladi:
1. Farmoyish båruvchi hujjatlar.
2. Tasdiqlovchi hujjatlar.
3. Farmoyish-tasdiqlovchi hujjatlar.
4. Buxgaltåriya hisobotiga ilova hujjatlari.
5. Axborot hujjatlari.
1. Farmoyish båruvchi hujjatlar. Biror xojalik jarayonini bajarish
uchun albatta masul xodimlar tomonidan buyruq båriladi yoki jamoa
qaror qabul qiladi. Unda jarayonni bajaruvchi shaxslar hamda
jarayonlarning bajarilish muddati korsatilgan boladi. Shunday qilib,
biror xojalik jarayonining bajarilishiga farmon båruvchi hujjatlar
farmoyish hujjatlari dåyiladi. Ular asosida buxgaltåriya provodkalari
bajarilmaydi, balki korxona boshqaruvining xodimlari ishlar yuzasidan
nazoratni ornatishlari uchun xizmat qiladi.
2. Tasdiqlovchi hujjatlar. Xodim, masul shaxsning biror xojalik
jarayonini bajarganini tasdiqlovchi hujjatlar ham amalda qollaniladi.
Masalan, asosiy vositalarning qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosiy
80
vositalarni qabul qilinganini, tolov vådomostlari måhnat haqi bårilganini
(dåponåntlashtirilganligini) isbotlaydi. Shuning uchun ham bunday
hujjatlar tasdiqlovchi hujjatlar dåyiladi.
3. Farmoyish-tasdiqlovchi hujjatlar. Korxonalar buxgaltåriya hisobini
yuritishda shunday hujjatlar ham mavjudki, ularda bir vaqtning ozida
jarayon bajarilishiga farmon bårilishi bilan birga jarayon bajarilganligini
tasdiqlash xususiyati ham mujassamlashtirilgan. Masalan, tolov topshi-
riqnomasi korxonaning bankdagi «Hisoblashish» schyotidan tolov ot-
kazilishiga buyruq bårilishi bilan birga schyotdan pul otkazilganligini
ham isbotlaydi. Bunday hujjatlarga tolov talabnomasi va kassa chiqim
ordårlarini ham misol tariqasida kåltirish mumkin. Ularda ikki xususiyat
mujassamlashtirilganligi sababli farmoyish-tasdiqlovchi hujjatlar dåb
ataladi.
4. Buxgaltåriya hisobotiga ilova hujjatlari. Buxgaltåriya hisobini
yuritishda xojalik jarayonlari roy bårishi bilan båvosita bogliq
bolmagan, ammo hisob ishlarida ahamiyatli hujjatlar ham borki, ular
rasmiylashtirish hujjatlar dåb ataladi. Masalan, korxonalarda mavjud
bolgan asosiy vositalarga eskirish summasini hisoblash vådomostlari
(qaydnomalari), buxgaltåriya malumotnomalari, sotilgan tovarlarga
doir ortacha savdo ustamasini hisoblash jadvali, sotilgan tovarlarga
tågishli transport xarajatlarini hisoblash jadvali va hokazo. Ulardagi
malumotlardan buxgaltåriya hisobi rågistrlariga tågishli yozuvlarni aks
ettirishda foydalaniladi.
5. Axborot hujjatlari. Korxonada roy bårgan xojalik ja-
rayonlarining asosi hisoblangan uning moliyaviy holati, tovar moddiy
boyliklari zaxiralari haqida axborot båruvchi hujjatlar, ichki bosh-
qaruv va yuqori tashkilot hamda muassasalari, davlat soliq nazorati,
kråditorlar, hissadorlar, tasischilar, tashqi auditorlarga zarur vaqt-
larda tågishli axborotlar olishda xizmat qiladi. Bunday axborot huj-
jatlariga mol yåtkazib båruvchilar va pudratchilar bilan tuzilgan
shartnomalar, bank muassasalari bilan tuzilgan shartnomalar, tovar
moddiy boyliklari zaxiralari, tabiiy kamayish måyorlari misol bola
oladi.
Buxgaltåriya hisobini hujjatlarni tuzish davriga qarab, boshlangich
yoki birlamchi va yigma hujjatlarga bolish mumkin.
Boshlangich yoki birlamchi hujjatlar deb jarayonlar sodir bolishi
bilanoq rasmiylashtiriladigan hujjatlarga aytiladi. Masalan, kassaga pul
qabul qilib olinishi bilanoq «Kassa kirim ordåri» hujjati rasmiylash-
tiriladi.
81
Malum bir davrga birlamchi hujjatlar malumotlari asosida yigma
hujjatlar tuziladi. Masalan, oyning oxiridagi kassirning hisoboti yoki
korxona balansi.
Hujjatlar qayerda tuzilishiga kora ikki turga bolinadi:
1. Korxonaning ozida tuzilgan hujjatlar.
2. Boshqa korxonalarda tuzilgan hujjatlar.
Korxonada sodir etilgan jarayonlar uchun asos bolgan va uni
ozida tuzilgan hujjatlarga hisobdor shaxsning avans hisoboti, hisob-
tolov vådomosti, kassa kirim va chiqim ordårlari, hisobotlar misol
boladi.
Korxona buxgaltåriyasidagi schyotlarda tågishli malumotlarni aks
ettirishda boshqa korxonalarda rasmiylashtirilgan hujjatlar ham asos
boladi. Ularga hisob-kitob schyotidan kochirma, unga ilova qilingan
tolov talabnomalari, mol yåtkazib båruvchi tashkilot yuborgan to-
var(mahsulot) uchun asos boluvchi yuk xati, yuk kvitansiyalari va
boshqalar misol boladi.
Hujjatlar maxsus blankalarga xojalik jarayonlarini aks ettirish orqali
olinar ekan, xojalik jarayonlari turliligi ular aks ettirilgan hujjatlarda
råkvizitlar turlicha bolishiga olib kåladi. Hujjatlardagi råkvizitlar haqida
soz yuritishdan oldin, blankalardagi råkvizitlarni bilib olish maqsadga
muvofiq boladi. Chunki malumotlar har tomonlama talabga javob
båruvchi blankalarda aks ettirilishi lozim:
blankalarda statistika qomitasi tomonidan bålgilangan shakl kodi
bolishi;
xojalik jarayonini aks ettirish uchun maxsus qatorlar bolishi;
masul xodimlar imzosi va muhr uchun orin ajratilishi va hokazo.
Dastlabki hujjatlar huquqiy kuchga ega bolishi uchun quyidagi
majburiy råkvizitlarga ega bolishi zarur:
hujjat (shakl) nomi, shakl kodi;
tuzilgan muddati;
xojalik jarayoning mazmuni;
xojalik jarayoni summasi (sozda va sonda);
xojalik jarayoni uchun masul shaxslar nomi;
hujjatlarning togri rasmiylashtirilishiga javobgar shaxs nomi va
imzosi.
Zaruriy hollarda hujjatlarda qoshimcha råkvizitlar ham aks ettirilishi
mumkin. Masalan, hujjat tartib raqami, korxona nomi va manzili,
jarayonning sodir etilishi uchun asos, hujjatlashtirilayotgan jarayonni
aniqlashga moljallangan boshqa råkvizitlar.
6 R.O. Xolbekov
82
Buxgaltåriya hisobi avtomatlashtirilgan sharoitlarda hujjatlar råk-
vizitlari kod korinishida aks ettirilishi mumkin.
Hujjatlardagi råkvizitlar aniq va togri holda, kimyoviy qalamda,
sharikli, siyohli ruchkada, yozuv mashinalari orqali aks ettirilishi mum-
kin. Hujjatlardagi yozuvlarni oddiy qalamda yozishga ruxsat etilmasligiga
Do'stlaringiz bilan baham: |