1 -mavzu. KIRISH. QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARINI QURITISH TEXNOLOGIYASI. QURITILGAN MAHSULOTALARNI XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI.
REJA:
1.Meva-sabzavotlarni quritish texnologiyasi fannining predmet va vazifalari.
2.Meva-sabzavotlarni quritishning xalq xo‘jaligidagi o‘rni va ahamiyati. 3.Quritishning xalq usullari.
4.Fanni rivojlanish tarixi, hozirgi ahvoli va rivojlanish istiqbollari.
Tayanch so’z va iboralar: meva-sabzavot, saqlash, qayta ishlash, xalq usullari, standart, nav, organoleptik, sotsiologik, ekspert, xom ashyo, rentabellik, mahsulot sifati.
Fan haqida ma’lumot. Maqsadi va vazifasi. Qishloq xo’jalik mahsulotlari, jumladan meva-sabzavotlarni qayta ishlash texnologiyasi - xom ashyoni saqlash va dastlabki qayta ishlov berishni o’rgatuvchi fandir.
Ushbu fan agronomiya ixtisosliklari uchun o’qilishidan avval dasturda o’tilgan fanlarga: o’simliklar fiziologiyasi va biokimyosi, agrokimyo, umumiy dehqonchilik, mikrobiologiya, entomologiya, fitopatologiya, qishloq xo’jalik mashinalari, meteorologiya, o’simlikshunoslik, mevachilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqalarga asoslangan. Meva-sabzavotlarni dastlabki ishlov berish fanining asosiy vazifasi xom ashyoni kamayishini ogohlantirish va to’xtatish hamda ulardan sifatli va ko’p miqdorda mahsulot olish hisoblanadi. Texnologiya xom ashyodan unumliroq foydalanishni, shuningdek, uni qayta ishlagandan keyin chiqqan chiqitlardan o’simlikshunoslik va chorvachilikni rivojlantirishda foydalanishni o’rgatadi.
Shuningdek, sohani rivojlantirish uchun qishloq xo’jaligidagi barcha yo’nalishlar qishloq xo’jalik fani bilan ishlab chiqarish o’rtasida aloqani kuchaytirish, xo’jaliklarning qayta ishlash korxonalari, savdo va jamoat ovqatlanish tizimlari bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqalarni rivojlantirish, tayyorlov tashkilotlari va xo’jaliklar o’rtasida tuzilgan shartnomalarni bajarishda o’zaro ma’suliyatni oshirishdan iborat.
Ishlab chiqarish jarayonlari va realizasiya paytida mahsulot sifatini yaxshilash hamda kamayishiga yo’l qo’ymaslik, qayta ishlash korxonalarini joylashtirishni takomillashtirish, ularni xom ashyo bazasiga yaqinlashtirish, yangi sovutgichlar texnikasini qo’llash va rivojlantirish, mahsulotlarni tashish va saqlash uchun soha tarmoqlarini refrijerator transporti hamda konteynerlar bilan to’liq ta’minlash zarur.
Respublika xo’jaliklarida keng ko’lamda sabzavotlarni tuzlash punktlari, kompot va sharbat tayyorlaydigan korxonalar, meva-uzumlarni quritish maydonchalarini tashkil etish lozim.
Meva-sabzavotlarni qayta ishlash ko’p jihatdan hosilot, iqtisodchi va zoomuxandislarga bog’liq. Ular va boshqa qishloq xo’jalik xodimlariga mahsulotlarni saqlashda quyidagi talablar qo’yiladi:
mahsulotlarni va urug’lik fondini imkoniyati boricha yo’qotmasdan hamda sifatini tushurmasdan saqlash;
mahsulotlarni saqlayotgan paytda tegishli texnologik usullar va rejimlar qo’llab ularning sifatini yanada oshirish;
oz mehnat va sarf harajat qilib, mahsulotlarni saqlashda rentabellikni oshirgan holda saqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |