Akkumulyatorlar batareyalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta`mirlash.
Akkumulyatorlar batareyalarini nosozliklari. Akkumulyatorlar batareyasini xizmat muddati uni to`g`ri ishlatilganda va o`z vaqtida xizmat koprsatilganda taxminan 3…4 yil yoki avtomobilni 75000…100 000 km bosib o`tgan yo`lini, yillik bosib o`tgan yo`l kichik bo`lganda 6 yilni tashkil qiladi. Elektrolitlarni ifloslanganligi, yuqori haroratli va sathi past elektrolitni ishlatish va saqlash, avtomobilda akkumulyatorlar batareyasini zaryadlash tartibini buzilishi, yuqori zichlikka ega bo`lgan elektrolitni quyish akkumulyatorlar batareyalarini texnik holatiga katta ta`sir koprsatadi. Sanab o`tilgan sabablar qo`yidagi nosozliklarni keltirib chiqaradi: o`z-o`zidan razryadlanishni oshishi plastinalarda qisqa tutashuv va plastinani sulfatlanishi. Koprsatib o`tilgan nosozliklar batareyani sig`imini kamaytirishga, yuklama ostida EYUK va kuchlanishni pasayishiga olib keladi. Akkumulyatorlar batareyalarini koprsatilgan nosozliklarini asosiy belgilari dvigatelni ishga tushirishda startyor yordamida tirsakli valni aylantirishni sekinlanishi hamda lampalarni xira yonishi va tovushni signalini pasayishi. Bundan tashqari Ekspluatatsiya davrida batareyalarni yupqa shtirlarida va klemmalarida oksidlanish hamda korpusda yorilish paydo bo`ladi. Bu nosozliklar dvigatelni ishga tushirishda startyorni normal ishlashini buzilishiga va batareyadan elektrolit oqib ketishiga sabab bo`ladi.
Akkumulyatorlar batareyasini ishlatishda va saqlashda qo`yidagi sabablarga ko’ra o`z-o`zidan razryadlanishi mumkin: ichki qisqa tutashuv; batareyani tashqi sirtini ifloslanishi; batareyaga quyish uchun distillangan suv o`rniga tarkibida ishqor va tuz bo`lgan odatiy suvni ishlatish; galvanik juftlik hosil qiluvchi metall zarrachalari va boshqa buyumlarni batareya ichiga tushishi. plastinani faol massasida mahalliy toklarni paydo bo`lishi natijasida batareya o`z-o`zidan razryadlanadi. Bu toklar plastinani faol okislangan massasi va panjarasi orasida paydo bo`ladigan EYUK hisobiga paydo bo`ladi. Bundan tashqari uzoq muddat saqlaganda akkumulyatorlar batareyalaridagi elektrolit tinadi va batareyani pastki qismida elektrolit zichligi yuqori qismiga nisbatan ko’payadi. Bu ‘otentsiallar farqini paydo bo`lishiga va plastina sirtida teng toklarni hosil bo`lishiga olib keladi. Xizmat koprsatilmaydigan, to`la zaryadlangan soz akkumulyatorlar batareyasini sutkalik o`z-o`zidan razryadlanishi 0,2…0,3 foizni tashkil qiladi.