Fotoelektrokolorimetrik tahlil o‘tkazishda turli to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan
monoxromatik
nurlardan foydalanishni hisobga olish lozim. Polixromatik nurlarni monoxromatik nurlarga
o‘tkazishda svetofiltlardan foydalaniladi. KFK-2 asbobida 11ta svetofiltrdan iborat to‘plam mavjud.
Aniq bir svetofiltrdan foydalanish tekshiriluvchi eritma orqali aniq to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan
hamda tekshiriluvchi modda yutadigan nurni o‘tkazish imkonini beradi. Odatda samarali to‘lqin
uzunligi va svetofiltr rangi qo‘llaniladigan usulda keltirilgan bo‘ladi. Agar bunday ko‘rsatma
bo‘lmasa kerakli svetofiltrni quyidagi jadval orali tanlash mumkin.
Eslatma.
Ushbu jadval bo‘yicha
svetofiltr tanlash taxminiydir, chunki ayrim eritmalar bir xil rangga ega
bo‘lsa ham tanlab turli to‘lqin uzunlikdagi nurni yutadi. Shu bois svetofiltr
tanlashda tekshiriluvchi
moddaning nur yutish spektrini bilgan ma’qul, va svetofiltrni shunday tanlanadiki u modda maksimal
darajada yutadigan to‘lqin uzunlikdagi nurni o‘tkazishi darkor. Shunday qilib svetofiltr tanlanganda
tekshiriluvchi moddaning optik zichligi yung yuqori bo‘lgan nur optimal to‘lqin
uzunlikdagi nur
hisoblanadi.
Kyuveta tanlash
M a’lumki eritmaning yorug‘lik nuri o‘tadigan qatlami qancha qalin bo‘lsa yutiladigan nur boylami,
hamda tekshiriluvchi eritmaning optik zichligi ham shuncha yuqori bo‘ladi.
Kolorimetrga ishchi
yuzalarining orasidagi masofa bilan farqlanuvchi kyuvetalar to‘plami biriktirilgan bo‘ladi. Bu masofa
kyuvetaning bir ishchi yuzasida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Kyuvetaning yon
devorida suyuqlik quyish
chegarasi belgilab qo‘yilgan.Uchuvchan xususiyatga ega bo‘lgan suyuqliklarni tahlil qilishda kyuveta
maxsus qopqoqchalar bilan berkitiladi.
Har bir qurilmaga qatlam qalinligi 1 dan 50 mm gacha bo‘lgan kyuvetalar biriktirilgan.
Kyuveta tanlashda shunga e’tibor qaratish lozimki tekshiriluvchi eritmaning optik zichligi 0,15 dan
kam bo‘lmasligi va 0,7 dan oshib ketmasligi kerak. Ayni shu oraliqda Buger-Lambert-Ber qonuni
amalga oshaadi. Shuning uchun rang intensivligi yuqori bo‘lgan eritmalarni
tekshirishda qatlam
qalinligi kichik bo‘lgan, rang intensivligi past bo‘lgan eritmalar tahlilida esa qatlam qalinligi yuqori
bo‘lgan kyuveta tanlanadi.
6-rasm. Har xil
qalinlikdagi kyuvetalar
Laboratoriya mashg‘ulotini yakunida har bir talaba mustaqil ravishda bajarilgan ishiga baho berishi,
hamda ishchi daftariga kerakli ma’lumotlarni yozishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: