Qurilishda menejment



Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/159
Sana20.03.2022
Hajmi1,93 Mb.
#502550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159
Bog'liq
Qurilishda menejment

«Tadbirkorlik»
tushunchasi tadbirkorning ensiklopedik lug`atida quyidagicha 
ta‘riflanadi:
Tadbirkorlik
shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning 
mustaqil faoliyati. Bu faoliyat o`z nomidan, o`z mulkiy mas‘uliyati va yuridik 
shaxsning yuridik mas‘uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor qonun tomonidan 
ta‘qiqlanmagan barcha xo`jalik faoliyati, shu jumladan, vositachilik, sotish, sotib 
olish, maslahat berish, qimmatbaho qog`ozlar bilan ish olib borish bilan 
shug`ullanishi mumkin.
Tadbirkorlik shaxsiy va ijtimoiy foydalarni ko`zlagan holda daromad olish 
uchun sarflanayotgan mablag` bilan bog`liq faoliyatdir. Tadbirkorlikka berilgan 
ushbu ta‘rif batafsilligi bilan ajralib turadi. Bu ta‘rifda tadbirkorlik faqat ma‘lum 
faoliyat bilan shug`ullanish emas, balki bevosita faoliyat yuritishdan iboratligi 
ta‘kidlangan. Tadbirkorlikka berilgan qator ta‘riflarda eng muhim holat, ya‘ni shaxsiy 
daromad bilan ijtimoiy foydaning yaxlitlik xususiyati ko`rsatilmagan.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, tadbirkorlikning muhim xususiyatlariga 
quyidagilar kiradi:
- xo`jalik faoliyati olib borayotgan subyektlarning mustaqilligi va erkinligi. 
Huquqiy me‘yorlar chegarasida har bir tadbirkor u yoki bu masala yuzasidan 
mustaqil qaror qabul qilishi mumkin;
- iqtisodiy manfaatdorlik. Tadbirkorlikning asosiy maqsadi maksimal darajada 
daromad olishni ko`zlab, jamiyat taraqqiyotiga ham o`z hissasini qo`shishdir;
- xo`jalik tavakkalchiligi va mas‘uliyat. Har qanday hisob-kitobda ham 
noaniqlik va tavakkalchilik bo`lishi mumkin.
 
 
 


2.
 
Tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanish tarixi 
Barcha yangi mustakil davlatlarda isloxotlardan oldingi davrda mulkchilikning 
davlat shakli ustunlik kilgan. Xo‘jalikning davlat sektorida mexnatkashlar umumiy 
sonining 4G‘5 kismi, kooperativlarda 14-15% (bulardan yarimidan kupi kolxozlarda), 
xususiy sektorda 3%ga yakini band bo‘lgan. Saksoninchi yillarning ikkinchi yarimida 
xo‘jalikning kooperativ sektorini yaratish ijarani rivojlantirishga xarakat Qilingan. Bu 
xarakat bozor infratuzilmasini rivojlanmaganligi davlat mulkchiligining xukmronligi, 
xo‘jalik yuritishning yangicha shakllarini davlat sektoriga karamligi, xo‘jalik 
Qonunlarining noanikligi va bir kator sabablar tufayli natijasiz bo‘lgan. 
Korxonalarni davlat tasarrufidan chikarish va xususiylashtirish iqtisodiy 
isloxotlarning etakchi buginidir. Xususiylashtirish natijasida demokratik jamiyatning 
ijtimoiy zaminini tashkil kiluvchi xususiy mulkchilik katlami shakllanib bordi. 
Iqtisodiyot fanida tadbirkorlik faoliyatiga doir dastlabki tadkikotlar XVIII 
asrda R. Kontilon, A. Tyurgo, F. Kene, A. Smit va J.B. Sei asarlarida amalga oshirila
boshlandi. Birok xozirga kadar jamoatchilik fikrida ―tadbirkorlik‖ tushunchasining 
kup ma‘noliligi saklanib kolmokda. Ilmiy adabiyotda ushbu tushuncha haqida 
kupincha bu favkulodda xodisaning iqtisodiy, tashkiliy va ruxiy tavsiflari (turli-
tuman karashlar) tuplashidan iborat xar xil tasavvurlar mavjud. 
Xorijiy adabiyotlarda biznes ta‘rifini kup turlari mavjuddir. Inson jamiyatining 
butun rivojlanish tarixi u yoki bu jixatdan doimo biznes bilan boglik bo‘lgan. 
Dastlabki bosqichlarda tadbirkorlikning eng muxim alomati biron bir shaxs-
tadbirkor faoliyatining foydali yoki zararligini belgilovchi noaniklik omili 
xisoblangan. Tadbirkorlikning ijtimoiy - iqtisodiy vazifasi turli bozorlarda talab bilan 
taklif orasida muvozanat urnatishga doir takkomillik faoliyatidan iborat deb tan 
olingan. 
Keyinchalik ―sarmoya egasi‖ va ―Tadbirkor‖tushunchalari bir-biridan farklana 
boshlandi. Tadbirkor sarmoyaning muomalada yuritishni, kupayib borishini 
ta‘minlaydi va bu borada u venchur sarmoyador, ya‘ni jalb qilingan moliyaviy 
mablaglarni ustalik bilan tasarruf etuvchi shaxs sifatida ishni yuritib yuborishga uz 
goyalari, bilimi va kunikmalarini tatbik qilib, kup foyda olish maqsadida usha 
mablaglarni tavakkali ishlarga sarflaydi. 
O‘zbekistonda va MDXda biznes haqidagi makolalar, adabiyotlar 60-yillarning 
urtalarida paydo buldi. Xususiy mulkchilik esa usha davrda bizning mafko‘ramiz 
uchun butunlay yod narsa edi. Lekin bizda biznesni fan tarikasida urganish fakatgina 
90-yillarning boshlarida bozor munosabatlariga asta-sekin utish bilan boshlanadi. 
―Biznes‖ - so‘zi inglizcha suz bo‘lib, u tadbirkorlik faoliyati eki boshkacha suz 
bilan aytganda kishilarni foyda olishga karatilgan tadbirkorlik faoliyatidir. 


Xorijiy adabiyotlarda biznes ta‘rifini kup turlari mavjuddir. Inson jamiyatining 
butun rivojlanish tarixi u yoki bu jixatdan doimo biznes bilan boglik bo‘lgan. 
Biznesmen (tadbirkorlik) so‘zi birinchi marotaba Angliya iktisodietida XVIII 
asrda paydo bo‘lib, u ―Mulk egasi‖ degan ma‘noni bildiradi. Jumladan, Adam Smit
tadbirkorni mulk egasi sifatida ta‘riflab, uni foyda olish uchun Qandaydir tijorat 
goyasini amalga oshirish maqsadida iqtisodiy tavakkalchilikka boradigan kishidir, - 
deb ta‘kidlaydi. Tadbirkorni uzi, uz ishini rejalashtiradi, ishlab chikarishni tashkil 
etadi, maxsulotni sotadi va olgan daromadiga uzi xujayinlik kiladi.
Biznes- bu avvalo ishlab chikarishni tashkil etish, iqtisodiy faoliyat va 
munosabatlar, xayotni uzi sungra esa pul ishlash demakdir. Biznes- bu xorijiy suzdir. 
U butun dunyo buyicha tarkalgandir, undan barcha mamlakatlarda foydalanidilar. 
O‘zbek tilida esa biznes so‘zi tadbirkorlik, biznesmen esa tadbirkor demakdir. 
O‘zbekcha suz xorijiy suzga tugri keladi, lekin unga Qo‘shimcha ma‘no xam beradi. 
Bu suzlarni ortida ―ish‖ ya‘ni ish bilan shugullanish eki korxona tashkil kilish etadi. 
Shunday qilib, biznes - bu korxona tashkil kilish demakdir (sanoat korxonasi, savdo 
dukoni, xizmat ko‘rsatish korxonasi, auditorlik kontorasi, advokat idorasi, bank va 
x.k.). Demak, biz bu yo‘q narsadan pul kilish emas, balki murakkab ishlab 
chikarishni eki xizmat ko‘rsatishni tashkil etish demakdir. Tadbirkorlik - bu doimo uz 
ishining fidoiysi, bilimdonidir. Tadbirkorlik uchun ukish kerak, nafakat dastlabki 
paytlarda, balki tadbirkor bir umir ukishi, izlanishda bo‘lishi kerak.
Tadbirkor nimalarni bilishi va kilishi kerak? U eng avvalo, tadbirkorlik 
faoliyatini Qanday amalga oshirishni, Qanday sharoitda amaliy xarakat kilishni, 
tadbirkor oldida uchraydigan tusiklarni xal kilish yullarini va Qanday yutuklarga 
erishishni bilishi kerak. Tadbirkor - ishlab chikarishni tashkil etishni, xamda 
maxsulotni sotishni bilishi kerak. U bozor munosabatlari sharoitida yuzaga keladigan 
anik sharoitlarni baxolashni va tugri yul tanlashni bilishi kerak. Xech kim, xech 
kachon tadbirkorga nima kilishni urgatmay va ogir paytdlarda yordamga kelmaydi. 
Xar bir tadbirkor fakat uz kuchiga, bilimiga va zakovatiga ishonishi va suyanishi 
lozim. 
Tadbirkorlik faoliyatini aktsiyadorlik mulki shaklida xam, jamoa mulki shaklida 
xam, xususiy (yakka) mulk shaklida xam amalga oshirish mumkin. Birok 
aktsiyadorlik mulki shakli va jamoa mulki shakli doirasida uni tashabbus ko‘rsatish, 
Qarorlar Qabul kilish va uz faoliyati uchun javobgarlik masalalarida xodimlar va
menejerlarga xususiy mulk egasi imkoniyatlari kanchalik darajada berilishiga boglik 
ravishda amalga oshirish mumkin. 
Savdo, maishiy xizmat, maxalliy sanoat, ijtimoiy soxalar korxonalarini 
davlatnikidan xususiyga aylantirish jaraeni ancha kiyin utdi. Bu erda avval 
xususiylashtirish yiriklashtirilgan ishlab chikarish bulimlari buyicha bajarildi, 
ularning zaminida ochik turdagi xissadorlik jamiyatlari tuzildi. 


Ammo xaet bu jamiyatlarni kichiklashtirishni takazo kiladi, shu maqsadda 
unga kiruvchi ayrim tarkibiy birgaliklarga katta mustakillik berildi. Natijada 
O‘zbeksavdo, O‘zmaishiyittifoQ, O‘zbekbirlashuv kabi tarmoklar buyicha 13 mingga 
yakin xususiy korxonalar tashkil etildi. 
1995 yildan to hozirgi davrgacha kichik va xususiy korxonalar tashkil kilishga 
eng katta axamiyat berildi. Ijtimoiy yunaltirilgan bozor iktisodietiga utish davriga 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta‘kidlab utganidek, ―...Qishloq 
joylarida ixcham ishlab chikarish korxonalari tashkil etish, kichik va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirishni ragbatlantirish xisobiga aholining ish bilan bandligini 
ta‘minlash siyosatini faol amalga oshirmokchimiz‖. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ―Bozor islohatlarini 
chuQurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustivor 
yo‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖ va 
―Tadbirkorlik subektlarini huquqiy himoya Qilish tizimini yanada takomillshtirish 
to‘g‘risida‖gi Farmonlari davlat mulkini xususiylashtirish sohasidagi Qonunchilikni 
takomillashtirish, xususiy tarmoQni jadal rivojlantirishni kuzda tutadi. 
Farmonlar mamlakatimiz Prezidenti Oliy majlis Qonunchilik palatasi va Senati 
Qushma majlisidagi ―Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va 
yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir‖ ma‘ruzasida belgilab 
berilgan vazifalarning mantiQiy davomi hisoblanadi. Ma‘ruzada asosiy strategik 
vazifamiz- demokratik Qurilish va fuQarolik jamiyatini shakllantirish, bozor 
islohatlarini chuQurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish yo‘lida samarali, 
bosqichma-bosqich va izchil borish ekanligi ta‘kidlangan edi. Shuningdek, ushbu 
ma‘ruzada 2005 yilda iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishning eng muhim ustivor 
vazifalari etib Quyidagilar ko‘rsatilgan: 
-asosiy ustivor masala – avvalgidek, bozor islohatlarini chuQurlashtirish va 
yanada erkinlashtirishdan iborat; 
-ikkinchi ustivor masala- xususiy tarmoQning jadal rivojlanishini, uning 
mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi kupayishini ta‘minlash; 
-uchinchi ustivor masala – kichik biznes va fermerlikni rivojlantirish borasidagi 
ishlarni chuQurlashtiri sh va kulamini kengaytirishdan iborat; 
-to‘rtinchi ustivor masala- bank va moliya tizimlaridagi islohatlarni 
chuQurlashtirish; 
-printsipial muhim masala- soliq siyosatini yanada takomillashtirish.
12
Demak tadbirkorlikni rivojlantirishni eng asosiy bug‘uni bo‘lib kichik biznes 
va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisoblanadi. 

Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish