Polimer materiallarning skanerlovchi elektron mikroskopik tahlili
Adabiyotlardan taxlillarida ko‘plab sorbsion xossaga ega bo‘lgan materiallarning morfologik va sirt tuzilishini aniqlashda SEM usulidan ham keng foydalanilgan [109, 204–208 b.]. Sorbentlarning morfologik tuzilishi ularning fizik-kimyoviy va sorbsion xossalariga keng ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun PVX asosida olingan ionitlarning morfologik va sirt tuzilishi o‘rganildi. Bunda dastlabki plastikat PVX, ekstraksiyalangan PVX, hamda PVX asosida olingan PVX-A-N-2 ning mikrofotografiyalari solishtirilgan natijalari quyidagi 2.1.6 – rasmda keltirilgan.
2.1.6-Rasm
|
|
|
S)
|
|
D)
|
|
2.1.6 - rasm. (s) PVX-AN-2 SEM mikrofotografiyalari va X-ray element tahlili. a) plastikat PVX, b) ekstraksiyalangan plastikat PVX.
s va d) PVX-A-N-2 sirt yuzasining ko‘rinishi
2.1.7-rasm
|
|
|
2.1.7.-rasm- PVX asosida olingan PVX-A-N-2 ning SEM dagi Cl, C va N larning birgalikdagi va alohida miqdor ko‘rinishi
|
YUqorida keltirilgan SEM mikrofotografiyalaridan ko‘rinib turibdiki 2.1.6 – rasm (a)da plastikat PVX yuzasi tekis tuzilishga ega bo‘lib, ekstraksiya jarayonlaridan keyingi 2.1.6 – rasm (b) PVX orqali plastifikator chiqaribyuborilgandagi, aminlangan polimer yuzasi 2.1.6 – rasm (c d) dan ko‘rinadiki olingan namunalar bir xil tuzilishli burmalar hosil qilgan. Bu esa PVX asosida olingan sorbent katta sirt yuzasiga ega bo‘lganligini ko‘rsatadi. Bunday morfologik tuzilishga egaligi uni turli ionlariga nisbatan yuqori sorbsion xossa namoyon qilishiga asos bo‘ladi. SHuningdek, energetik dispersiv X-ray elementlarning miqdoriy mikroanaliz tahlili anionit tarkibida tahmin qilingan element azot massa ulushi tegishli ravishda 5,59 % tashkil qilgan. Ko‘rsatilgan sharoitda olingan anionitning tuzilishi va tarkibini identifikatsiyalash uchun zamonaviy fizik-kimyoviy usullardan foydalanib o‘rganildi. Tadqiqotlar natijasida PVX asosida olingan mahsulotning tarkibida azot tutganligi, g‘ovak tuzilishli anion almashinish xususiyatiga ega bo‘lgan aminoguruhlari tutganligi isbotlandi. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, polivinilxloridning gazlarni tozalashda ishlatib bo‘lingan tarkibida MEA saqlagan chiqindi maxsuloti bilan olib borilgan modifikatsiyalash reaksiyasi to‘liq borgan va yangi olingan polimer modda tarkibida ion almashish xususiyatiga ega bo‘lgan aminoguruhlar mavjudligini IQ spektor tahlili va sirtyuzasida g‘ovaklarning hosil bo‘lganligini SEM mikrofotografiya tahlilidan ko‘rishimiz mumkin.
Ushbu ionitning qo‘llash mumkin bo‘lgan sohalarini aniqlash uchun, keyingi boblarda uning o‘rganilgan fizik – kimyoviy xossalari keltirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |