R. H. Davlatova, K. Abdurahmonova “O`zbek tili” fanidan amaliy mashg`ulot uchun ishlanmalar navoiy-2020



Download 0,63 Mb.
bet67/99
Sana22.06.2021
Hajmi0,63 Mb.
#73557
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   99
Bog'liq
Ozbek tili амалий

31-DARS

Ilm sari yo‘l

REJA:



  1. “Soha rivojida fanning roli” mavzusida matn tuzish

  2. Taqriz matni va uning tuzilishi

Tayanch so‘zlar:shoir, ijodkor, she’r, misra, roman, hikoya, yozuvchi, adabiyot, san’at, iqtidor, iste’dod, unvon, qahramon, obraz, nasr, nazm, bo‘ston, darg‘a
1-tоpshiriq. Matnni o‘qing. Matnda dinshunoslikka oid atamalar bormi? Ularni topib, daftaringizga ko`chiring. Matn mazmunini so`zlang va ilm yo’lida izlangan allomalar haqida gapiring.

Imom al-Buxoriy

Abu Abdulloh Muhammad al-Buxoriy hijriy 194 yil shavvol oyining 13 kuni (810 yil 20 iyulda) Buxoro shahrida tavallud topgan. Al-Buxoriy yoshligadayoq otasidan judo bo‘lib, onasi tarbiyasida o‘sgan. U kichikligidan aql-idrokli, o‘tkir zehnli va ilmu ma'rifatga havasi kuchli bo‘lib, turli ilm-fanlarni, ayniqsa hadis ilmini alohida qiziqish bilan egallaydi.

825-yil u onasi va akasi Ahmad bilan Hijozga qarab yo‘l oladi. Avval Makka va Madinani ziyorat qilib, olti yil bu shaharlarda yashaydi, so‘ngra Da-mashq, Bag‘dod, Basra, Kufa, Qohira kabi shaharlarda bo‘lib, ko‘plab taniqli olimlardan hadis va fiqh ilmlaridan ta'lim oldi, so‘ngra o‘zi ham ilm toliblariga dars berdi. Safarlaridan qaytgan alloma bir necha yil o‘z ona shahri Buxoroda yashaydi. Hasadgo‘y, fitnachi shaxslarning sa'y-harakatlari tufayli allomaning Buxoro amiri bilan munosabatlari yomonlashadi.

Shundan keyin u Samarqandga borish niyatida yo‘lga chiqadi va 870-yilda shahar yaqinidagi Xartang qishlog‘ida vafot qilib, o‘sha joyda dafn qilinadi.

Imom al-Buxoriy biz avlodlarga boy ilmiy-ma'naviy meros qoldirgan. Uning aksar asarlari hadis ilmiga bag‘ishlangan. Imom al-Buxoriy musulmon olami tan olgan “Sahihi sitta”ning sohiblaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, uning “al-Jomi' as-sahih” nomli shoh asari Muhammad payg‘ambarning sahih ya'ni (to‘g‘ri, ishonchli) hadislarini o‘zida qamragan bo‘lib, bu asar islom dini ta'limotida Qur'oni karimdan keyingi ikkinchi muqaddas manba hisoblanadi. Asar chet tillarga, jumladan o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan. Unga yuzdan ortiq sharhlar bitilgan.

Har tomonlama ma'naviy komil insonlarni tarbiyalashdek o‘ta muhim va zarur ishga xizmat qiladigan allomaning merosini chuqur o‘rganish O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng boshlandi. Chunonchi, O‘zbekiston hukumatining qarori bilan 1998 yil alloma tavalludining 1225 yilligi (hijriy hisobda) dunyo miqyosida keng ko‘lamda nishonlanib, uning hayoti, benazir ilmiy-ma'naviy merosini o‘r-ganishda e'tiborga molik ishlar amalga oshirildi. Respublika Prezidenti Islom Karimovning bevosita rahnamoligida Imom al-Buxoriyning Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘ida joylashgan maqbarasi zamonaviy, betakror sharqona uslubda batamom qayta qurilib, musulmon olamining eng tabarruk ziyoratgohlaridan biri sifatida dong taratdi.


Bilib oling!

Ilmiy-nazariy xususiyatlari va estetik mohiyati, tezkorligi jihatidan adabiy tanqid janrlari orasida muhim ahamiyat kasb etgan taqriz faolligi va tezkorlik xususiyati bilan boshqa janrlardan farq qiladi. Chunki u asarni ko‘pincha qisqa va ixcham tahlil etadigan tezkor janrlardan bo‘lib, hozirjavob estetik bahoga asoslangan va badiiyat olamiga “razvedka” vositasidir. Yangi asarni birinchi bo‘lib baholaydigan taqrizda tahlil lo‘nda, siqiq shaklda, ommaga tushunarli tarzda o‘z ifodasini topadi. Shu sababli, taqriz ayrim tanqidchilar aytayotganidek, faqat “kutib oluvchi janr” emas, balki u bir asar tahlili orqali adabiy jarayondagi yangi tamoyillarni ko‘rsatadigan, uning ijodkor ijodida tutgan o‘rnini tezlik bilan baholay oladigan estetik xususiyatga ega. Muayyan badiiy asar tahlili orqali taqriz badiiy haqiqatni ochib, kitobxonga uning qanday bo‘lishi haqida tasavvur bera oladi.

Taqrizchi asar mohiyatini ilmiy-estetik tahlil vositasida yoritish orqali kitobxon dunyoqarashiga ta'sir qilib, tasavvurini boyitishga xizmat qiladi. Demak, taqrizda, birinchidan, yangi e'lon qilingan asarning qisqa tahlili mavjud bo‘ladi, ikkinchidan, mazkur asarga adabiy-badiiy jarayon nuqtai nazaridan turib berilgan baho o‘z aksini topadi. Uchinchidan, asarning ijodkor ijodida qanday o‘rin egallashi - bu uning yutug‘imi, ijodiy takomilimi yoki avvalgi asarlariga qaraganda orqaga chekinishmi - shu haqda fikr bildiriladi.

Taqrizni shakllantiruvchi quyidagi xususiyatlar: asarning ijodkor ijodi va adabiy jarayondagi o‘rnini birinchi bo‘lib ko‘rsatish; baholashdagi tezkorlik va hozirjavoblik; tashviqiy mohiyatga ega ekanligi; kitobxonga yangi asar haqida ma'lumot berib, uning estetik tasavvurini boyitish hamda o‘sha asarni o‘qishga da'vat qilish jihatidan ayricha ahamiyat kasb etadi.

Taqrizning o‘ziga xosligini: a) o‘tmish bilan muqoyasa qilish orqali tarixiy haqiqatning badiiy haqiqatga aylanganligini ochib berish; b) dramani to‘g‘ri va xolis baholash; v) dramaning sahnaga qo‘yilishi va uning muvaffaqiyatidan mamnunlik hissi bilan to‘liqlik kabi jihatlar belgilaydi. Hozirgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan ushbu taqriz mazmun va shakl jihatdan juda yuqori saviyada yozilgan.

O‘tgan asrning elliginchi yillariga kelib, dramatik asarlar haqida bitilgan taqrizlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Bu davrda yangi she'riy to‘plam yoxud poemalarga birgina taqriz berish bilan cheklanib qolinmagan. Qator asarlarga xilma-xil mualliflarning rang-barang bir necha taqriz va maqolalari berib borilgan. Ba'zan taqrizchilar bir-birlari bilan munozara qilishga kirishgan hollar ham bor. Jumladan, birgina “Sharq yulduzi” jurnalining o‘zida G‘afur G‘ulom, Mirmuhsin, Zulfiya, Saida Zunnunova, Sulton Akbariy, Hamid G‘ulom, Jumaniyoz Jabborov, Shuhratning poema va she'riy to‘plamlariga munosabat bildirilgan qator taqrizlar misolida buni yaqqol kuzatish mumkin.

Taqrizda syujet, kompozitsiya, badiiy tasviriy vositalar kabi uzvlar uning yaxlitligini ta'minlashi zarur. Mazmun chuqur, shakl mukammal bo‘lib, uzviy mutanosiblik ta'minlangandagina, mahorat namoyon bo‘lib, fikrning to‘la ifodalanishiga zamin yaratiladi. Taqriz kitobxonga ta'sir etishi, uni ruhlantirishi, o‘ylatishi, ishontirishi, unda yangi fikr uyg‘otishi lozim. Bunga, shubhasiz, shu janrda ijodiy izlanish, tinmay mehnat qilish orqaligina erishish mumkin. Shu o‘rinda Matyoqub Qo‘shjonovning “Munaqqid uchun bosh yo‘nalish taqriz bo‘lishi kerak. Beshta, o‘nta taqriz doim ikkita-uchta maqolaga material beradi”, degan e'tirofini katta ijodiy tajribadan tug‘ilgan xulosa sifatida qayd etish maqsadga muvofiqdir.

Taqrizda asarga xolis baho berish, bahoning haqqoniyligi, yutuq va kamchiliklarini yorqin ko‘rsatish muhim rol o‘ynaydi. Shundan kelib chiqib, o‘zbek tanqidchiligida yaratilgan mavjud taqrizlarni mazmuni va vazifasiga ko‘ra quyidagicha tasnif qilish mumkin:

1. Yangi badiiy asarga yozilgan hozirjavob taqriz ko‘p uchraydi, u targ‘ibot, tashviqot xarakterida bo‘lib, badiiy asar haqida ilk ma'lumot beradi. Uning yorqin namunasini munaqqid Vadud Mahmud ijodida ko‘rish mumkin. Cho‘lponning «Buloqlar» to‘plamiga taqrizi bunga misol bo‘la oladi. “Bu kun o‘zbek adabiyotiga yana yangi to‘n kiygizildi. Cho‘lponning “Buloqlar” otlig‘ yangi she'rlar to‘plami bosilib chiqdi. Cho‘lpon o‘zbekning yangi shoiridir, shuning uchun o‘zbek elini bugungi ruhi, holi, sezgisi “Buloqlar”da qaynaydi, o‘zbek tili, o‘zbek ohangi “Buloqlar”da sayraydi”. Bu yuksak baho “Buloqlar”ga berilgan avvalgi fikrlardan tubdan farq qiladi. O‘zining ta'sirchanligi, jozibadorligi, shakl va mazmun jihatidan yuksakligi, munaqqid qalbini, asardan olgan his-hayajonini namoyon eta olishi bilan o‘ziga xoslik kashf etgan.

2. Badiiy asarni kengroq baholovchi monografik taqriz hajmi va shu bilan birga nashr etilishi (ya'ni, hozirjavoblik xususiyatining kamligi) jihatidan yuqoridagi guruhdan farq qiladi. Shu bois, taqriz doimo yangi yaratilgan asarlar haqidagina yoziladi deyish uning mohiyatini bir qadar cheklab qo‘yadi. O‘zbek tanqidchiligida monografik taqriz yozish an'anasi XX asrning yigirmanchi yillaridan boshlangan. Sotti Husaynning “O‘tkan kunlar” romani munosabati bilan yozilgan asarini Abdug‘afur Rasulov “monografik taqriz”, “tadqiqot-taqriz” deb baholaydi, keyinroq esa unga nisbatan “taqriz-risola” istilohini ham qo‘llaydi.

3. Sharh-taqriz. Asarning mazmun-mundarijasini tushuntirish asosiy maqsadi bo‘lgan sharh-taqrizning tarixiy ildizi mumtoz adabiyotshunoslikka borib taqaladi. Ba'zan adabiy sharhlar atamasi ishlatiladi. Rustam Tojiboyev masalaga chuqurroq yondashib: “O‘zbek klassik tanqidchiligining yana bir ko‘rinishi sharhlarda namoyon bo‘ladi. Sharhlar o‘tmishda ko‘pincha ustoz Sharq shoirlari asarlarini, zamondosh ijodkorlar abyotini oddiy o‘quvchiga tushuntirish, shoirlarning murakkab shakllarda va majozlar yordamida aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini izohlashga ehtiyoj zaminida dunyoga kelgan”, deb yozadi o‘zining nomzodlik dissertatsiyasida.

4. Maktub-taqriz. O‘zbek tanqidchiligida shunday asarlar uchraydiki, ularda ikki janrga xos belgilar qorishib keladi, janrni belgilashda ana shu jihatlar hisobga olinishi lozim. Jumladan, ”Boshqa kitoblari qatori Zulfiyaning “Vodopad” (“Shalola”) she'rlar to‘plami tanqidchilarning diqqat-e'tiborlarini tortgan. Shu taqrizlar qatoriga o‘zbek adabiyotining bilimdoni, katta tarjimon L.M.Penkovskiyning shoiraga yuborgan maktubini qo‘shish o‘rinli bo‘lar edi. Ko‘rinadiki, maktub taqriz deb baholanayapti. U taqriz emas, balki maktub janrida yozilganligini mazmuni va tuzilishi ko‘rsatib turibdi. Aslida, uni maktub-taqriz deb atash o‘rinlidir.

5. Xabar-taqrizning bosh maqsadi ko‘pincha xabar berish va qisqa baholashdan iborat. Uning hajmi juda qisqa bo‘ladi. Naim Karimov Usmon Nosir haqidagi kitobida qurultoy ishi davom etayotgan kunlarda ro‘znomada bosilgan Madamin Davronning “Atlas” degan xabar-taqrizini keltiradi. “…Bu pyesa o‘zining tanlagan mavzui, kashf etgan qahramonlari va qo‘ygan problemasi tomonidan anchagina yangi bir narsadir.

6. Og‘zaki taqriz. Aslini olganda, tanqid xalq og‘zaki ijodidan boshlangan. Xalqning o‘z baxshisidan “yig‘loqi dostonlar emas, balki oxiri g‘alaba bilan tugaydigan dostonlar aytib berishni”so‘rashida ham shu dostonlar haqida mulohaza, uning qaysidir jihatini baholash xususiyati namoyon bo‘ladi. Mumtoz adabiyotshunoslikdan ma'lumki, shoirlar o‘z asarlarini muxlislarga, xalqqa, ustozlariga o‘qib berib, ularning fikrlarini, baholarini kutganlar. Mavlono Lutfiyning Navoiy baytiga bergan bahosida ham og‘zaki taqriz (qisqa va lo‘nda mulohaza) unsurlari ko‘rinadi. Bu jarayon adabiyot rivoji bilan birga davom etib kelmoqda.

Adabiy tanqidning eng kichik va lo‘nda, mazmun va shaklning dialektik uyg‘unligi ta'minlangan, adabiyot uchun hamisha zarur janrlaridan biri - taqriz hisoblanadi.

2-topshiriq. Ilm yo’lidagi izlanishingiz haqida so’zlab bering?


Mavzu bo‘yicha savollar:

  1. Taqrizlarni mazmun va vazifasiga ko‘ra tasniflang?

  2. Og‘zaki taqrizni tushuntirib bering?

  3. Maktub-taqriz haqida gapiring?

Adabiyot:



  1. Husanov N.. Xo‘jaqulova R., Dilmurodova N. O‘zbek tili (o‘quv qo‘llanma). Toshkent: TMI 2017. -336 b.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni / O‘zR K.\T, 2017. 6-sоn, 70-mоddа; 20-sоn, 354-mоddа.

Mustaqil ish topshiriqlari:



  1. “Ilm sari yo’l” mavzusida tezis tayyorlash



Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish