57
XULOSA
Qo‘shma so‘zlar va ularning alohida turi hisoblangan aniqlovchili
(attributiv ) qo‘shma so‘zlar, yoxud “bahuvrihi”larning o‘rganilish tarixi mavzusi
bo‘yicha biz tanishgan adabiyotlardan kelib chiqqan holda, xulosa o‘rnida shuni
aytishimiz mumkinki, mazkur so‘z yasash usullari dunyo tilshunoslari tomonidan
astoyidil tadqiq qilingan. Ayniqsa Yevropa tilshunoslarining bu mavzu borasidagi
ishlari e’tiborga loyiq. Chunonchi, ingliz va nemis tili mutaxassislari qo‘shma
so‘zlarni klassifikatsiyasi va differensatsiyasi, ya’ni ularni guruhlarga bo‘linish
imkonlari va o‘zaro farqli tomonlarini ajratib o‘rganilishiga jiddiy e’tibor
qaratishgan va muayyan ilmiy to‘xtamlarga kelishgan.
Shu jumladan, roman –german oilasiga mansub bo‘lgan nemis tilida
qo‘shma so‘zlar 4 ta guruhga bo‘linib o‘rganilgan, jumladan:
1.Attributive Zusammensetsungen(aniqlovchili qo‘shma so‘zlar)
2.Kopulative Zusammensetsungen(kopulativ qo‘shma so‘zlar)
3. Zusammenrueckungen(siqishtilirgan qo‘shma so‘zlar)
4. Zusammenbildungen(qo‘shib yasalgan qo‘shma so‘zlar)
Ma’lumki, attributiv qo‘shma so‘zlar bir biri bilan qo‘shma so‘z
komponentlarining aniqlovchi-aniqlanmish xususiyatlariga qarab belgilanadi.
Odatda qo‘shma so‘zning birinchi komponenti ikkinchisini aniqlab keladi yoki
teskarisi ya’ni ikkinchi komponent birinchinchisini aniqlab keladi, tobe- hokim
so‘zlar o‘rinlarini almashtiradilar(das Jahrhundert, das Jahrzehnt). E’tiborlisi
shundaki, qo‘shma so‘zlar komponentlarining o‘rni almashuvi bilan urg‘ular o‘rni
ham almashadi. Bu turdagi qo‘shma so‘zlar komponentlari otlardan yoki
sifatlardan tashkil topishi mumkin. Masalan ,
Schwarzbrot, Tischlampe,
Tageslicht, Sonnenstrahl, dunkelrot
kabi. Xuddi shu guruhga mazkur bitiruv
malakaviy ishimizning tadqiqot obyekti bahuvrihilar ham kiradi. Misol uchun,
Graukopf, Rotkaeppchen.
Kopulativ qo‘shma so‘zlarda komponentlar sintaktik , semantik jihatdan
teng huquqli bo‘ladilar, yoxud ularda tobelik yoki hokimlik bo‘lmaydi. Ularning
58
ma’nosi teng huquqlilik asosida mushtaraklashadi, chunonchi:
Strichpunkt,
taubstumm, dreizehn, zweiundzwanzig, bittersuess.
Siqishtirilgan qo‘shma so‘zlar(Zusammenrueckungen) bu xil qo‘shma
so‘zlar ikki yoki undan ortiq erkin bog‘langan komponentlardan ba’zan xatto
gaplardan iborat bo‘ladi. Bunda erkin so‘zlar yoki biror gap ichidagi so‘zlar – har
bir gap bo‘lagi o‘z o‘rnida qo‘shilib (siqib olib kelinib) qo‘llaniladi. Har biz so‘z
o‘zining ma’no mustaqilligiga ega bo‘ladi va gap nima haqida ketayotganligi
yaqqol tushunib turiladi. Ayrim hollarda, ma’no ko‘chishi ro‘y beradi, jumladan,
Vergissmeinnicht, Einmaleins, derart, infolge, stehenbleiben
kabilar. To‘la bir
gapni qo‘shib yozilishini misol keltiramiz. Du bist zu spaet. – Kam der Buss nicht
zur rechten Zeit. Lass deine Ausrede “ Eskamderbussnichtzurrechtenzeit!”
Qo‘shib yasalgan qo‘shma so‘zlar(Zusammenbildungen) bu tur qo‘shma
so‘zlar ikki leksikologik jarayon- vosita asosida yasaladi. Ularning
komponentlaridan biri yasama so‘z bo‘lib, tilda alohida qo‘llanilmaydi. Masalan,
Fruehaufsteher, Inbetreibsetzung, blauaeugig kabilar.
Qolaversa ingliz tilshunos olimlari ham qo‘shma so‘zlarni morfologik va
semantik
jihatdan
qunt
bilan
o‘rganishgan.
Qo‘shma
so‘zlardagi
komponentlarning o‘zaro ma’no munosabatlarga ko‘ra ingliz tilida ular ham
quyidagi 4 guruhga bo‘linadi:
1.Endosentrik
2.Ekzosentrik( shuningdek “bahuvrihi”)
3.Kopulativ ( shuningdek “dvanda”)
4.Appozitiv
Endosentrik
qo‘shma so‘zlar aniqlovchi aniqlanmishga bo‘linadi ya’ni
birinchi so‘z ikkinchisini ( ikkinchi komponentni) ikkinchi komponent esa
birinchisini aniqlab kelishi mumkin. Misol uchun,
housekeeper, cargo, caretaker
va boshqalar.
Yuqoridagi berilgan misollarda housekeeper so‘zida asosiy ma’no “keeper”
negizidan anglashiladi, chunki u “ asrovchi, saqlovchi” degan ma’noni bersa,
‘house ‘ so‘zi qo‘shilib uning qanday turdagi saqlovchi ekanini bildirgan ya’ni
59
aniqlab kelgan” uy qo‘riqchisi”. “Cargo” so‘zi ham qo‘shma so‘zning endosentrik
turiga mansub bo‘lib, unda ikkinchi so‘z birinchi so‘zni aniqlab kelgan. Negaki,
cargo so‘zi ‘yuk’ degan ma’noni beradi va so‘zma so‘z tarjima qiladigan bo‘lsak
‘mashinada boruvchi’ degan ma’noni bildiradi.
Ingliz tilida qo‘shma so‘zlarning ikkinchi turi bu
ekzosentrik
qo‘shma
so‘zlardir Ta’rif beradigan bo‘lsak bu turdagi qo‘shma so‘zlar ikkita so‘z
negizdan tashkil topadi, lekin bu negizlar ikkalasi birgalikda boshqa bir semantik
birlikni anglatadi. Ulardan hech biri ko‘pchilik hollarda to‘laligicha o‘z
ma’nosida kelmaydi va ulardan ma’no anglashila olmaydi.Agar misol keltirsak,
Do'stlaringiz bilan baham: