2. Kichik korxonaning foyda natijasini xisoblash
Korxona (firma)ning rivojlanish bosqichlari.
Faoliyatining dastlabki
bosqichlarida ishbilarmon qator muammolarga duch keladi. Shulardan biri o`z
xo`jalik yuritish maqomiga ega bo`lishidir. Shu bilan birga ishbilarmon bozor holati,
talab va taklifni o`rganishi lozim. Bundan tashqari, oldida qanday to`siq va chegaralar
uchrashi, qanday imtiyozlar olishi mumkinligini bilishi zarur. Shu tariqa investitsiya
kiritishning umumiy shartlari belgilanadi.
Bunday ma‘lumotlar ochiq va ular matbuotda, statistik axborotlarda,
qonunchilik
hujjatlarida
mavjuddir.
Mutasaddi
shaxslardan
ham
bunday
ma‘lumotlarni olish mumkin.
Ishbilarmon xo`jalik yuritish yo`nalishini aniqlab olgach, o`z korxonasining
ixtisoslanishini belgilaydi. Buning uchun bo`lajak iste‘molchilarning imkoniyatini
aniqlash, raqobatchilar haqida barcha ma‘lumotlarga ega bo`lishi lozim.
Faoliyat shakli, ya‘ni individual yoki jamoa ishbilarmonligidan birini tanlash
muhim ahamiyat kasb etadi. Individual shakl tanlaganda ishbilarmon ixtiyoriy
ravishda tavakkalga qo`l uradi. Ish muvaffaqiyatsiz tugaganda mulkdor korxona
majburiyati uchun o`zi javob beradi va o`z mulki hisobidan zararni qoplaydi.
Jamoa shakli tanlanganda ishbilarmon mas‘uliyatni korxonaning boshqa
ishtirokchilari bilan bo`lishadi. Ushbu shakl qo`llanganda tavakkal kamayadi, bundan
tashqari, qo`shimcha resurslarni jalb etish mumkin bo`ladi.
Keyingi bosqichda ishlab chiqarish bazasi shakllanadi. Ishbilarmon ishlab
chiqarish va omborxona, asbob-uskunalarni ijaraga olishi, xomashyo va materiallar,
yarim tayyor mahsulotlar, ehtiyot qismlarini sotib olishi, ishchi kuchini jalb etishi
kerak. Korxona asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchilar, xomashyo va materiallar
ta‘minotchilari, vositachi firmalar bilan munosabat o`rnatadi. Kerakli ishchilarni
mehnat birjalari, e‘lonlar yordamida jalb etishi mumkin.
Moliyaviy vositalarni jalb qilish muhim bosqichlardan hisoblanadi.
Faoliyatining dastlabki paytlarida ishbilarmonning ishni boshlashi uchun moddiy
mablag`lari yetarlicha bo`lmaydi. Pul mablag`lari kamchiligini aksiyalarni chiqarish,
ya‘ni korxona kapitali va daromadiga huquqni qisman boshqalarga berish, tijorat
banklaridan qarzlar olish yo`li bilan bartaraf etishi mumkin. Bunda korxona aksiya
yoki qarz majburiyatlarini sotib oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar, tijorat banklari
bilan o`zaro aloqa qila boshlaydi. Bank kreditlari qisqa muddatli, o`rta muddatli va
uzoq muddatli bo`lishi mumkin. Bozor munosabatlariga o`tish jarayonida banklar
tomonidan qisqa muddatli kredit berish shakli keng qo`llanilmo qda.
Banklarning korxonalarga kredit berishi turli sug`urta operatsiyalari bilan
bog`liqdir. Inshoot, moddiy zahiralar va korxonaga qarashli boshqa mulklar sug`urta
qilinishi mumkin. Bu hollarda korxonalar sug`urta kompaniyalar bilan munosabat
o`rnatadi.
Aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatbah o qog`ozlarni sotib olish yoki ularni
sotishda korxonalar jamg`arma bozori, ya‘ni qimmatbah o qog`ozlar bozoriga
murojaat etadi. Korxona aloqa qilayotgan tashkilotlar soni juda ko`p bo`ladi. Ular
ichida turli xil fond birjalari, kredit-moliya institutlari, investitsion jamg`armalar,
individual investorlar yetakchi o`rinni egallaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |