kelgusida kutilayotgan absolyut miqdorlarda emas, balki yuqorida ta‘kidlangani dek,
diskontlash koeffitsiyentlari bilan to`g`rilangan holda yuzaga keladi. Boshqacha qilib
aytganda, formulaning suratida so`mning bugungi qiymatida ifodalangan daromadlar
summasi aks etadi.
Ko`rib chiqilayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun
sarflanadigan barcha xarajatlar hajmi ham xuddi shunday hisoblanadi. Bu hisob-
kitoblar bir necha yildagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan . Agar
investitsiyalashtirish qisqa muddatlarga (3 oy, 6 oy yoki 1 yilga) mo`ljallangan
bo`lsa, bunday holda xarajatlar va daromadlarni diskontlashning hojati yo`q.
Foydalilik koeffitsiyentiga asoslanib, agar koeffitsiyent 1,00 dan yuqori yoki
unga teng bo`lgan taqdirdagina investitsiyalashtirilayotgan loyihalarni amalga
oshirish maqsadga muvofiq. Ammo bu hisob-kitob ham yetarli emas. Chunki,
mablag` bilan ta‘minlash taqchilligi yuqori sharoitlarda foydalilik koeffitsiyentlari
yuqoriroq bo`lgan loyihalarni qo`llash afzaldir. Buni quyidagi misolda ko`rib
chiqaylik. Deylik, ikkita investitsion loyiha taqdim etilgan bo`lsin.
Birinchi loyiha bo`yicha xarajatlar hajmi 200 ming so`mni tashkil etib va bu
jami 1 mln. so`m miqdorda diskontlangan daromad keltirishi ko`zda tutilgan. Bunda
sof daromad 800 ming so`mni tashkil etadi.
Ikkinchi loyiha bo`yicha esa jami xarajatlar hajmi 50 ming so`mni talab etgan
holda, diskontlangan daromadlar hajmi esa 450 ming so`mni tashkil etadi. Bunda sof
daromad 400 ming so`mga tengdir, ya‘ni birinchi loyihadan 2 marta kamdir.
Sizdagi mavjud mablag` esa 200 ming so`mni tashkil etib, birinchi loyihani
investitsiyalashtirish imkoniyatiga egasiz. Xo`sh, bu maqsadga muvofiqmi?
Albatta, yo`q. Chunki, birinchi loyiha uchun foydalilik koeffitsiyenti 5 ga (1
mln. so`m : 200 ming so`m), ikkinchi loyiha uchun esa 9 ga (450 ming so`m: 50 ming
so`m) teng ekanligini hisoblab chiqish unchalik qiyin emas. Demak, agar 200 ming
so`m mablag`ingizni foydalilik koeffitsiyenti 9 ga yaqin bo`lgan bir nechta kichik
loyihalarga sarf qilsangiz, natijada siz 1,6 mln. so`mga yaqin sof daromadga ega
bo`lasiz. Bu esa birinchi loyiha daromadiga nisbatan 2 martaga ko`pdir.
Biroq hayotda foydalilik koeffitsiyentlari bir xil bo`lgan bir nechta loyihalar bir
vaqtning o`zida kamdan-kam xollardagina uchraydi. Bu koeffitsiyentlar ko`pincha
bir-biridan keskin farq qiladi. Shuning uchun qaysi loyihani tanlash masalasi hal
qilinayotganda, avvalo, ularning foydalilik koeffitsiyentlari kattaliklari bo`yicha,
ya‘ni ushbu koeffitsiyentlar miqdorining kamayib borish tartibini ko`rsatuvchi sxema
tuzib, kuzatib borish maqsadga muvofiqdir . Buni xarajat va daromadlar miqdoriga
ko`ra quyidagi jadval tarzida ham ifodalash mumkin (5.3.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: