R. H. Davlatova, K. Abdurahmonova “O`zbek tili” fanidan amaliy mashg`ulot uchun ishlanmalar navoiy-2020



Download 0,63 Mb.
bet66/99
Sana22.06.2021
Hajmi0,63 Mb.
#73557
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   99
Bog'liq
Ozbek tili амалий

1-tоpshiriq. “Sharq akademiyalari” matnini tuzing va gapirib bering.

Bilib oling?

Referat so‘zi lotincha “referre” negizidan olingan bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilinganda “bildirish, xabar berish” degan ma'nolarni anglatadi. Biz esa referat so‘zini bajaradigan vazifasiga ko‘ra bir necha ma'nolarda tushunamiz. Ulardan biri – badiiy yoki ilmiy manbaa asosida tayyorlangan, ma'lum bir mavzu yuzasidan ma'lumot beruvchi qo‘llanma ma'nosida kelsa, ikkinchisi – aniq bir ilmiy ish yoki kitob haqida qisqacha tushuncha beradi. Shu bilan birga u matnning aynan ko‘chirmasi emas, balki o‘rganilayotgan mavzuning mohiyatini ochib beruvchi mustaqil tadqiqot ishidir. Qoidaga ko‘ra, referat ko‘rilayotgan mavzu yuzasidan bir qancha nuqtai-nazarlarni o‘zida jamlaydi hamda muallifning shaxsiy fikrini ham aks ettiradi. 
Referat qismlarining tuzilishi va uning ustida ishlash bosqichlari:Odatiy tartibga ko‘ra referat ustida ishlashning boshlang‘ich qismini tanlangan mavzuning izohi ochib berishi lozim. Unda mavzuning dolzarbligi, ushbu mavzu yuzasidan hozirgacha fanga ma'lum bo‘lgan va o‘z tasdiqini topgan faktlar, natijalar; olimlarning uni o‘rganish ustida olib borgan ishlari; adabiy manbalardan keltirilgan misollar, foydalanilgan materiallar; o‘rganilayotgan mavzuning amaliy yoki ilmiy tasdiqini topgan masalalari o‘z aksini topadi.Referat quyidagi bo‘limlaridan tashkil topadi:

1. Titul varag‘i.2. Reja

3. Kirish qismi4. Asosiy qism

5. Xulosa6. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 

Titul varag‘i – ma'lum tartibga ko‘ra referatning nomi( mavzusi), loyihaning ilmiy rahbari, uning muallifi ismi sharifi hamda uni qaysi bir o‘quv muasasasiga taaluqli ekanligini ko‘rsatishi lozim. 
Reja – esa o‘z o‘rnida, referatning bo‘limlari (qismlari)ning nomlanishi va aniq raqamlar orqali belgilanishi asosida tuziladi.

Kirish qismi – o‘rganilayotgan mavzuning muqaddimasi bo‘lib, nimaga asosan aynan shu mavzu tanlangani, uning maqsad va vazifalari, foydalanilgan adabiyotlarning tahlilini to‘liq qamrab oladi. 

Asosiy qism – bu referatning eng muhim qismi hisoblanadi va o‘zida mavzuning asl mohiyatini aks ettiradi. U bo‘limlardan iborat bo‘lib, har birida alohida bir muammo yoki mavzuning aniq bir tomoni ko‘rib chiqiladi, hamda unga muvofiq teoritik mulohazalar, muallifning shaxsiy mushohadalari va tadqiqotlari keltiriladi. 

Xulosa – bu qism referat uchun umumlovchi so‘nggi so‘z vazifasini bajaradi. Unda amalga oshirilgan ilmiy ishning natijasi keltirib chiqariladi va kelgusida tavsiyalar beriladi. 
Adabiyotlar ro‘yxati – foydalanilgan adabiyot va ilmiy ishlar ( kitoblar, matnlar, jurnal va monograflar)ni qamrab oladi. 

Referat ustida ishlashda aniq bir tartibga rioya qilish muhim. Eng avvalo, nafaqat qiziqarli va original, balki dolzarb va yuksak ahamiyatga ega bo‘lgan mavzu tanlay bilish kerak. So‘ng – ishonchli manbaa topish (odatda 8-9 ilmiy ishni o‘z ichiga oladi) va ularni yaxshilab o‘rganib chiqish lozim. Navbatdagi bosqich – bibliografik ro‘yhat asosida ishlash, ya'ni qo‘lga kiritilgan ma'lumotlarni tartibga solish va qayta ishlab chiqishdir; referat yozishning o‘z tartibiga rioya qilish, tuzilgan rejaning keyinchalik etakchilik qilishini ta'minlaydi. Ishning yakunlovchi bosqichi – tayyor bo‘lgan referatni taqdim etishdir. Barcha jarayonni boshqarib turgan ilmiy rahbar, yoki ishni baholovchi omma – referatning tahlilchilariga aylanishlari mumkin. 
Informativ referatlar – dastlabki manbaada berilgan ma’lumot, taxmin va fikrlarni umumiy, qisqartma tarzida beradi. Indikativ referatlar – dastlabki adabiyotdagi fikrlarni to‘liq bermay, balki referat mavzusi bilan bog‘liq faqat ayrim qismlarnigina aks ettiradi. Hajm jihatidan bunday referatlar informativ referatlardan ancha kichik va ko‘rilayotgan mavzuning faqat mazmunini ochib beradi. Bayon-referatlar - esa aniq bir mavzu yuzasidan bir nechta adabiyotlarda berilgan ma’lumotlarni umumlashtiradi. Bir necha o‘quv ishlanmalari matnlarini o‘zida jamlovchi maktab referatlari ham shu kategoriyaga kiradi. Mоnоgrаfikrеfеrаtlаr – bayonlardan farqli o‘laroq, berilgan mavzu yuzasidan aniq bir manbaaga asoslanadi. Umumiy referatlar katta auditoriyadagi uquvchi va tinglovchilarga bag‘ishlangan bo‘ladi. Kasbiy referatlari esa aksincha, ma’lum bir soha vakillari uchun xoslashgan referatlarni o‘z ichiga oladi.

Produktiv referatlar – o‘rganilayotgan material yuzasidan tanqidiy fikrlarni, muallifning shaxsiy fikrini aks ettiradi. Reproduktiv referatlar – shunchaki dastlabki manbaada berilgan fikrlarni tasdiqlaydi va qo‘shimcha tahlil hamda muallifning aralashuvidan holi bo‘ladi.

Referatning stilistik va leksik o‘ziga xosligi:Referatlar odatda standartga muvofiq, deyarli muqobil jumlalar asosida yoziladi. Masalan, “muhim ahamiyatga ega”, “katta e’tibor qaratiladi”, “masalasi ko‘tariladi”, “qo‘yidagi xulosaga kelamiz”, “ko‘rilayotgan muammo”, “yoritalayotgan savol”, va shu kabi. Til va stilistik o‘ziga xoslik jihatidan referatlar shablon so‘zlardan va jumlalardan ko‘p foydalanishi bilan ajralib turadi. Ularda odatda, egasi nomalum gaplar, noaniq otlar, kasbiy va ilmiy atamalar, ko‘rilayotgan masalaga xos, professional so‘zlar, sifatdosh va ravishdoshlar ko‘p ishlatiladi. 

Hozirgi kunda esa referatlar ko‘p miqyosda foydalaniladi. Internet tarmog‘ida referatlarga bahishlangan resurslar tobora ko‘payib bormoqda. Bu esa o‘z o‘rnida aholining ta’lim olish salohiyati, fan va texnikaning rivojlanishi hamda ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tiborning oshib borayotganligidan dalolat beradi. 

2-topshiriq. Ma’mun akademiyasi tarixi haqida ma’lumot tayyorlang.
Mavzu bo‘yicha savollar:

  1. Referat va uning tuzilishi haqida ma’lumot bering?

  2. Referat yozishga qo‘yiladigan talablar haqida gapirib bering?

Adabiyot:

1.O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. O‘zR Оliy Majlisi Axborotnomasi, 1997. 9-sоn, 225-mоddа; 2013. - 41-sоn, 543-mоddа.

2. Husanov N.. Xo‘jaqulova R., Dilmurodova N. O‘zbek tili (o‘quv qo‘llanma). Toshkent: TMI 2017. -336 b.


Mustaqil ish topshiriqlari:

  1. Sharq akademiyalari haqida referat tayyorlash




Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish