Qurilishda menejment


 Biznes rejani kredit olish maqsadida rasmiylashtirish



Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/159
Sana20.03.2022
Hajmi1,93 Mb.
#502550
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   159
Bog'liq
Qurilishda menejment

 
3. Biznes rejani kredit olish maqsadida rasmiylashtirish 
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlar faoliyat yuritishlarini 
mablag` bilan ta‘minlash iqtisodiy muammolardan biri bo`lib, katta tavakkalchilikni 
talab etadi. Sarflangan mablag`larni qaytarish, qoplash muddati qanchalik uzoq 
bo`lsa, bu xavf darajasi ham shunchalik oshib boradi. Chunki, bu muddat ichida 
bozor kon‘yunkturasi ham, narx-navolar ham, ish haqi to`lovlari ham sezilarli oshib 
boradi. Shuning uchun, iqtisodiyot barqaror bo`lmagan sharoitlarda (ayniqsa, bu holat 
nafaqat ayrim tovar bozori, balki butun mamlakatga xos bo`lsa) xarajatlari tezroq 
qoplanadigan samarali loyihalarga mablag` sarflash maqsadga muvofiqdir.
Bunday yondashuv fan-texnika taraqqiyotining sur‘ati eng yuqori bo`lgan va 
yangi texnologiya yoki mahsulotlarning kirib kelishi oldingi investitsiyalarni tezda 
qadrsizlantirib yuborishi mumkin bo`lgan tarmoqlar uchun juda muhimdir. Bundan 
tashqari, pulni oluvchi yetarli obro`ga ega bo`lmasa va mablag` egasi uzoq muddatga 
unga pulni ishonishni xohlamasa ham mablag`ning o`zini qoplash muddatiga qarab 
ish ko`riladi.
Misol tariqasida, «Jahongir» kichik korxonasining mablag` bilan ta‘minlanish 
va uni o`zlashtirish tartibini ko`rib chiqamiz. Korxona ixtiyorida o`zlashtirish uchun 
120 ming so`mlik xomashyo resurslari va tayyor mahsulotlar mavjud. Mazkur 
resurslardan foydalanish natijasida korxona 35 ming so`m daromad olishni ko`zda 
tutmoqda. Shu asnoda korxona rivojlanish fondidan ajratilgan pullar va bankdan 
olingan kreditlarni 4 yildan kechiktirmasdan qaytarishi rejalashtirilgan. Xo`sh, ushbu 
loyiha talabni qondira oladimi?
Buning uchun quyidagi hisob-kitoblarni amalga oshiramiz.
Korxona xarajatlarini qoplash muddati quyidagi formula orqali hisoblanadi: 
Xarajatlarni 
qoplash muddati 

Boshlang`ich 
investitsiyalar 

120000 
q 3,4 yil 
(1) 
Har yilgi pul daromadlari 
35000 
Mazkur hisob-kitobdan ko`rinadiki, hisoblab chiqilgan xarajatlarning qoplanish 
muddati belgilangan muddatdan ancha kam (8 oyga). Demak, investitsiya 
ajratishning ushbu varianti qulaydir.


Ammo amalda pul daromadlari har yili har xil bo`ladi. Odatda, ular ish boshida 
kamroq bo`lib, keyinchalik o`sib borishi mumkin (agar loyiha biror-bir aniq 
maqsadni ko`zlagan bo`lsa va ishlab chiqaradigan mahsulot xaridorgir bo`lsa). 
Bunday holatda xarajatlarni qoplash muddati ancha boshqacha bo`ladi.
Faraz qilaylik, investitsiya miqdori misolimizdagi kabi bo`lib, yillar bo`yicha 
ko`zda tutiladigan tushumlar quyidagicha bo`lsin:
birinchi yilda 25 ming so`m;
ikkinchi yilda 35 ming so`m;
uchinchi yilda 48 ming so`m;
to`rtinchi yilda 54 ming so`m.
Bulardan ko`rinadiki, 3 yilda daromadlar hajmi 108 ming so`mni tashkil etadi. 
Demak, investitsiyaning to`liq qoplanishi uchun to`rtinchi yili davomida atigi 12 
ming so`m talab etiladi. Bu summani to`rtinchi yilda ko`zda tutilgan daromadlar 
summasi (54 ming so`m) ga teng bo`lib, shu yil uchun xarajatlarning qoplanish 
muddati 0,22 yilga ega bo`lamiz. Shunday qilib, xarajatlarni qoplash muddati 3,22 
yilni (3,0 Q 0,22) tashkil etadi.
Investitsiyalarni tahlil qilishning bunday usuli oddiyligi va aniqligi bilan ajralib 
turadi. Uning qulayligi yana shundaki, agar investitsiya yo`l qo`yiladigan muddatda 
qoplanishi nuqtai nazaridan baholanganda, u investitsiya ning qaltisligi haqida ham 
aniq tasavvurga ega bo`lishga yordam beradi. Shu boisdan, bunday hisob-kitob 
investitsiyani baholashning eng mukammal usullariga foydali qo`shimcha bo`la oladi. 
Chunki ular, ko`pincha, kutilishi mumkin bo`lgan iqtisodiy inqiroz xavfini unchalik 
yaqqol ifodalay olmaydi.
Bu usulning ham o`ziga yarasha kamchilik va nuqsonlari bor, albatta. 
Birinchidan, u pulning vaqt davomida qiymat o`zgarishini hisobga olmaydi. 
Ikkinchidan, yuqorida keltirilgan formulada investitsiya to`liq qoplangandan keyin 
tushadigan daromadlar ham ko`rsatilmagan. Zero, yangi fondlar undan keyin ham 
ishlatiladi. Shu sababli, ushbu kamchiliklarni hech bo`lmaganda qisman bartaraf etish 
uchun, xarajatlarni qoplash muddatini so`mning bugungi va kechagi qiymati 
o`rtasidagi farqni hisobga olgan holda qo`llash maqsadga muvofiqdir.
Pullar yoki sarflangan mablag`larning bugungi va kechagi qiymatlari 
o`rtasidagi farqni hisobga olish uchun investitsiyalarning qoplanishi hisob-kitob 
qilinayotganda kelgusidagi daromadlar diskontlash koeffitsiyentlariga ko`paytiriladi. 
Diskont koeffitsiyentlari quyidagi formula orqali hisoblanadi:

Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish