OZBÅKISTON RÅSPUBLIKASI OLIY VA ORTA
MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
Cholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Òoshkent 2011
BUXGALTÅRIYA HISOBI
NAZARIYASI
R.O. XOLBEKOV
Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi tomonidan
«5340900 Buxgalteriya hisobi va audit» yonalishi boyicha talim
olayotgan talabalar uchun darslik sifatida tavsiya etilgan
2
ISBN 978-9943-05-416-5
© R.O. Xolbekov, 2011
© Cholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2011
UDÊ: 657.1(075)
BBÊ 65.052ya73
X72
Taqrizchilar:
A.A. Karimov Toshkent Moliya instituti,
«Buxgalteriya hisobi» kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori,
S.V. Voxidov Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti,
«Buxgalteriya hisobi» kafedrasi professori.
Xolbekov, Rasul Olimovich.
Buxgalteriya hisobi nazariyasi / R.O. Xolbekov; OzR Oliy va orta
maxsus talim vazirligi. T.: Cholpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy
uyi, 2011. 200 b.
ISBN 978-9943-05-416-5
Mazkur darslik buxgaltåriya hisobining nazariy asosi bolib, u buxgal-
tåriya hisobining jamiyatda tutgan orni, vazifasi, tamoyillari va usullari
kabi nazariy bilimlar boyicha talabalarda tushuncha hamda konikma hosil
qilishga yonaltirilgan.
Shuningdek, darslik buxgaltåriya hisobi tizimini takomillashtirish
borasida mamlakatimizda qabul qilingan «Buxgaltåriya hisobi togrisida»gi
qonun, «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajat-
larining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi tog-
risida»gi Nizom, Ozbåkiston Råspublikasi Buxgaltåriya Hisobi Milliy
Standarti va shu kabi boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-
mohiyatidan kelib chiqqan holda yozildi.
Mazkur darslik «Buxgaltåriya hisobi va audit» yonalishi talabalari uchun
moljallangan bolib, undan boshqa iqtisodiyot yonalishida tahsil olayotgan
talabalar, xojalik yurituvchi subyåktlarning mutaxassislari, ushbu sohada
ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar ham foydalanishlari
mumkin.
UDÊ: 657.1(075)
BBÊ 65.052ya73
X72
3
KIRISH
Pråzidåntimiz I. Karimov takidlab î'tganidåk, «Mamlakatimizda
jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish boyicha
20092012- yillarga moljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar
dasturi Ozbåkistonni 2009-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng
ustuvor yonalishi bolib qoladi. Shu bilan birga nafaqat mamla-
katimizdagi, balki xorijiy mijozlarning ham ishonchini qozona oladigan
yuqori malakali auditorlik, sugurta, lizing kompaniyalari va bozor
infratuzilmasi boshqa xizmatlarining moliya bozorida yåtakchi mavqåga
ega bolishi uchun kop ish qilishimiz lozim».
1
Bunday ustuvor vazifani bajarish iqtisodiyotning rivojlanishini zamon
talablariga moslashtirib, takomillashtirib borishni taqozo etadi. Har bir
xojalik yurituvchi subyåkt oz faoliyatining foydalilik darajasini doimo
tahlil qilishga va amalga oshirilayotgan jarayonlarning hisobini togri
tashkil qilishlari zarur. Bu sharoitda, buxgaltåriya hisobi va tahlilning
ahamiyati katta bolib, ulardan yanada unumli foydalanish zaruriyati
ortib boradi. Chunki, aynan shu sohalar iqtisodiyot subyåktlarining
aytib otilgan talablarning bajarilishida muhim orinni egallaydi.
Boshqa fanlar kabi «Buxgaltåriya hisobi» fani ham oz tarixi,
vazifalari, prådmåti, obyåkti, usul va uslubiyati hamda tamoyillariga
ega. Bugungi kunda Ozbåkiston Råspublikasining hisob tizimidagi
muammolardan biri ananaviy «Buxgaltåriya hisobi» fanini amaldagi
taraqqiyotga mos holda qayta korib chiqish va zamon talablariga mos
holda takomillashtirishdir. Bizga malumki, hozirda buxgaltåriya hisobi
fan sifatida bir-biriga bogliq «Buxgaltåriya hisobi nazariyasi», «Moliya-
viy hisob» va «Boshqaruv hisobi» kabi qismlarga bolinadi.
1
Ozbåkiston Råspublikasi Pråzidånti Islom Karimovning 2009- yil 13-
fåvraldagi Ozbåkiston Råspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008- yilda
mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009- yilga moljallangan
iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yonalishlariga bagishlangan majlisidagi
maruzasi. «Xalq sozi» gazåtasi, 2009- yil 14- fåvral.
4
«Buxgaltåriya hisobi nazariyasi» fani buxgaltåriya hisobining asosiy
nazariy qismi bolib, unda buxgaltåriya hisobining jamiyatdagi orni,
ahamiyati, vazifasi, prådmåti, obyåkti, tamoyillari, usullari va boshqa
oziga xos xususiyatlari organilsa, «Moliyaviy hisob» va «Boshqaruv
hisobi» fanlarida buxgaltåriya hisobining tamoyillari, usullari amaliyotda
qanday qollanishi organiladi.
«Buxgaltåriya hisobi nazariyasi» fani nafaqat buxgaltåriya hisobi
tizimi uchun balki, barcha iqtisodiy fanlar uchun ham nazariy manba
hisoblanadi. Ayniqsa iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida barcha
mamuriy-boshqaruv xodimlari va ishchi-xizmatchilari iqtisodiy
tushuncha hamda jarayonlar togrisida malumotga ega bolishi kerak.
Bunday iqtisodiy tushuncha hamda jarayonlar mazmuni «Buxgaltåriya
hisobi nazariyasi» fanida korib otiladigan usul va tamoyillar orqali
ifodalanadi.
Buxgaltåriya hisobi fani aniq, qiziqarli, tortishuvli va muammoli
fanlardan biri hisoblanadi. Tarixiy malimotlarga kora buxgaltåriya
hisobini tashkil qilish va takomillashtirish borasida tortta yirik davlat:
italyan, fransuz, nåmis va angliya-amårika maktablari mavjuddir. Buxgal-
tåriya hisobining tashkiliy jihatlari borasida bu maktablarning qarashlari
bir-biriga oxshamaydi. Ularning talimotlariga kora buxgaltåriya hisobi
fanining asosi ham har xil talqin qilinadi. Masalan, italyan maktabi
vakillari buxgaltåriya hisobi fanining asosini algåbra va huquq, fransuz
maktabi vakillari siyosiy iqtisod, nåmis maktabi vakillari matåmatika,
angliya-amårika maktabi vakillari psixologiya dåb qaraydilar. Shu sababli
buxgaltåriya hisobi fanining vazifasi, prådmåti, obyåkti, usul va
uslubiyoti, tamoyillari hamda tarkibiy tuzilishi borasidagi ularning
qarashlari turlichadir.
Bunday maktablarning bir dåbochasi sifatida yuzaga kålayotgan
ozbåk milliy maktabining shakllana boshlaganiga hali kop vaqt bolgani
yoq. Låkin bu qisqa davr ichida råspublikamizda buxgaltåriya hisobi
tizimining shakllanib borishida olimlarimiz, mutaxassislarimiz tomonidan
koplab ilmiy, nazariy, amaliy ishlar qilindi va qilinmoqda. Masalan,
1996- yil 30- avgustda buxgaltåriya hisobi tizimining huquqiy asosi
hisoblangan Ozbåkiston Råspublikasining «Buxgaltåriya hisobi togri-
sida» gi qonuni qabul qilindi.
XX asrning oxirlariga kålib, Ozbåkiston Råspublikasi mustaqil tarzda
xalqaro bozor maydoniga yuz tuta boshladi. Natijada boshqa sohalar
kabi amaldagi buxgaltåriya hisobi tizimida ham yangicha atamalar,
fikrlash va qarashlar yuzaga kåldi. Bunday ozgarish va islohotlarga
5
moslashish talabi någizida ananaviy buxgaltåriya hisobi tizimida
yangilanish bosqichini tåz va ogishmay amalga oshirish natijasida
Buxgaltåriya Hisobi Milliy Standarti (BHMS) shakllana boshlandi. Ho-
zirda Buxgaltåriya Hisobi Milliy Standartining 24 ta standarti ishlab
chiqildi va amaliyotga joriy qilindi.
Nazariy jihatdan hanuzgacha buxgaltåriya hisobining tashkiliy
tuzilishi borasida har xil qarash, goya va fikrlar mavjud bolib, amaliy
jihatdan bazi bir muammolarni kåltirib chiqarmoqdaki, uning natijasida
xojalik yurituvchi subyåktlarning mablaglarini boshqarish, ularning
harakati ustidan nazorat ornatish va aniq malumotlarni olish, hisobini
togri tashkil etishda noaniqlik va kamchiliklarga yol qoyilishi asossiz
yoqotishlarga olib kålmoqda. Bu amaldagi «Buxgaltåriya hisobi
nazariyasi» fanini yanada takomillashtirish, uning zamonaviy usul va
uslubiyotlarini yaratishda rivojlangan mamlakatlarning tajribasi, fanning
rivojlanish tarixi hamda istiqbollarini va råspublikamiz iqtisodiyotining
oziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda bu sohada islohotlar va
ilmiy izlanishlar olib borishni zaruriy shart qilib qoymoqda.
«Buxgaltåriya hisobi nazariyasi» fani ham doimiy ravishda yuqorida
kåltirilgan omillar tasirida rivojlanib boravåradi.
6
1-chizma. Ozbåkiston Råspublikasining hisob tizimi.
Ozbåkiston Råspublikasining hisob tizimi
Statistik hisob
Opårativ (tåzkor) hisob
Buxgaltåriya hisobi
Moliyaviy
hisob
Boshqaruv
hisobi
1-bîb. Buxgalteriya hisobi nazariyasi fanining predmeti
va metodi hamda tadqiqot usullari
1. Xojalikdagi hisob turlari va ularning jamiyatni
boshqarishdagi orni va ahamiyati
Hisobning paydo bolishi båvosita kishilik jamiyatining vujudga
kålishi bilan bogliq. Tarixiy malumotlarga kora, ibtidoiy jamoa tuzumi
davrida hisobdan foydalanishgan. Qabila boshligi oz qabilasini saqlab
qolish uchun qaysi fasl qachon kåladi, qabilasida qancha odam bor,
ular uchun qancha oziq-ovqat toplash kårak kabi hisob-kitoblarni
amalga oshirgan. Dastlab hisob qurollari sifatida qol barmoqlaridan
foydalanilgan (bazi hollarda bu odatdan hozir ham foydalanamiz).
Hozirda ham jamiyatning bir bolagi hisoblangan har bir oilaning oz
hisob-kitobi bor. Qaysi oilada hisob-kitob yaxshi yolga qoyilgan bolsa,
osha oilaning turmush sharoiti yaxshi. Bundan korinib turibdiki, hisob
insonlarning hayotiy hamkoridir.
Jamiyatnining rivojlanib borishi bilan hisob ham takomillashib, fan
sifatida yuzaga kåla boshlagan. Hozirgi kunga kålib, hisobning uch
turidan joydalaniladi (1-chuzma):
1. Operativ (òåzkor) hisob.
2. Statistik hisob.
3. Buxgaltåriya hisobi.
1-chizmadan korinib turibdiki, sanab otilgan hisob turlarining
birligi Ozbåkiston Råspublikasining hisob tizimini tashkil qiladi. Låkin
ular vazifalari, tashkil qilishning usul-uslubiyoti kabi bålgilari bilan
bir-biridan farq ham qiladi.
7
Operativ (òåzkor) hisob ayrim xojalik operatsiyalari va jarayon-
larini bevosita ular sodir bolayotgan vaqtida boshqarish maqsadida
joriy kuzatish va nazorat qilish tizimi bolib hisoblanadi. Bu hisobning
korxona va uning tarkibiy bolinmalariga joriy rahbarlik qilish maqsadida
malumotlarni operativ ravishda olish va ulardan foydalanish uning
farq qiladigan belgisi hisoblanadi.
Operativ hisob turli-tuman xojalik hodisalarni oz ichiga olib, asosan
ishlab chiqarish texnika xususiyatidagi korsatkichlar bilan taminlaydi.
U mahsulot ishlab chiqarish boyicha topshiriqlarning bajarilishi, xarajatlar
normativlaridan kundalik chetga chiqishlar, ish kuchidan foydalanish va
asbob-uskunalarning yuklanganlik darajasi, shartnomalarga rioya qilinishi
mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar ortasida tuzilgan kontraktlarning
bajarilishi haqidagi malumotlar bilan taminlaydi. Operativ hisobda
olchovlarning hamma turlari moddiy, mehnat va qiymat olchovlaridan
foydalaniladi. Lekin hisobning bu turi asosan bir turdagi operatsiyalarni
aks ettirganligi va undan umumlashtirilgan korsatkichlar talab qilinmaganligi
sababli, unda moddiy, mehnat olchov birliklaridan foydalaniladi.
Nazoratning tezkorligini taminlash uchun xojalik operatsiyalari-
ning borishi haqidagi axborotni tezroq olish kerak boladi. Shuning
uchun operativ hisobning malumotlari iloji boricha osonroq yol bilan
qayd qilinishi kerak. Ularni bevosita kuzatish yoli bilan yetkazishadi,
telefon, faks, modem orqali, kompyuter aloqasi yordamida va boshqa
yollar bilan xabar qilishadi. Hozirgi vaqtda operativ axborotni olish
uchun mexanika va avtomatik olchov, tartibga soluvchi asboblar, mos-
lamalardan foydalanish tobora kengayib bormoqda. Hisobni bunday
tashkil qilish xojalik operatsiyalarining borishi ustidan ularning amalga
oshirilishi vaqtida bevosita boshqarish imkonini beradi.
Operativ hisobning malumotlaridan mutlaq aniqlik talab etilmaydi,
chunki ularning asosiy vazifasi kuzatilayotgan obyektlarda sodir
bolayotgan ozgarishlarni tezlik bilan xabar qilishdir. Shuning uchun
amaliyotda operativ hisobdan faqat taxminiy axborotni olish bilan
kifoyalaniladi. Lekin bu axborot yetarli darajada togri bolishi kerak,
zeroki, unga qarab sodir bolgan ozgarishlarning hajmi va tavsifi haqida
ishonchli xulosa chiqarib, xatosiz bolgan boshqaruv qarorlarni qabul
qilish mumkin bolsin.
Operativ hisob korxonaning har xil bolinmalari bolimlari, sexlari,
omborlari va hokazolar tomonidan yuritiladi.
Operativ axborot yordamida menejerlar ishlab chiqarish, foyda
boyicha topshiriqni bajarilishining borishi, korxonani taminlash va
8
mahsulot sotishsi boyicha topshiriqlarning bajarilishi, tovar moddiy
boyliklar zaxirasining darajasi hamda boshqa korxonalar, tashkilotlar,
muassasalar bilan hisob-kitoblarning holati va borishi haqidagi malu-
motlarni olishda foydalanishadi.
Operativ hisob korxonaning ishchi kuchi bilan taminlanganligi,
uning harakati, xodimlarning malakasini oshirish va boshqalar ustidan
nazorat olib borish uchun zarurdir. Sexlar, omborlar va boshqa bolin-
malarning xodimlari undan malum xojalik qismidagi topshiriqlarning
bajarilishining borishi haqidagi malumotlar olishadi.
Operativ hisobdan ishlab chiqarish bolinmalarida sodir bolayotgan
operatsiyalar yoki jarayonlarning borishi haqidagi axborotlarni olishda
keng foydalaniladi. Bu maxsus grafiklar, xabarchi taxtalar va boshqalar
yordamida amalga oshiriladi.
Operativ hisobning bazi bir malumotlaridan faqat korxonaning
tarkibiy qismidagina foydalanilmay, balki boshqaruv tizimlarida ham
foydalaniladi. Bunday malumotlar umumlashtirilib, ichki operativ
hisobot tarkibiga kiritilishi mumkin. Operativ hisobotning korsatkichlari
ayrim tarmoqlar va butun xalq xojaligi miqyosida tegishli jarayonlarni
borishi ustidan kuzatish va axborotni umumlashtirish uchun xizmat
qiladi. Operativ hisobotdan, masalan, mahsulot ishlab chiqarish, xo-
mashyo bilan taminlash, ishga kelish, ekish va hosil yigishning borishi
haqida va boshqa malumotlar olinadi. Operativ hisobning
malumotlaridan keyinchalik foydalanishda buxgalteriya yoki statistik
hisobda qayta ishlanadi.
Statistik hisob ommaviy xojalik hodisalar togrisidagi malu-
motlarni yigish va ishlash tizimidan iborat. Õojalik hisobining bu turi
butun xojalik va uning tarmoqlarining rivojlanish jarayonini orga-
nishga yonaltirilgan. Undan korxona, tashkilot va muassasalarda sodir
bolayotgan turli-tuman ommaviy hodisalarni kuzatish uchun foyda-
laniladi. Statistik hisob yordamida xojalik faoliyatining turli-tuman
miqdoriy va sifat korsatkichlari hisoblab chiqiladi. Sanoatda bunga
ishlab chiqarish hajmi, ortacha ish haqi, ish vaqtidan foydalanish,
mehnat unumdorligi darajasi, osishi va boshqa korsatkichlar kiradi.
Dastlabki statistik kuzatuv malumotlari tumanlar, viloyatlar va
respublika xalq xojaligining ayrim tarmoqlari boyicha umumlashtiriladi.
Statistik hisob statistika fani statistika usullaridan foydalanadi.
Statistika mustaqil ijtimoiy fan sifatida faqat xojalik hodisalarinigina
oz ichiga olmay, balki jamiyat hayotining boshqa tomonlarini ham
qamrab oladi. Jumladan, uning yordamida aholining soni, tarkibi va
9
harakati, xalq hayotining moddiy hamda madaniy darajasi, uning ijtimoiy
hayoti haqidagi korsatkichlarga erishiladi.
Õojalik hodisalari haqidagi malumotlar statistik hisob tomonidan
operativ va buxgalteriya hisobi korxona, tashkilot va muassasalarda
mustaqil ravishda tashkil qilinadigan dastlabki hisobdan olinadi. Bazi
malumotlar statistik kuzatuvning alohida shakllari qayta royxatga
olish va tekshirishlar yordamida olinadi. Uzluksiz kuzatib bolmaydigan
ommaviy hodisalarni tavsiflash uchun dastlab kuzatish usulidan keng
foydalaniladi.
Òarmoqlar, xalq xojaligi miqyosidagi xojalik hodisalarini tavsiflovchi
malumotlar asosan maxsus davlat statistika organlari Makroiqtisodiyot
va statistika vazirligining statistika boshqarmasi tomonidan olinadi va
ishlab chiqiladi. Dastlabki materiallarni ilmiy ishlash va tahlil qilish
olingan korsatkichlarni yigish va guruhlash, ortacha sonlar usuli,
nisbiy jamlar, indekslar, dinamik qatorlar kabi maxsus usullardan
foydalanish yordamida amalga oshiriladi.
Statistik hisobning korsatkichlarini hisoblab chiqisdah barcha mavjud
olchovlar natura, mehnat va pul olchovlaridan, organilayotgan
hodisaning mazmuni va qoyilgan vazifalariga qarab foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobi ichki boshqarish va tashqi istemolchilarning
maqsadlari uchun joriy va yakuniy axborotni olish bilan korxonalar,
tashkilotlar hamda muassasalarning xojalik faoliyati ustidan uzluksiz
va ozaro bogliq bolgan kuzatish va nazorat qilish tizimidan iborat.
Buxgalteriya hisobi yordamida xojalikda mavjud bolgan har xil
turdagi moddiy qiymatliklar va pul mablaglarining miqdori, boshqa
korxona hamda tashkilotlar bilan hisob-kitoblarning holati, undagi
boshqa resurslarning umumiy hajmi haqida malumotlar olinadi; tayyor-
langan materiallar, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi hamda
tannarxi aniqlanadi; xojalik faoliyatining moliyaviy natijalari foyda
yoki zarar hisoblab chiqiladi; korxonaning rentabelligi hamda korxona
va uning tarkibiy qismlarining boshqa qator korsatkichlari hisoblab
aniqlanadi.
Buxgalteriya hisobida ham operativ va statistik hisobdagi kabi barcha
olchovlar natura, mehnat va pul olchovlari qollaniladi. Lekin
unda pul olchoviga alohida ahamiyat beriladi, chunki u buxgalteriya
hisobining umumlashtiruvchi korsatkichlarini olish imkonini beradi.
Shuning uchun pul olchovida buxgalteriya hisobining barcha obyektlari,
garchi ular natura va mehnat olchovlarida aks ettirilgan bolsa ham,
albatta, pul olchovida ifodalanadi.
10
Pul olchov birligi yordamida buxgalteriya hisobi, quyidagi
umumlashtiruvchi korsatkichlarni beradi: korxonaning barcha mabla-
glari hajmi, ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar, davr xarajatlari,
kozda tutilmagan xarajatlar, mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi,
sotishdan olingan yalpi tushum, marjinal foyda va boshqalar.
Buxgalteriya hisobining eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki,
uning hujjatlarida barcha xojalik operatsiyalari yoppasiga qayd qilinadi.
Bu barcha xojalik jarayonlarining tola tavsifini olish uchun zarurdir.
Buxgalteriya hisobining boshqa xususiyatlaridan biri uning
hujjatlanishidir. Buxgalteriya hisobi tizimida qayd qilinadigan har bir
operatsiya oldin hujjatlashtirilishi kerak. Hujjat buxgalteriya hisobi
malumotlarining yagona manbayi hisoblanadi. Barcha operatsiyalarni
qamrab oladigan hujjatlarning mavjudligi buxgalteriya hisobi
malumotlaridan moddiy javobgar shaxslar faoliyati ustidan nazorat
qilish va boshqarish uchun asoslangan malumotlarni olish imkoniyatini
beradi.
Buxgalteriya hisobida yakunlangan yigma korsatkichlarni olish
uchun yigilgan malumotlarni ilmiy ishlashning maxsus usullaridan
foydalaniladi. Bu usullarning muhim xususiyatlari shundan iboratki,
ular alohida ajratib olingan korxona, tashkilot va muassasalarning butun
xojalik faoliyatini uzluksiz va ozaro boglangan holda aks ettirilishini
taminlaydi.
Buxgalteriya hisobining malumotlari ayrim korxona, tashkilot va
muassasalar hamda malum bir kompaniya tarkibiga kiradigan korxonalar
guruhi boyicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularning ishini
audit qilish uchun audit manbayi sifatida xizmat qiladi. Buxgalteriya
hisobining qator korsatkichlari umumlashgan korinishda korxonaning
moliyaviy holatini baholashda qollaniladi. Umumlashgan korsatkich-
larning bir guruhi faoliyatni baholashda kopincha buxgalteriya hiso-
bining malumotlariga asoslanadigan statistika yordamida olinadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining yagona tizimi
ozaro bogliq bolgan ikki qismdan rahbariyat tomonidan ichki foydalanish
uchun olchanadigan, ishlanadigan va topshiriladigan hisob axborotining
barcha turlarini oz ichiga oladi. Moliyaviy hisob rahbariyat tomonidan
firma ichida qollaniladigan axborotdan tashqari, tashkilotdan
tashqaridagilarga xabar qilinadigan axborotdan iborat boladi.
Õojalik hisobining har bir turi operativ, statistik va buxgalteriya
hisobi korxonalarni, hududlar hamda respublika boshqaruv jarayonida
malum rol oynaydi.
11
Hisobning ozaro chambarchas boglangan uchta turi xalq xojalik
hisobining yagona tizimini tashkil qiladi. Bu tizimning togri tuzilishi
va doimiy rivojlantirilishi bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyat
kasb etadi.
Hisobning barcha turlarining vazifalari umuman olganda bir xildir,
lekin ular alohida olingan obyektlarga nisbatan hal etiladi.
Statistik hisob buxgalteriya hisobining, ayniqsa, yakuniy malu-
motlaridan keng foydalanadi. Statistik hisob malumotlaridan barcha
tarmoqlar va xalq xojaligini boshqarish uchun zaruriy materiallar sifatida
foydalaniladi. Oz navbatida buxgalteriya hisobi ham kop hollarda
statistik hisobning usul va malumotlaridan foydalanadi. Jumladan,
ishchilarning ish haqini aniqlashda statistika usullari bilan hisoblab
topilgan ishlab chiqarish normalarini bajarilishi korsatkichlaridan foy-
dalaniladi.
Õojalik hisobi uch turining ozaro bogliqligi yagona dastlabki
hujjatlashtirishdan foydalanish bilan taminlanadi. Yagona dastlabki
hujjatlashtirish deganda hisobning barcha turlaridagi operatsiyalarni
aks ettirish uchun bir turdagi malumotlardan va bir turdagi hujjatlardan
foydalanish tushuniladi. Bunday amal hisob korsatkichlaridagi qarama-
qarshiliklarni bartaraf qiladi va hisobdagi parallellik bilan ishlashni yuzaga
keltiradi.
Õojalik hisobining har xil turlari va uning butun tizimi uzluksiz
rivojlanib boradi. Dastlabki malumotlarni yigish, texnikasi, ishlash
uslublari yaxshilanib bormoqda.
Shuni takidlash lozimki, xalqaro standartlarga javob beradigan
va bozor iqtisodiyoti xususiyatlariga mos keladigan hisobning yangi
tizimini ishlab chiqishda olim va amaliyotchilar rivojlangan bozor
iqtisodiyotidagi mamlakatlarda bu sohada yaratilgan narsalarga kor-
korona yondoshayotganlari yoq. Lekin xorijiy mamlakatlarining
amaliyotini organish, ularni chuqur va har tomonlama tahlil qilish
Ozbekiston Respublikasida xojalik hisobini takomillashtirish
imkoniyatini beradi.
Xojalik hisobida quyidagi olchov birliklaridan foylalaniladi:
1. Natura olchovi.
2. Pul olchov birligi.
3. Måhnat olchov birligi.
1. Natura olchov birligi tåzkor hisobda, statistik hisobda, buxgal-
tåriya hisobining analitik hisobida kång qollaniladi. Bu olchov birligi
bir turdagi buyumlar hisobi uchun kårak boladi. Masalan, bolalar
12
oyoq kiyimini, muzlatkichlar soni, gazlama måtri va hokazo (måtr, kg,
dona, juft, litr va h.k).
2. Pul olchov birligi xojalik jarayonlari va vositalarini yagona
olchovda (pulda) umumlashtirishda qollaniladi, yani barcha mab-
laglar qiymat olchov birligida ifodalaniladi.
3. Måhnat olchov birligi esa biror bir statistik yoki xojalik mah-
sulotlari ishlab chiqarish uchun sarf bolgan ishchi kuchi, ishchi soni,
ish soati va hokazolarni aniqlashda qollaniladi. Savdo korxonasida esa
malum bir tovar oborot miqdori uchun sarf etilgan ish vaqtida, ish
soati, ish kuni, ishchi kuchi va hokazoni aniqlashda kårak boladi.
Måhnat olchov birligi xodimlar bilan måhnat haqi yuzasidan hisob-
kitoblarni olib borishda ham ahamiyatlidir. Måhnat olchov birliklari
natura olchov birliklari bilan birgalikda måhnat unumdorligini bildiradi.
Buxgaltåriya hisobi iqtisodiy fanlardan biri bolib, uning nazariyasi
buxgaltåriya hisobini tashkil etish tåxnikasi, prådmåti va usulini orgatadi.
Bu fan xojalik tarmoqlarida buxgaltåriya hisobini yuritish usullarini
organib, umumlashtirib, uning ilgor usullarini joriy etish bilan shu-
gullanadi. Shu bilan birga bu fan boshqa mamlakatlar buxgaltåriya
hisobini yuritish usullarining ilgor shakllarini xojalik tarmoqlariga joriy
etish yollarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etishga tavsiya etadi.
Kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida ham xojalikdagi hisob
turlariga talab mavjud bolgan. Chunki xojalik hisobi insoniyat uchun
zarur bolgan iståmol buyumlari, kiyim-kåchak, oziq-ovqat va bosh-
qalarni ishlab chiqarish, taqsimlashni hisobga olish dåmakdir. Har bir
jamiyatning ham asosiy maqsadi zaruriy buyumlarni ishlab chiqarish,
ayirboshlash, taqsimlashdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun
kishilar ijtimoiy hayotida sodir bolayotgan voqåa va hodisalarni ku-
zatish, jamiyatda mavjud bolgan måhnat buyumlari, måhnat qurol-
larini hamda måhnat jarayonlarini hisobga olib borish zarur boladi.
Xuddi shu vazifani esa xojalik hisobi bajaradi.
Tovar ayirboshlash davrida xojalik hisobi ahamiyati kopaydi, chunki
tovar ayirboshlash uchun umumiy ekvivalånt talab etiladi. Umumiy
ekvivalåntga esa faqat hisob-kitobni tashkil etish, togri yurgizish orqa-
ligina ega bolish mumkin, yani almashtiriladigan tovarni ishlab chiqarish
uchun sarflangan ijtimoiy zaruriy måhnat miqdorini aniqlash kårak
boladi. Ishlab chiqarish kångaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini
osishi natijasida xojalik faoliyatiga rahbarlik qilish murakkablashgan
va moddiy ishlab chiqarish asosida vujudga kålgan xojalik hisobi
ahamiyati oshgan, jamiyatning hamma sohalarida mulklarni hisobga
13
olish borasidagi, iqtisodiy faoliyatini boshqarishdagi roli oshib borgan.
Iqtisodiy faoliyatni boshqarish xojalik hisobi orqali olingan malumotlar
asosida olib boriladi va tågishli qaror va qonun hamda qoidalar qabul
qilinib, shular asosida butun xojalik faoliyati boshqariladi.
Xojalik hisobi asosan quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) xojalik hisobi tarmoqlari korxona, tashkilot va muassasalarda
sodir bolayotgan xojalik jarayonlarini kuzatib borish;
b) kuzatish orqali olingan malumotlarni miqdoriy korsatmalarda
ifodalash;
d) korxona, tashkilot, muassasa xojalik faoliyatlarini kuzatish natija-
larini maxsus hujjatlarda qayd etish;
e) maxsus hujjatlarda aks ettirilgan malumotlarni umumlashtirish
va guruhlashtirish, xojalik jarayonlari ustidan nazorat ornatish va
ularga tasir etish.
Xojalik hisobini yuqoridagi funksiyalari ayrim korxona, muassasa,
tashkilot va umuman butun xojalikning iqtisodiy jihatdan asoslangan
joriy va kålgusidagi råja korsatkichlarini tuzishda, ular bajarilishi ustidan
nazorat olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.
2. Buxgaltåriya hisobi tizimining rivojlanish tarixi
Rus olimi Ya.V. Sokolov ozining «Èñòîðèÿ ðàçâèòèÿ áóõãàë-
òåðñêîãî ó÷¸òà» nomli asarida buxgaltåriya hisobining paydo boli-
shini quyidagi uch qarashga boladi: 600 yil oldin, xojalik hayotidagi
maqsadli jarayonlarning royxatga olinishi natijasida; 500 yil oldin, bu
borada Luka Pacholining kitobi chiqishi bilan; 100 yil oldin, bu borada
har xil maktablarning paydo bolishi bilan.
1
Garb mamlakatlarida «Buxgaltåriya hisobi tadbirkorlik tili» dågan
ibora mavjud. Bundan korinib turibdiki, oddiy tadbirkordan tortib
to korxona rahbarigacha «Buxgaltåriya hisobi» fanini organishi va
uning asosiy usul hamda uslubiyatini ozlashtirib olishi bugungi kun
talabidir.
Buxgaltåriya hisobi iqtisodiy siyosatni shakllanishining asosiy bo-
gini, korxona kapitali aylanishini boshqarish va ishlab chiqarish xojalik
faoliyatini tartibga solishda hisob malumotlarni yigish hamda bir
tizimga kåltirishda yagona måxanizm hisoblanadi.
1
Ñîêîëîâ ß.Â. Î÷åðêè ïî èñòîðèè áóõãàëòåðñêîãî ó÷åòà. Ì.: Ôèíàíñû
è ñòàòèñòèêà, 1991.
14
Buxgaltåriya hisobini tugilish davri Italiya diyori bilan bogliqdir.
Jamiyatda ikkiyoqlama yozuvni paydo bolishi buxgaltåriya hisobini
rivojlanishiga asos boladi. XIIIXIV asrlarda ikkiyoqlama yozuv tizimi
paydo boldi va Shimoliy Italiyaning bir nåcha savdo markazlarida
undan foydalanila boshlandi. Topilgan yagona qolyozmalarga kora
ikkiyoqlama yozuv 1340 yili paydo bolgan.
Yana boshqa manbalarga kora bundan ham oldinroq Fransiyaning
Shampan viloyati savdo firmalarida (12991300) ikkiyoqlama yozuvdan
foydalanilgan. Ikkiyoqlama yuzuvda fransuz monaxi Luko Pacholi asos
solgan. U «Schyot va yozuvlar togrisida risola» nomli asarida (1494)
hisob yozuvlariga oid tushunchani ochib bårdi. Hozirda ham bu kitob
juda dolzarb hisoblanadi.
Buxgaltår lavozimini birinchi bolib, Insburk schyotlar palatasininng
ish yurituvchisi Xristofor Shtåxår olgan, bu borada impårator Mak-
similian I ning 1498- yil 13- fåvralda chiqargan buyrugi Våna davlat
muzåyida saqlanmoqda.
Buxgaltåriya hisobi boyicha darslik birinchi marta XIX asrda Ros-
siyada paydo boldi. 1931- yili K.Klarko va N. Nåmchinnovlar tomonidan
«Schyot ilmi» nomli oquv qollanma nashr etildi.
1710- yilda Rossiya hukumatining «Harbiy va boshqa ishlar boyicha
xabarnoma» gazåtasida birinchi bor «Buxgaltår» sozi paydo boldi.
Bu davrda Rossiyada Pyotr I tomonidan harbiy islohatlar
otkazilayotganligi munosabati bilan hisob va nazoratga juda katta
etibor bårilayotgan edi.
Korinib turibdiki, Buxgaltåriya hisobi fan va mutaxassislik
sifatida shakllanishi hamda rivojlanishi uzoq otmishga ega. Shu
yårda orinli savol tugulishi mumkin. Ozbåkistonda qachon
buxgaltåriya hisobi shakllana boshlagan? Buxgaltåriya hisobi nafaqat
Gårmaniya, Rossiya va boshqa Yevropa mamlakatlari balki, Orta
Osiyoning markazi hisoblangan bizning diyorimizda XV asrda
shakllana boshlagan.
Uning ilk bor kurtak otishi Amir Tåmur tomonidan hisob daftarini
yurituvchi shaxslar yozuvchilarni (kotiblarni) tayinlagani bilan bogliq.
U ozining «Tåmur tuzuklari» nomli asarida shunday dåb yozadi:
«Saltanatning har bir idorasida boladigan kirim-chiqimlarni, kundalik
xarajatlarni yozib borish uchun bir kotib tayinlansin».
1
1
A. Sotivoldiåv va boshqalar.Buxgaltåriyaning izohli lugati T.: «NORMA»
2010.
15
Yana bir rivoyatda keltirilishicha Amir Tåmur lashkarlarining har
biri jangga kirishidan oldin katta idishga bittadan tosh tashlagan va
jangdan eson-omon qaytgan jangchi yana bitta toshni idishdan olgan.
Dåmak, idishda qolgan toshlar soni jangda halok bolgan jangchilar
sonini bildirgan. Bu oddiy hisob-kitob buxgaltåriya hisobining bir usulini
ifodalaydi. Yani, «Kirim chiqim = qoldiq». Kåltirilgan misollardan
korinib turibdiki, bizda ham buxgaltåriya hisobi boshqa davlatlar kabi
oz tarixiga ega ekan.
Råspublikamizning hisob tizimida buxgaltåriya hisobini fan sifatida
shakllanishi va bugungi kunda mustaqil milliy buxgaltåriya hisobi tizimini
paydo bolishida profåssor S.B.Qodirxonovning qoshgan hissasi juda
kattadir. Ayniqsa «Buxgaltåriya hisobi nazariyasi» fanini rivojlanishida
domlaning måhnati kopdir. S.B.Qodirxonov birinchilardan bolib, 1970-
yilda «Buxgaltåriya hisobi nazariyasi» nomli darslikni rus tilidan ozbåk
tiliga tarjima qildi, 1976- yilda «Sanoatda buxgaltåriya hisobi» nomli
darsligi ozbåk tilida bosmadan chiqdi. Jamiyatdagi iqtisodiy islohotlarni
hisobga olgan holda 1993- yilda bu darslik qayta nashr qilindi.
Buxgaltåriya hisobining asosi hisoblangan «Buxgaltåriya hisobi na-
zariyasi» fani va uning usullari borasida hozirda ham har xil tushuncha
va qarashlar mavjud. Masalan, Rossiyalik olim Yu.A. Babayåvaning
fikricha: «Buxgaltåriya hisobi nazariyasi buxgaltåriya hisobi tizimini
nazariy, uslubiy asosini organish va uni tashkil qilish boyicha amaliy
tavsiya bårishdir».
1
Bizning fikrimizcha: «Buxgaltåriya hisobi nazariyasi bu buxgal-
tåriya hisobining alifbosi bolib, u buxgaltåriya hisobining jamiyatdagi
orni, prådmåti, obyåkti va usullari boyicha nazariy tushuncha båruvchi
fandir».
3. Õojalik jarayonlari
Òurli mulkchilik shakllarda faoliyat yurituvchi korxonalarning vazifasi
oz faoliyati jarayonida mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Bu vazifani
bajarish uchun birinchi navbatda taminot jarayonini bosib otishi,
ishlab chiqarish va undan keyin esa uni sotish jarayoniga kelishi kerak.
Bu uchta bosqich har doim bir-birlarining ornini egallaydi va shu
bilan korxonada mablaglarning uzluksiz aylanishini hosil qiladi.
1
Þ.À. Áàáàåâà è äð. Áóõãàëòåðñêèé ôèíàíñîâûé ó÷åò: Ó÷åáíèê äëÿ âóçîâ
Ì,: Âóçîâñêèé ó÷åáíèê ÂÇÔÝÍ. 2010.
16
Mablaglar aylanishidagi asosiy bosqich
Do'stlaringiz bilan baham: |