R. H. Davlatova, K. Abdurahmonova “O`zbek tili” fanidan amaliy mashg`ulot uchun ishlanmalar navoiy-2020



Download 0,63 Mb.
bet26/99
Sana22.06.2021
Hajmi0,63 Mb.
#73557
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   99
Bog'liq
Ozbek tili амалий

2-tоpshiriq. Ushbu frаzеоlоgik birliklаrni o‘qing vа dаvоm ettiring?


tanilmoq

-

ko‘zga ko‘rinmoq

to‘satdan

-

tomdan tarasha tushganday

top-toza

-

yog‘ tushsa yalaguday

tinchidi

-

ko‘ngli joyiga tushdi

chaqqon

-

oyoq-qo‘li yengil

astoydil

-

yeng shimarib


3-topshiriq Quyidagi frazеologizmlar ishtirokida gaplar tuzing.

Ko‘zi moshdеk ochildi, sabr kosasi to‘ldi, ko‘ngli joyiga tushdi, boshi ko‘kka yеtdi, yеrga urdi, yuragi g‘ash bo‘ldi, ko‘zi to‘rt bo‘ldi, gap tеgdi.


4-tоpshiriq.O‘qing. Frazeologizmlarni fe’llar bilan almashtiring:

Boshi osmonga yetdi, tuyog‘ini shiqillatdi, so‘zining ustidan chiqdi, tishini tishiga qo‘ydi, tinkasi quridi, tepa sochi tikka bo‘ldi, og‘ziga talqon solib oldi.


5-tоpshiriq. Ko‘chiring. Frazeologizmlarnitopib, ularning ma’nolarini izohlang.

1. Ayol kishiga qo‘l ko‘tarish erkakning ishi emas. 2. Saodatning ko‘ngli yorishib ketganligi chehrasidan ko‘rinib turar edi. 3. Men ham sizday haqqoniy bo‘lishga so‘z beraman. 4. Onam ishning ko‘zini biladigan odamlardan. 5. Bu o‘ylardan Botirning boshi g‘ovlab ketdi. 6. Bu achchiq haqiqat uning damini ichiga tushirib yubordi. 7. Lolaxon o‘g‘lini yer-ko‘kka ishonmaydi. 8.Maqtangannig misi chiqadi, deyishadi odamlar.

Bilib oling va yodda saqlang:

Frazeologiya tilshunoslikning frazeologik birliklarini o‘rganuvchi sohasidir. Frazeologiya termini tilshunoslikda ikki ma’noda qo‘llaniladi:


  1. tildagi frazeologik birliklarning jami ma’nosida va

  2. shunday birliklarni o‘rganuvchi soha (fan) ma’nosida.

Ikki yoki undan ortiq so‘zdan tarkib topgan va yaxlit bir ma’no ifodalaydigan til birligi frazeologik birlik yoki frazeologizm deyiladi: qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan, og‘zi qulog‘ida, yuragiga ko‘ngliga qil sig‘maydi, do‘ppisi yarimta ikki gapning birida, sirkasi suv ko‘tarmaydi kabilar. Leksikologiya tilning luga‘t sostavini (leksikasini) frazeologiya esa frazeologik birliklar sostavini o‘rganadi. Lug‘at sostavida til birligi so‘z bo‘lsa, frazeologiya sostavida frazeologizm til birligidir.

Tilning lug‘at boyligi leksikasi va frazeologiyadan iboratdir. So‘z ham, frazeologizm ham lug‘aviy birliklar hisoblanadi.

Frazeologizmlar birdan ortiq so‘zdan tashkil topishi bilan so‘z birikmasi yoki gap tipida bo‘lsa-da, lekin ular nutq birligi bo‘lgan bu birliklardan tamoman farqlanadi, va lug‘aviy birlik sifatida ko‘p jihatdan so‘zlarga yaqin turadi, so‘zlarga xos bo‘lgan juda ko‘p xususiyatlar frazeologizmlarga ham xosdir.

Frazeologizmlar so‘z birikmasi yoki gaplar kabi nutq jarayonida hosil bo‘lmaydi, balki ular xuddi so‘zlar kabi tilda tayyor holda mavjud bo‘ladi. Demak, frazeologizmlar til hodisasi hisoblanadi: aravani, quruq olib qochmoq, kovushini to‘g‘rilab qo‘ymoq, sichqonning ini ming tanga,

tomdan tarasha tushganday, nog‘orasiga o‘ynamoq, kapalagi uchib ketdi kabilar tilda tayyor holdagi lug‘aviy birliklardir.

Frazeologizmlar ham xuddi so‘zlar kabi shakl va ma’no butunligiga ega. So‘zning shakliy tomonini tovushlar hosil etsa frazeologizmlar shakliy tomonini so‘zlar hosil etadi: yoqlamoq-yon bosmoq, rahmdil-ko‘ngli bo‘sh kabi.

Fazeologik ma’no. Tilda ham shakl va ma’no bor. Tilda shakl deb odatda tilning materiyasi-tovush ko‘zda tutiladi. Buni tilning ifoda plani deb yuritiladi. Ular (tovushlar) birikib tilning asosiy birliklaridan bo‘lgan so‘zni hosil qiladi. So‘z anglatgan ma’no til birligining mazmun plani deb yuritiladi. Bunday ma’no tilda (til bosqichida) berkitilgan bo‘ladi; nutq shuni qalqitib beradi.

Ma’lum shaklga ma’lum bir ma’noning berkitilishi affekslarga ham xos. Masalan: boradi so‘zi tarkibidagi affeksiga 3-shaxs ma’nosi, -a affeksiga “hozirgi-kelasi zamon” ma’nosi berkitilgan. Bunday affekslarning ma’nosiga grammatik ma’no deyiladi.

Iboralar ham ifoda planiga va mazmun planiga ega. Sodda morfemada uning ifoda plani deb tovush tizimi ko‘rsatilsa, murakkab (qo‘shma) morfemada uni tashkil toptirgan morfemalar ko‘zda tutiladi. (-chi-lik—chi-+lik kabi). Shuningdek, tub leksemada uning tarkibidagi leksema va morfemalar ko‘zda tutiladi. Ibora ham tarkibli til birligi, lekin uning ma’nosi tarkibidagi leksemalargaxos ma’nolarining oddiy yig‘indisiga teng bo‘lmaydi. Iboraga xos ma’no tarkibidagi leksemalarning ma’nosiga nisbatan mahraj ma’no, ustama ma’no sifatida gavdalanadi, bu ma’no ibora tarkibidagi leksemalarning ma’nosiga suyanmasligi ham mumkin: iboraning ma’nosi tarkibidagi leksemalarga xos ma’nolarning oddiy yig‘indisi bo‘lmasligi shular ustiga qurilgan yangi bir ma’no bo‘lishi sababli, iboralarda go‘yo ifoda plani bilan mazmun plani orasida qandaydir uzilish sodir bo‘ladi. Xususiy (qismlarga xos) ma’nolar umumiy (iboradan anglashiladigan) ma’noni to‘g‘ridan-to‘g‘ri izohlab turmaydi, shu sababli iboralarda ifoda plani bilan mazmun plani orasidagi bog‘lanish shartlilik kashf etadi. Bu (shartlilik) yerda bittadan ortiq so‘z yahlitligicha ma’lum bir obraz asosida ko‘chirish yo‘li bilan simantik taraqqiyotni boshdab kechiradi. Ma’lum obraz asosida yuzaga kelgan ana shunday ustama ko‘chma ma’noga frazeologik ma’no deyiladi. Masalan: til tekkizmoq iborasi “sha’niga nomunosib, nohaq gap aytmoq” ma’nosini anglatadi. Bu ma’no to‘g‘ridan-to‘g‘ri ibora tarkibidagi leksemalarning ma’nosidan kelib chiqmaydi. Masalan: batareyaga til tekkizsam, hech toki yo‘q ekan gapida erkin birikma ishlatilgan bunday ishlatishda til va tekkizmoq so‘zlari ma’no mustaqilligini saqlab bog‘lanadi, ma’noda tahlitlanish yuz bermaydi. Kechagi majlisda menga ham til tekkizibdi gapi tarkibida yuqoridagi erkin birikma emas balki, til tekkizmoq iborasidan foydanilgan. Aytilganlardan ma’lumki, fazeologik iboralardan anglashilgan ma’no nutq sharoitiga mos holda qo‘llanilsa, nutqning ta’sir kuchini oshiradi, shu bilan birga uning ifodaliligini oshiradi. Ona tili darslarida buning ahamiyati katta.

Frazeologik polisemiya. Bittadan ortiq ma’noni anglata olish til birliklariga xos xususiyat bo‘lib, u iboralarning ham talay qismida uchraydi. Polisemantik iboralarning ko‘pi ikki ma’noli uch ma’noli iboralar anchagina; to‘rt, besh ma’noli iboralar ham uchraydi. Masalan: bosh (i)ga qilich kelsa ham (har qanday sharoitda ham) iborasi bitta ma’noni, aqli yetadi (1. idrok qilmoq uqimoq, bilmoq, 2. ishonch hosil qilmoq) iborasi ikkita ma’noni, bo‘yniga qo‘ymoq iborasi uch ma’noni 1.(“ayb”ni). To‘nkamoq, ag‘darmoq. 2. (“ayb”ni). To‘nkamoq, ag‘darmoq. Isbotlab, e’tifof qildirmoq. 3. (biror ishni bajarishga rozi qilmoq) anglatadi. Misollardan ko‘rinib turibdiki iboralardagi ko‘p ma’nolilik nutqning o‘ta nozik ifodasi imkoniyatini yaratadi.



Frazeologik senonimiya. Senonimlik til birliklari orasidagi semantik mikro sistemalardan biri bo‘lib, iboralar orasida ham anchagina. Ikki iborani senonim deyish uchun ular ayni bir ma’noni anglatishi shart. Bu siz senonimiya haqida gapirib bo‘lmaydi. Ayni bir ma’nolilikni teng ma’nolilik deb tushunish yaramaydi. Har bir senonim, shu senonimiya uyasi uchun umumiy ma’no o‘zanidan tashqari, o‘ziga xos ma’no qirrasiga ega bo‘ladi.

Senonimlar odatda bir yoki bir necha jihatdan farqqa ega bo‘ladi. Shulardan biri ma’no qirrasidagi farq bo‘lishi mumkin.Masalan: yer bilan yakson bo‘lmoq- yer bilan yakson qilmoq iborasi kulini ko‘kka sovirmoq-kuli ko‘kka sovirildi iborasiga senonim: ayni bir ma’noni anglatadi.(“butunlay yemirmoq, yo‘q qilmoq”) Bu senonimlar boshqa belgi-xususiyatlardan qat’iy nazar ma’no qirrasida farq qiladi: ikkinchisida ma’no bir qadar kuchli Frazeologik senonimlarni belgilashda ular asosida boshqa- boshqa obrazning yotishi ham hisobga olinadi. Masalan: bir

og‘iz, bir shingil, bir chimdim senonim iboralari asosida har xil obrazlar yotadi; bir bosh uzumning qismi; chimdim olinadigan miqdor.

Frazeologik antonimiya. Antonimiya til birliklari orasidagi semantik munosabat asosida belgilanadigan hodisalardan biri bo‘lib, iboralarda ham so‘zlardagi darajada uchraydi. Anotomiyani belgilash, bir tomondan chuqurroq anglashga olib kelsa, ikkinchidan polisemiyada bir iboraning ma’nolarini o‘zaro farqlashga yordamlashadi uchinchidan, senonimlarni belgilashda ham foyda keltiradi.

Barcha leksik komponentlari boshqa-boshqa so‘zlar bilan ifodalangan iboralar orasidagi antonimiyani belgilash oson: savol bermoq va javob qaytarmoq; yerga urmoq va ko‘kka ko‘tarmoq kabi. Birinchi antonimlar tarkibidagi har bir so‘z komponentlar ikkinchi antonimlar tarkibidagi har bir so‘z-komponentlari o‘zaro antonim. Quyidagi antonim iboralar tarkibida qatnashgan leksik komponentlar- ayni bir so‘zning o‘zi, ikkinchi leksik komponentlar esa antonim so‘zlar: yurag(i) keng va yurag(i) tor. Boshqa bir misol: ko‘ngil(i) joyiga tushdi va yurag(i)ga g‘ulg‘ula tushdi. Bu antonim iboralar tarkibidagi leksik, komponentlarning uchinchisi ayni bir so‘z, birinchisi o‘zaro sinonim, ikkinchisi esa o‘zaro ma’no munosabatini hosil qilmaydi. Ko‘rinadiki, antonim iboralar tarkibidagi antonim so‘z-komponentlari qatnashavermaydi.Antonimiya iboradan yaxlitligicha anglashiladigan lug‘g‘aviy ma’no asosida belgilanadi. Antonimik iboralardagi ana shunday ma’no nozikliklarini anglash o‘quvchi tafakkuri rivojida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. O‘qituvchi bunday holatlarga diqqatini qaratmog‘i lozim.

Frazeologik omoniya. Til birliklari orasida shaklan teng kelish hodisasi omoniya-frazeologik birliklarda ham mavjud. Frazeologik omoniya odatda ikki ibora orasida voqe bo‘ladi: qo‘l ko‘tarmoq I va qo‘l ko‘tarmoq II kabi. Bu yerda omoniya ibora bilan ibora orasida voqe bo‘ladi, keltirilgan iboralar barcha muqobil shakllarda teng keladi: qo‘l ko‘tardim qo‘l ko‘taradi kabi.
Mavzu bo‘yicha savollar:


  1. Frazeologiya tilshunoslikning qanday bo‘limi?

  2. Frazeologik senonimiya nima?

  3. Frazeologik antonimiya nima?

  4. Frazeologik omoniya nima?

Adabiyot:



  1. Karimov I.А. Yuksak ma’naviyat – yеngilmas kuch. - Tоshkеnt: Mа’nаviyat, 2008. - 176

  2. Normatova Sh, Abdurahmonova M. О zbek tili (darslik). - Toshkent: JI DU 2014,- 192 b.

Mustaqil ish topshiriqlari:



  1. “Temur tuzuklari” asari haqida maqola tayyorlash




Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish