R. I. Ismailov, M. A. Eshmuhamedov polimerlarni qayta ishlash jarayoni


 POLIMERLAR FIZIK, MEXANIK XOSSALARINING



Download 6,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/71
Sana12.08.2021
Hajmi6,54 Mb.
#145762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
polimerlarni qayta ishlash jarayoni (2)

1.2. POLIMERLAR FIZIK, MEXANIK XOSSALARINING  
TA’SIRI VA AHAMIYATI
Polimerlarning fizik xossalari. Polimerlarning to‘ldirgich-
lar bilan armaturalangan plastinkalarda ta’sirlashish tabiati 
juda murakkab bo‘lib, uning mexanizmi hali oxirigacha o‘rga-
nilmagan. 
Chet el tadqiqotchilari aniqlashlaricha, polimerlarni mus-
tahkamlash va chidamliligini oshirish, asosan, kompozitsiya-
larning xossalarini aniqlovchi polimer-to‘ldirgich sirtidagi 
fizik kuchlarga (ishqalanish, bosim kuchlari) bog‘liq. Ush-
bu kuchlar qanday hosil bo‘ladi? Olimlarning fikricha, to‘l-
dirgich va polimer aralashmasining qotishi uning hamma 
yerida teng ketsa to‘ldirgichning zarrachalari polimerning 
mat ritsasiga mustahkam bog‘lanadi. Shuningdek, bunda poli-
merning to‘ldirgich sirtida adgeziyalanishining sezilarsiz bo‘li-
shi kimyoviy bog‘lanishning hosil bo‘lishini kamaytiradi. 
Bog‘lanishga kimyoviy yondashilsa yopishishning mustahkam 


21
bo‘lishida to‘ldirgich sirtiga polimerning adgeziyalanishi asosiy 
rol o‘ynaydi. Polimer kompozitsion materiallarni polimer 
va to‘ldirgichning qavatlaridan iborat deb qarash mumkin. 
Bunday modelga tajriba kuzatuvlari ham to‘liq javob bera 
oladi: kompozitlarning mustahkamligi komponentlarning faol 
sirtlari oshgan sari oshadi. Bunda bog‘lovchi tolani yelimlaydi 
va polimerning mustahkamligida birinchi navbatda adgeziya 
jarayoni muhim ahamiyaga ega bo‘ladi. 
 Buni quyidagi fakt bilan tushuntirish mumkin: tolasimon 
PKMga kuch ta’sir qilsa u cho‘zilish bilan bir vaqtda yon 
tomondan siqilishga uchraydi. To‘ldirgich esa har tomonlama 
bog‘lovchi bilan bog‘langan bo‘ladi va tola deformatsiyasi poli-
merning deformatsiyalanishiga olib keladi. Ko‘ndalang siqishda 
polimerning plyonkasi cho‘zilishi bilan birga uzilishi ham 
mumkin. Bundan quyidagi xulosani aytish mumkin: PKMni 
uzish uchun butun tolaning armaturasiga yetarli kuch emas, 
balki ko‘ndalang siqish uchun ham kerakli kuch zarur bo‘ladi. 
Demak, adgeziya katta bo‘lsa, polimer muhitning mo‘r tligi ham 
oshadi. Demak, polimer matritsa hajm birligida ma’lum mus-
tahkamlikka ega bo‘lsa, yupqa qavatda ham ma’lum darajada 
mustahkam holda bo‘ladi.
Qurilish materiallari – quvurlar, kranlar, o‘tkazgichlar 
uchun PKMlar, asosan, polimer-plastiklardan tayyorlanadi. 
Tad qiqotchilarning ta’kidlashicha, polimerlarning mustahkam 
bo‘li shi kauchuk va plastiklar uchun muhimdir (3-rasm). 
 Polimer bog‘lovchilar yelimlanish qavatlarining qalinligi 
kamaysa, mustahkamligi avvaliga ko‘payadi, keyin esa ka-
mayishi kuzatiladi. 
Hozirgi vaqtda polimer tola bilan armaturalangan PKMlar 
texnikaning turli sohalarida keng ishlatilmoqda. Shuning uchun 


22
PKMlardagi tarkibiy qismlarning o‘zaro ta’sirlashish naza-
riyalarini ishlab chiqish, polimer kompozitlarning xossalarini 
boshqarish kelajakdagi muhim vazifalardan biridir.

Download 6,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish