§2.1.3. Polivinilxloridni dietanolamin bilan modifikatsiyalash maqbul sharoitlari
Olib borilgan reaksiyalarning borishiga turli omillarning ta’cirini tadqiq qilish orqali olingan natijalar xarakterining o‘xshash bo‘lishi aniqlandi. Modifikatsiyalash reaksiyalari termostat avtoklavda harorat 373, 378, 383, 385, 390, 395, 400, 405, 410, 415, 420, 423 K larda va 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 soat vaqt davomida o‘tkazilgan. Polivinil xloridga DEA modifikatsiyalash orqali anionit olinishiga tasir etuvchi omillar olingan anionitning statik almashinish sig‘imi (SAS) qiymatiga asoslanib o‘rganildi.
Ionalmashinuvchi materiallarning uch o‘lchamli makromolekulyar tuzilishini hosil qilish uchun molekulada kamida uchta fungsional guruh yoki atomni o‘z ichiga olgan organik moddalar ishlatiladi [101]. Ionalmashinuvchi materiallar hosil bo‘lishining birinchi belgisi bu polimerlarda ionalmashinish xususiyatlarining paydo bo‘lishi. Ionogen guruhlarning mavjudligini tekshirish uchun modifikatsiyalash natijasida olingan anionitning (PVX-A-N-1) HCl (0,1 n li eritmasi) bo‘yicha SAS qiymatlari aniqlandi. PVX ga DEA ning modifikatsiyalanish kinetikasini o‘rganish maqsadida dastlab, PVX ga 20, 40, 60, 80 va 100% li turli konsentratsiyali DEA eritmasida (suv) o‘rganildi.
2.2.1 – rasm.
|
|
2.2.1 – rasm. Anionitning SAS qiymatiga DEA konsentratsiyasining bog‘liqligi (T=413 K)
|
Olingan natijalar asosida keltirilgan 2.2.1 – rasmda ko‘rinadiki aminlash reaksiyasida DEA eritmasining konsentratsiyasi oshishi anionitning SAS qiymatini oshishiga olib keladi. Reaksiya 80% dan yuqori konsentratsiyada amalga oshirilsa, aminlash reaksiyasi natijasida olingan anionitning SAS qiymati juda kam pasayganligi kuzatildi. Buni quyidagicha takidlasak bo‘ladi: yuqori konsentratsiyadagi dietanolamin molekulalari ionit yuzasi bilan reaksiyaga ko‘proq kirishib dietanolamin molekulalari granula ichki yuzasigacha diffuziyalanishi qiyinlashtiradi. Ma’lum darajada suyultirilgan eritmalarda esa dietanolamin molekulalarining harakati osonlashganligi tufayli polimerning ichki yuzasigacha kirib borishi burmuncha osonlashganini ko‘rishimiz mumkin. Juda suyultirilgan eritmalarda esa dietanolamin suv bilan cheksiz miqdorda aralashib molekulalar-aro vodorod bog‘lanish xosil qilganligi sababli SAS qiymati juda kichik ekanliggini ko‘rishimiz mumkin. SHuning uchun, polivinil xloridni aminlanish reaksiyasini amalga oshirish uchun dietanolaminning konsentratsiyasi 80% li eritmasida anionitning SAS qiymati yuqori ko‘rsatgich namoyon qildi. PVXning DEA bilan reaksiyasi geterogen jarayondir. Ma’lumki, bunday jarayonlarda reaksiya tezligi faqat suyuq fazadagi moddalarning konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Ayni PVXni DEA ishtirokida aminlash reaksiyasi tartibini aniqlash maqsadida biz 2.1.1 – rasmda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga asoslanib almashinish darajasining logarifmik bog‘liqligini hisobladik (2.1.2 – rasm). Ushbu grafik usuldan foydalanib DEA konsentratsiyasi reaksiya tezligiga bog‘liqligi asosida aminlash reaksiyasining tartibi hisoblab chiqildi.
2.2.1-jadvaldan foydalangan holda DEA konsentratsiyasining Lg Cm logorifimdagi ifodasini 4+LogV bog‘liqlik grafigi chizildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |