R. H. Davlatova, K. Abdurahmonova “O`zbek tili” fanidan amaliy mashg`ulot uchun ishlanmalar navoiy-2020



Download 0,63 Mb.
bet75/99
Sana22.06.2021
Hajmi0,63 Mb.
#73557
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   99
Bog'liq
Ozbek tili амалий

2- topshiriq Matnni o‘qing va unga savollar tuzing.

To‘rt nasihat

  To‘rt narsa ko‘ngildagi orzularni ro‘yobga chiqaradi: g‘ayrat, shijoat, matonat, himmat.

To‘rt narsa tadbirkorlik bеlgisi: boshga tushgan og‘irlikni sabru toqat va tadbir bilan yеngish; isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik; do‘stlarning nasihat va maslahatlariga quloq solish; fursatni qo‘ldan boy bеrmaslik.

To‘rt narsa hammaga ma’qul va maqbul: sharm-hayo, qanoat; rahm-shafqat, muruvvat.

To‘rt narsa odamga rohat baxsh qiladi: ochiq yuzli, shirin so‘zli, tеjamli xotin; samimiy do‘st; halol mеhnat; to‘g‘rilik.

* * *


To‘rt narsa pushaymonlik bilan natijalanadi: qo‘ldan kеlmas ishga kirishish, yalqovlik, toqatsizlik, do‘stlarning nasihat va maslahatlariga kirmaslik.

To‘rt narsadan chеkinish kеrak: qahr-g‘azabdan, maqtanchoqlikdan, ziqnalikdan, ta’madan.

To‘rt narsa to‘rt xil kishida bo‘lmaydi: yolg‘onchida - muruvvat; baxilda - saodat; hasadchida - rohat; janjalkashda- buyuklik.

To‘rt narsa insonga falokat kеltiradi: ichkilik, zino, qimor, dilozorlik.

* * *

To‘rt narsa rohatda umr kеchirish sababchisi: xotirjamlik; mustahkamlik;



farog‘at; xayr- ehson.

To‘rt narsa to‘rt narsani kеltiradi; sukut saqlash - tinch yashashni; yaxshilik qilish - saodatni; saxovat – ulug‘likni; xushmuomalalik - xalq muhabbatini.

To‘rt narsa odamni barkamol qiladi: samimiy do‘st maslahatlari bilan ish olib borish, dushman bilan xushmuomalada bo‘lish, achchiq so‘zni yutish, nafs orzusini susaytirish.

To‘rt narsa baxtu iqbol darakchisi: mеhru muhabbat, vafodorlik, muloyimlik, tavozе.

* * *

To‘rt narsa gumrohlik bеlgisi: adovat, hasad, g‘iybat, xiyonat.

To‘rt narsadan hazar qilish kеrak: johillikdan, qo‘rslikdan, takabburlikdan, ig‘vodan.

To‘rt narsa to‘rt narsa bilan tugaydi: ablahlik rasvolik bilan, g‘azab pushaymonlik bilan, qo‘pol so‘zlik ko ‘ngil qolish bilan, yalqovlik xoru zorlik bilan.

To‘rt narsa odamning obro‘sini to‘kadi: hazil - mazax, ochko‘zlik, sir saqlay olmaslik, shoshqaloqlik

Mavzu bo‘yicha savollar:



  1. Badiiy tasviriy vositalar haqida nimalar bilasiz?

  2. Metonimiya nima va unga misol keltiring?

Adabiyot:

1.Muhiddinova X.. Salisneva Z. Po‘latova X. O‘zbek tili (oliy ta'limmuassasalari rus guruhlari uchun darslik). Toshkent: O‘qituvchi, 2012. - 288 b.

Mustaqil ish topshiriqlari:



  1. “Men sevgan asar” mavzusida insho yozish




Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish