va nosozliklari, ularning belgilari. GTM ning harakterli buzilishlariga klapanlar prujinalarini sinishi va bikrligini kamayishi, taqsimlash vali shesternyalari tishlarini sinishi, klapanlarni kuyishi kiradi.
GTM ning asosiy nosozliklariga turtkilar va ularning yo`naltiruvchi vtulkalarini, klapanlar tarelkasini va ularning uyalarini, taqsimlash vali shesternyalarini, mushtchalari va tayanch bo`yinlarini yeyilishi hamda klapanlar o`zaklari va koromislo (turtki) orasidagi issiqlik tirqishini buzilishi kiradi.
GTM buzuqliklar va nosozliklarini belgilari dvigateldagi taqqillash, karbyuratordan alanga va ovoz so`ndirgichdan taqqillashni paydo bo`lishidir.
KSHM va GTM ga texnik xizmat koprsatish dvigatelga TXK ni bir qismi bo`lib, tekshirish, mahkamlash joylarini tortish, dvigatelni diagnostikalash, sozlash va moylash ishlarini o`z ichiga oladi.
Qotirish ishlari dvigatelni hamma birikmalarini holatini qotirilganligini tekshirish uchun o`tkaziladi: dvigatel tayanchini ramaga, tsilindrlar kallagini va poddon karterni blokka, kirish va chiqish quvurlari flanetsi va boshqa birikmalar. Gazlar va sovutish suyuqligi tsilindrlar kallagi qistirmasidan sizib chiqishini oldini olish uchun tekshiriladi va lozim bo`lganda uni blokka ma`lum moment bilan («X») xoch usulida qotiriladi. Buni dinamometrik kalit yordamida amalga oshiriladi. Gaykalarni qotirish momenti va ketma-ketligi ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan o`rnatilgan. CHo`yanli tsilindrlar kallagini qizitib, alyuminiy qorishmali tsilindrlar kallagini sovuq holatda qotiriladi.
poddon karter boltlari qotirilganligini tekshirishda deformatsiyalanish va germetikligini buzilishini oldini olish uchun ma`lum ketma-ketlikda diametral joylashgan boltlar bo`yicha qotiriladi.
Avtotransport korxonalarida KSHM va GTM ni texnik holatini diagnostikalash karterga o`tib ketayotgan gazlar miqdori, siqish takti oxiridagi bosim va tsilindrlardan siqilgan havoni chiqib ketishi bo`yicha amalga oshiriladi.
Dvigatel karteriga porshen halqasi va tsilindr orasidan o`tib ketayotgan gazlar miqdorini gazli sarf o`lchagich yordamida aniqlanadi. Bunda moy shchupi o`rni teshigi va karterni shamollatish tizimi gaz chiqaruvchi quvuri rezinali tiqin yordamida berkitilib dvigatel karteri zichlanadi. O`lchovlar dinamometrik stendda to`la yuklamada va tirsakli valni eng katta aylanishlar chastotasida o`tkaziladi. YAngi dvigatellar uchun karterga o`tib ketayotgan gazlar miqdori dvigatelni modeliga qarab 16...28 l/min ni tashkil etadi. Bu usulni oddiyligiga qaramay amalda qo`llash bir qator qiyinchiliklar tug`diradi, bular to`la yuklama berish lozimligi va o`tib ketayotgan gazlarni doimiy emasligiga bog`liq.
KSHM va GTM ni diagnostikalashni ko’pincha siqish taktini oxiridagi bosimni kompressometr yordamida o`lchash bilan o`tkaziladi, bu germetiklik koprsatkichi bo`lib xizmat qiladi va tsilindrlar, porshenlar halqasi bilan va klapanlar holatini tavsiflaydi.
KSHM va GTM ni diagnostikalashni zamonaviy usullaridan biri tsilindrlar ichiga yondirish shami teshigi orqali majburiy yuborilgan siqilgan havoni sizib chiqib ketishini maxsus asboblar yordamida o`lchashdir.
Stetosko’ yordamida KSHM va GTM birikmalaridagi tirqishlarni buzilishi natijasida kelib chiqadigan shovqin va taqqillashlarini eshitib ham dvigatelni diagnostikalash mumkin. Lekin buning uchun katta amaliy malakaga ega bo`lish lozim.
Sozlash ishlari diagnostikalashdan so`ng o`tkaziladi. Klapanlarda taqqillash paydo bo`lganda va 2-TXK da klapanlar o`zagi va koromislo orasidagi issiqlik tirqishi sozlanadi. ZMZ-53 dvigatelidagi issiqlik tirqishini sozlashda birinchi tsilindr porshenini siqish taktida yuqori chetki nuqtaga (YUCHN) o`rnatiladi, buning uchun yondirish shamini tsilindrlar kallagidagi teshik tiqin bilan zichlab yo’iladi va tirsakli valni dasta yordamida toki tiqin otilgunicha aylantiriladi. Tiqin otilgandan so`ng shkivdagi kesik va taqsimlagich shesternyasi qo’qog`iga o`rnatilgan tishli koprsatkichni o`rtasi bilan mos tushishi lozim. Bu holatda birinchi tsilindrni klapanlar o`zagi va koromislo o`rtasidagi tirqish sozlanadi.
Qolgan klapanlarni issiqlik tirqishlarini tsilindrdan tsilindrga o`tishda tirsakli valni 90 gradusga aylantirib tsilindrlarni ishlash tartibi (1-5-2-4-6-3-7-8) bo`yicha sozlanadi.
Issiqlik tirqishini sozlashni boshqa uslubi mavjud (ZIL-130 misolida) bo`lib, unda birinchi tsilindrni YUCHN o`rnatilgandan so`ng birinchi tsilindrdagi ikkala klapan, 2, 4 va 5 tsilindrlarni chiqish klapanlar, 3, 7 va 8 tsilindrlarni kirish klapanlari sozlanadi. qolgan klapanlar esa tirsakli valni to`la aylantirgandan so`ng sozlanadi.
KamAZ-740 avtomobili klapanini sozlash uchun maxovik karteriga o`rnatilgan fiksatordan foydalanilanib birinchi tsilindrni yonilg`ini uzatishni boshlanishiga mos holatiga tirsakli val o`natiladi. So`ng ilashish muftasi karteridagi darcha (lyuk) orqali tirsakli val 60 gradusga aylantiriladi va birinchi va beshinchi tsilindrlardagi klapanlar sozlanadi. Keyin tirsakli valni 180, 360 va 540 graduslarga aylantirib mos ravishda 4 va 2, 6 va 3, 7 va 8 tsilindrlardagi klapanlar sozlanadi.
Tirsakli valni o`rnatishdan qat`i nazar sozlanayotgan kirish va chiqish klapanlari berk holatda bo`lishi lozim.