To„rtinchidan,
kichik biznes subyektlariga ishlab chiqarishni modernizatsiya
qilish va texnologik yangilash uchun o‗rta va uzoq muddatga mo‗ljallangan kreditlar
berish tizimini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarning yechimi bo‗yicha
amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish zarur.
Beshinchidan,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tashqi
iqtisodiy faoliyat sohasida ishtirok etishi, ularning eksport salohiyatini oshirish,
mintaqa va jahon bozorlariga chiqishini kengaytirish muammosini hal etishga jiddiy
ahamiyat qaratish lozim.
Oltinchidan
, sanoat sohasida yuqori texnologiyalarni talab etadigan zamonaviy
ishlab chiqarish tarmoqlarini tashkil etishda, innovatsion va nanotexnologiyalar,
farmakologiya va farmatsevtika, axborot kommunikatsiya tizimi, biotexnologiya,
muqobil energetika turlaridan foydalanish sohasida, muxtasar aytganda, ilg‗or ilm-
fan yutuqlariga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga
keng yo‗l ochib berish zarur.
Kichik biznes sohasining iqtisodiyotdagi ahamiyati uning iqtisodiyotda raqobat
muhitini ta‘minlash, yirik korxonalar uchun mahsulot va xizmatlar yyetkazib berish,
yangi ish o‗rinlarini yaratish va ikkilamchi bandlikni ta‘minlash, bozor tizimining
moslashuvchanligini oshirish, ilmiy-texnikaviy inqilobni jadallashtirish, resurslarni
ishlab chiqarishga safarbar etish; soliq tushumlari hajmining o‗sishini ta‘minlash,
aholi daromadlari darajasini barqarorlashtirish kabi omillar bilan belgilanadi.
Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov 2010-yilda mamlakatimizni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011-yilga mo‗ljallangan eng muhim
ustuvor yo‗nalashlarga bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi
ma‘ruzasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida
to‗xtalib,―...kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni iqtisodiyotning tez o‗zgarib
turadigan bozor talablariga javob berishini ta‘minlaydigan zamonaviy tuzilmalarni
shakllantirishda, yangi ish o‗rinlarini tashkil qilishda va aholi daromadlarini
oshirishda qanchalik o‗ta muhim rol o‗ynashini, albatta, chuqur anglaymiz‖
2
, - deb
ta‘kidlashi mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlantirishni
yangi bosqichlarga ko‗tarishni nazarda tutadi.
Mustaqillik yillarida kichik biznes subyektlarining mamlakatimizda yangi ish
o‗rinlarini tashkil qilish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishning muhim
omili sifatidagi natijalari salmoqli bo‗lib bormoqda.
2009-yilda mamlakatimizda jami 940 mingdan ortiq yangi ish o‗rinlari tashkil
etilgan bo‗lsa, shundan qariyb 400 mingi kichik biznes sohasiga to‗g‗ri kelgan. 2010-
yilda esa 950 mingdan ortiq yangi ish o‗rinlari yaratildi Aynan kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik sohasida yaratilgan ish o‗rinlari fermer xo‗jaliklari bilan birga
hisoblaganda 600 ming kishidan ortiqni yoki 65 foizni tashkil etdi. 2010- yilda
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida mamlakatimizning iqtisodiyotida
band bo‗lgan jami aholining 74,3 foizi faoliyat ko`rsatdi. Bu esa kichik biznes
sohasining aholi bandligini ta‘minlash va yangi ish o‗rinlarini tashkil qilish
muammosini hal etishda muhim o‗rin egallashini ko‗rsatmoqda.
Kichik biznes subyektlarining bandlikdagi ulushi 2000- yilda 49,7 foizni tashkil
etgan bo‗lsa, 2010- yilda bu ko‗rsatkich 74,3 foizga yetdi yoki 2000- yilga nisbatan
24,6 foizga ko‗paydi.
So‗nggi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga davlat
tomonidan katta e‘tibor berilishi hamda qo‗llab-quvvatlanishi natijasida uning
mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi yildan-yilga ortib bormoqda.
Xususan, 2000- yilda yalpi ichki mahsulotning qariyb 31 foizi iqtisodiyotning faol
rivojlanib borayotgan ushbu sektori ulushiga to‗g‗ri kelgan bo‗lsa, 2008- yilda bu
ko‗rsatkich 48,2 foizni, 2009- yilda 50,1 foizni, 2010- yilda esa 52,5 foizni tashkil
etdi yoki 2000- yilga nisbatan 21,5 foizga o‗sdi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini kengayishi iqtisodiyotning
boshqa soha va tarmoqlari ishlab chiqarish hajmidagi salmog‗ining oshishi orqali
ham namoyon bo‗ldi. Xususan, mazkur sohaning sanoat mahsulotlari ishlab
chiqarishdagi ulushi 2005- yildagi 10,0 foizdan 2010- yilda 19,6 foizga, qishloq
xojaligida tegishli ravishda 95,7 foizdan 97,9 foizga, savdoda 43,7 foizdan 50,5
foizga, yuk tashishida 24,6 foizdan 40 foizga, asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida
24 foizdan 30 foizga, eksport hajmida esa 6 foizdan 13,6 foizga qadar oshdi.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bu qadar jadal
rivojlanishida eng avvalo mazkur soha uchun belgilanayotgan soliq imtiyozlari yetarli
darajadagi rag‗batlantiruvchi rol o‗ynayotganligi hisoblanadi. Xususan, 2010- yilda
kichik biznes subyektlari uchun belgilangan yagona soliq to‗lovi 8 foizdan 7 foizga
2
Barcha rеja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, хalqimiz farоvоnligini оshirishga хizmat qiladi.
Prеzidеnt Islоm Karimоvning 2010-yilda mamlakatimizni ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlantirish yakunlari va 2011-yilga
mo‗ljallangan eng muhim ustuvоr yo‗nalashlarga bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‘ruzasi.// Хalq
so‗zi, 2011- yil 22- yanvar.
pasaytirilgan bo‗lsa, 2011-yilda esa bu ko‗rsatkichni 6 foizga tushirish mo‗ljallangan.
1996-2011-yillar mobaynida kichik biznes subyektlari uchun belgilangan soliq
stavkalari 38 foizdan 6 foizga yoki 6,3 martaga qisqardi.
Mustaqillik yillarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan
qo‗llab-quvvatlash tadbirlari ham kuchaytirildi. Xususan, 2009- yilda kichik biznes
va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 1851,7 mlrd.so‗m kredit ajratilgan
bo‗lsa, 2010- yilda esa bu ko‗rsatkich 2690,2 mlrd. so‗mni tashkil etdi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga yo‗naltirilgan kreditlar miqdori
2001-2010-yillar mobaynida deyarli 20 martaga o‗sgan.
2011-yilda tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sohasini rivojlantirishga ajratiladigan kreditlar hajmini kamida 1,3
barobarga ko‗paytirish belgilandi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalar
keng jalb etilmoqda. Xususan, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki,
Germaniya taraqqiyot banki, Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati va boshqa xorijiy
investorlar tomonidan kreditlar ajratildi. 2010-yilda xalqaro moliya institutlari
tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga 146 mln. dollar
hajmda kreditlar jalb etildi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi o‗rni ham
asta- sekin kengayib bormoqda. Uning eksport xajmidagi ulushi 2010-yilda 13,6
foizni tashkil etib, bu ko‗rsatkich 2000-yilga nisbatan 3,4 foizga oshgan.
2010-yilda kichik biznesning eksport hajmi 1723,6 million AQSH dollariga
etdi. Ularning asosiy eksport mahsulotlarini qishloq xo‗jaligi, to‗qimachilik, ishlov
beruvchi, elektrotexnik ishlab chiqarish mahsulotlari, xalq amaliy san‘ati buyumlari
tashkil etadi.
Lekin shu bilan birga, bu borada ayrim muammolarga ham duch kelinmoqdaki,
buning asosiy sababi kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan
shaxslarning ishni nimadan boshlamoq kerakligi, uni qanday tashkil etish zarurligi va
boshqarish sirlari haqida to‗la tasavvurga ega emasligidadir. Shu jihatdan qaralganda,
mazkur darslik yuqoridagi muammolarni samarali bartaraf etishga muhim hissa
qo‗shadi.
«Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» fani bo‗yicha respublikamiz va MDH
mamlakatlarining yetakchi olimlari tomonidan ko‗plab darslik va o‗quv qo`llanmalar
chop etilgan. Jumladan, Abdullaev A., Sotvoldiev A. va boshqa mualliflar tomonidan
2004- yilda «Kichik va o‗rta biznes: tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish» nomli
o‗quv qo‗llanmasi nashr etilgan. Unda kichik va o‗rta biznesni tashkil etish,
rejalashtirish va boshqarish masalalari atroflicha yoritilgan. Bundan tashqari,
qo‗llanmada bugungi kunda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanishni maqsad qilib
qo‗ygan shaxslar uchun biznesga kirib borish bilan bog`liq atamalar izohi berilgan.
Yuldashev Sh.A. tomonidan 2003-yilda chop etilgan «Malo‘y biznes i
predprinimatelstvo» nomli o‗quv qo‗llanmada O‗zbekistonda kichik biznesning
shakllanishi va rivojlanishi, uning tashkiliy-huquqiy shakllar, kichik biznes
infratuzilmasi, biznes-reja ishlab chiqish masalalari va kichik korxonalar faoliyatini
iqtisodiy tahlil qilish usullari ko‗rsatib berilgan.
Lapusta M.G. tahriri ostida 2003-yilda chop etilgan «Pred-prinimatelstvo»
nomli o‗quv qo‗llanmada tadbirkorlikning umumiy tavsifi va tashkiliy-huquqiy
shakllari, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, biznes-reja tuzish, moliyaviy
faoliyatini tahlil qilish, soliqqa tortish va tadbirkorlik psixologiyasi masalalari keng
yoritilgan.
Gorfinkel V.Ya., Polyak G.B. va Shvandar V.A.lar tomonidan 2002-yilda
tayyorlangan
«Predprinimatelstvo»
nomli
o‗quv
qo‗llanmada
Rossiyada
tadbirkorlikning shakllanishi va o‗ziga xos xususiyatlari, uning zamonaviy shakllari,
faoliyat turlari, moliyaviy faoliyatini boshqarish, tahlil qilish va soliqqa tortish
masalalari keng yoritilgan.
Siropolis Nikolas N. tomonidan 2001-yilda chop etilgan «Upravlenie malo‘m
biznesom» nomli o‗quv qo‗llanmada kichik biznesning iqtisodiyotda tutgan o‗rni,
kichik biznesni tashkil etish va boshqarish masalalari atroflicha yoritilgan.
Gorfinkel V.Ya. va Shvandar V.A. tomonidan 2004-yilda nashr etilgan
«Malo‘y biznes: organizatsiya, ekonomika, upravlenie» nomli o`quv qo`llanmada
Rossiya va xorij mamlakatlarida kichik biznesning rivojlanishi, uning iqtisodiyotda
tutgan o`rni, kichik biznes faoliyatini tashkil etish, boshqarish va tahlil qilish
masalalari keng yoritilgan.
Yuqorida qayd etilgan o`quv qo`llanmalardan farqli o`laroq, mazkur o`quv
qo`llanma O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan
tasdiqlangan «Kichik biznes va tadbirkorlik» fani o`quv dasturi asosida tayyorlangan.
Unda kichik biznes va tadbirkorlik bo`yicha xorij iqtisodchi-olimlari
tomonidan ilgari surilgan nazariya va maktablarning vujudga kelishi va taraqqiy
topishi, kichik biznes va tadbirkorlik tushunchalari, ularning iqtisodiyotda tutgan
o`rni, respublikada kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning o`ziga xos
xususiyatlari, kichik biznes va tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy asoslari va ularni
davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash masalalari keng yoritilgan. Shuningdek, ushbu
o`quv qo`llanmada kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish,
rejalashtirish, boshqarish, uning moliyaviy holati va kredit bilan ta‘minlash shakllari,
bank, soliq, moliya muassasalari va audit tizimi bilan aloqalari, ularning soliqqa
tortish mexanizmlari va imtiyozlari, tadbirkorlik etikasi va madaniyati, kichik biznes
va tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini baholash usullari, shuningdek,
O`zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari batafsil bayon
etilgan.
Shuningdek, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kichik biznes
subyektlarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish, respublikamizda kichik biznes
subyektlarining innovatsion faoliyati boshqaruv mexanizmini takomillashtirish va
uning samaradorligini oshirish masalalari ham o`rin olgan.
Darslik mualliflari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan
shug`ullanuvchi xodimlar, ishbilarmonlar va oliy o`quv yurtlari talabalarining
darslikning mazmuni, tuzilishi yuzasidan bildirgan taklif, mulohaza va maslahatlarini
bajonidil qabul qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |