24
Aralashtirish texnologik jarayon bo‘lib, polimerga qo‘shim-
cha qo‘shish bilan uning xossasini o‘zgartiradi va kompo-
zitsiyani gomogenizatsiyalaydi.
Qo‘shiluvchilarni aralashtirishdan avval komponentlarni
elaklash, quritish va kerak bo‘lsa namlash va tortib olish kerak.
Ayrim hollarda qoldiqlar tegirmonda
maydalanib aralashtirishga
uzatiladi. Elaklash asosiy materialni yirik aglomeratlar va
begona qo‘shimchalardan ajratish uchun amalga oshiriladi.
Polimer materiallarini quritish g‘ovaklar, yoriqlar va boshqa
salbiy holatlarning oldini olish
maqsadida yuqori namlik
sharoitida bajariladi.
Yirik masshtablardagi ishlab chiqarishlarda tortish ishlarini
dozatorlar yordamida, kichik miqdorli ishlab chiqarishlarda
esa oddiy tarozilarda bajariladi. Maydalash ishi maxsus tegir-
monlarda amalga oshiriladi.
Polimerlarni to‘ldirgichlar va ikkilamchi materiallar
bilan
aralashtirishni barabanli aralashtirgichlarda bajariladi. Masa-
lan, quyida gorizontal silindrik ko‘rinishga ega bo‘lgan aralash-
tirgich tasvirlangan (4-rasm).
4-rasm. Baraban tipli aralashtirgichlar:
a – gorizontal;
b – bochkasimon aralashtiruvchi o‘qli;
d – bitubli vertikal;
e – «V» simon;
f – tetraedrik shaklli.
a
b
d
e
f
25
Materiallarning aylanma harakati tufayli aralashtirgich-
larda komponentlar aralashadi. Jarayon jadal ketishi uchun
aralashtirgichlardan foydalaniladi.
Aralashtirish sifati bir tarkiblilik koeffitsiyenti (
V
C
) bilan
baholanishi mumkin:
bu yerda:
n – tahlil uchun olingan namunalarning soni;
C –
i-chi namunadagi aralashayotgan komponentning konsentra-
tsiyasi;
C
i
– ideal aralashtirishda
ushbu komponentning kon-
sentratsiyasi.
Aralashtirishning eng yuqori holatiga polimerlarning bosh-
qa tarkiblar bilan oquvchan holatda aralashishida erishiladi.
Jarayonlar davriy va bosqichli amalga oshiriladi. Davriy ara-
lashtirish jarayonlarida kuraklar ishlatiladi. Bundagi jara-
yon ko‘p mehnatni talab etishi bilan birga poimerlarning de-
struksiyalanishi (parchalanishi) sodir bo‘ladi.
Polimerlarni eritish
ikki bosqichda bajariladi, bo‘ktirish va
eritish:
– bo‘ktirish – polimer va erituvchining diffuziyalanish
koeffitsiyentlari farqining kattaligi hisobiga;
– eritish jarayonlari aralashtirishning samarali bo‘lishiga
imkon beradi.
Erituvchilarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
– polimerni nisbatan yaxshi erituvchan bo‘lishi;
– polimerning erituvchi bilan chegarasiz aralashuvchan
bo‘lishi;
– qovushqoqlikning maksimal gradiyentiga ega bo‘lishi,
qovuqshqoqlik harorat o‘zgarishi bilan sezilarli o‘zga ruvchan
26
bo‘lishi (bu keyingi
texnik operatsiyalarni oson
lashtirishi
mum kin – filtrlash, deaeratsiya);
– uchuvchanlikning optimal darajasiga ega bo‘lishi;
– qovushqoqlikning konsentratsion qiymati kam bo‘lishi;
– kimyoviy qarorli, erituvchining boshqa komponentlariga
inert bo‘lishi;
– toksik, yong‘inga va portlashga xavfsiz bo‘lishi;
– iqtisodiy tejaluvchan bo‘lishi kerak.
Tayyorlash 6–24 soat davomida bo‘lishi mumkin.
Maydalash. Amaliyotda 3–5 mm o‘lchamli zarrachali kom-
ponentlar ishlatiladi. Xomashyolar granula (termoplastik) yoki
maydalangan (reaktoplast) bo‘ladi. Ko‘p sharoitlarda mayda-
langan komponentlar ishlatiladi.
Granulalash – materiallarni sochiluvchan bir o‘lchamli zar-
rachalarga aylantirish. Granulalar silindrik, kubsimon, don-
simon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: