Qurilishda menejment



Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/159
Sana20.03.2022
Hajmi1,93 Mb.
#502550
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   159
Bog'liq
Qurilishda menejment

Sof joriy qiymat
ba‘zida iqtisodiy integral samara deb ham ataladi. Loyihani 
amalga oshirish vaqtida mahsulot sotishdan olingan umumiy daromaddan shu vaqt 
davrida ketgan barcha sarf-xarajatlar ayirmasiga sof joriy qiymat deyiladi.
Rentabellik 
foydaning kapital qo`yilmalar yoki aksioner kapitaliga nisbati 
shaklida aniqlanadi. Tadbirkor lik loyihasini amalga oshirishda rentabellik har bir 
yilga hisoblab chiqiladi. Bu yerda soliqlar hisobga olinadi.
Integral samaradorlikni nolga tenglashtiruvchi rentabellikning dastlabki sath 
mazmuni samaradorlikning ichki koeffitsiyenti hisoblanadi. Agar samaradorlikning 
ichki koeffitsiyenti dastlabki sath mazmunidan past bo`lmasa, loyiha samarali 
hisoblanadi.
Kapital qo`yilmalarning qaytarilish davri
. Bu ko`rsatkich kapital 
qo`yilmalarning o`z-o`zini qoplash muddati sifatida amalda keng qo`llaniladi. Bu 
davrda funksional-ma‘muriy zararlar hisobdan chiqarilgandan keyin asosiy kapital 
qo`yilmalar qoplanadi.
Pulning maksimal sarf-xarajati.
Bu sof joriy qiymatning eng katta salbiy 
moliyalashtirish o`lchamlarini aks ettiradi va sarf-xarajatlarni qoplash manbalari 
bilan bog`lanishi lozim.
Zararsizlik me‟yorlari.
Bu ishlab chiqarilayotgan mahsulot partiyalarining 
minimal o`lchovi, «nol daromad» olinadi, ya‘ni sotuvdan kelgan daromad ishlab 
chiqarishdagi xarajatga teng bo`ladi.


o`arb mamlakatlari banklaridan kredit olishda biznes-rejaning boshqacha 
tuzilmasi qo`llaniladi. Bu holatda biznes-reja quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi:
Kirish va umumiy ma‘lumot. Bu bo`limda yuridik shakl ko`rsatiladi, korxona 
faoliyati tarixi va muhim tadbirlarning qisqacha ta‘rifi beriladi.
1. Korxona faoliyatini baholash. Bu yerda korxonaning ba‘zi muhim 
xususiyatlari ko`rsatiladi, ya‘ni uning bozorda egallagan o`rni, mavqei, sotuv tizimi 
va boshqalar.
2. Mahsulotni va sotish bozorini ta‘riflash.
3. Tadqiqotlar va ishlanmalar. Bu bo`limda tadqiqotlar, dastur va 
tashabbuslarning asosiy yo`nalishlari aks ettiriladi.
4. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati. Korxonaning ishlab chiqarish holati, 
ishlab chiqarish quvvatlarining holati ta‘riflanadi.
5. Xodimlar va mehnat munosabatlari.
6. Tashkil etish va boshqarish. Umumiy-tashkiliy ko`rsatkich lardan tashqari, 
oliy lavozimli shaxslar va rahbar xodimlarining qisqacha biografik ma‘lumotlari 
beriladi.
7. Yuridik ma‘lumotlar. Ishlab chiqarish faoliyati bilan bog`liq o`tmishdagi 
hamda hozirgi sud va arbitraj ishlari qisqacha ta‘riflanadi.
8. Moliyaviy ma‘lumotlar. Keyingi 5 yil ichidagi moliyaviy hisobotlar ko`rib 
chiqiladi. 5 yillik istiqbolli moliyaviy ahvol ta‘riflanadi.
9. Likvidlik. Qarzlar, aylanma mablag`lar holatining tahlili, kompaniyaning 
soliqlari, qarzlari ko`rsatiladi.
10. Shartnomalar. Korxona ishtirok etgan barcha shartnoma va bitimlar ta‘rifi 
beriladi.
11. Buxgalteriyaning boshqa hisob-kitoblari. Ro`yxatga olinmagan mulk 
(kvartira, mehmonxona, shifoxona, profilaktori ya va boshqalar)ning qisqacha bayoni 
beriladi.
Bundan ham qisqacha biznes-rejaning chizmasi G.Berl tomonidan taqdim 
etilgan. U quyidagi bo`limlardan iborat:
Kerakli pul mablag`i kiritilgan arizaning maqsadi, zayomni qoplash uslublari 
va uning ta‘minoti.

Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish