plastinalarni sulfatlanishi ularda katta kristalli qo`rg`oshinni oltinguggurtli oksidini plastinalarda oq dog` koprinishida paydo bo`lishi bilan bog`liq. Bunda akkumulyatorlarni elektrik qarshiligi oshadi. Sulfat qo`rg`oshinni yirik kristallari faol massa g`ovaklarini berkitib, zaryadlashda elektrolitni o`tishiga va faol massani shakllanishiga to`sqinlik qiladi. Buning natijasida plastinani faol sirti kichrayadi va batareyani sig`imi kamayadi. plastinalarni sulfatlanishini sabablari shundan iboratki, batareyani zaryadlashda kuchlanish va elektrolit harorati tez oshadi va elektrolit «qaynaydi», elektrolit zichligini oshishi deyarli sezilmaydi. Bundan keyingi razryadlash va startyorni ishlatganda sig`imni kamligidan batareya tez razryadlanadi. Sulfatlanishni kelitirib chiqishini asosiy sababi batareyani EYUK miqdorigacha razryadlanishi, ya`ni 10,5 V dan kam, elektrolit sathini kamayishi natijasida plastinalarni yalang`ochlanishi, razryadlangan akkumulyatorlar batareyalarini uzoq muddat saqlash, elektrolit zichligini juda kattaligi, dvigatelni yurgizishda startyorni ko’p vaqt ishlatish. Kam miqdordagi sulfatlanishni batareyalarni qayta tiklash zaryadi bilan bartaraf qilish mumkin. plastinalar ko’p miqdorda sulfatlanganda va buning natijasida akkumulyatorlar batareyalarini normal EkspluKorpusdagi darzlardan elektrolitni to`kilishini kuzatish bilan aniqlash mumkin. Uzatmalar klemmalarini qo`’ol ajratib olish natijasida darzlar ko’pincha batareyalarni shitirlari atrofida hamda korpus mexanik shikastlanganda paydo bo`ladi. plastmassali korpusdagi uncha katta bo`lmagan darzni polietilen ‘archasini kavsharlash qurilmasi yordamida berkitiladi. Korpusidagi shikastlanish sezilarli bo`lsa, batareya almashtiriladi. Darzi bor akkumulyatorlar batareyasini majburiy Ekspluatatsiya qilishda shikastlangan batareyaga doimiy elektrolit quyish lozim, distillangan suv quyish mumkin emas.
Quruq zaryadlangan akkumulyatorlar batareyalarini ishchi holatga keltirish uchun qo`yidagi ishlarni bajarish lozim:
- batareyani shamollatish teshiklaridagi germetizatorlar olib tashlanadi;
- kerakli zichlikdagi elektrolit talab etilgan sathgacha quyiladi;
- elektrodlar elektrolitga to`yinguncha batareyalar ikki soat davomida turadi;
- batareyani texnik holati tekshiriladi: elektrolitni zichligi va harorati
tekshiriladi;
- lozim bo`lganda batareyani zaryadlash va elektrolit zichligi va sathiga
o`zgartirish kiritish bilan uning texnik holatini tekshirish.
Qo`rg`oshinli akkumulyatorlar batareyasida elektrolit sifatida maxsus akkumulyatorli yoki kimyoviy toza CHDA markali oltingugurt kislotasini suvdagi eritmasi ishlatiladi.