3.3. Kompleks tahlil. Bozor faoliyatini va bozorni tashkil etuvchi turli xil elementlarning yagona kombinatsiyasini o'rganishga imkoniyat yaratiladi. Mavjud vaziyatni optimallashtirish bo'yicha strategik va taktik yechimlar shakllantiriladi va amaliyotga joriy etiladi.
Shunday qilib, qurilish xizmatlar bozorida marketing tadqiqotlarining tasnifi turli mezonlar bo'yicha bozorni tadqiqot usullari bo‘yicha tasniflalandi. Har bir yondashuv o'zining afzalliklari va kamchiliklariga ega. Usullarning har qanday tasnifi marketing muhitidagi tezkor o'zgarishlar va tadqiqot metodologiyasini doimiy takomillashtirish zarurati tufayli har doim takomillashtiriladi va rivojlantiraldi. Shu bilan birga, tadqiqotning muvaffaqiyati faqat usullar tizimini keltirib chiqarishi mumkin. Har qanday usul asosida ob'ektiv xulosalarning o'zaro bog'liqligi yotadi.
Qurilishda marketing muhiti tushunchasi Qurilish sohasidagi biznes yurituvchi barcha sub’ektlar marketing tadqiqotlarini amalga oshirishda marketing muhitini tadqiq etadilar. Marketing muhiti doimo kutilmagan hodisalar va yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. Har bir bozor sub’ektlari sodir bo'lgan o'zgarishlarni doimo kuzatib borishi va ularga o'z vaqtida moslashishi juda muhimdir. Marketing muhiti qurilish kompaniya faoliyatiga tegishli barcha sub’ektlar bilan maqsadli va muvaffaqiyatli hamkorlik qilish imkoniyatlariga ta'sir qiluvchi eng faol omillardan biridir. Boshqacha qilib aytganda, qurilishda marketing muhiti korxonaning iste'molchilar bilan muvaffaqiyatli hamkorlikni o'rnatishi, qo'llab-quvvatlash imkoniyatlariga ta'sir qiluvchi omillarni tavsiflaydi. Bu omillar har doim ham korxona tomonidan to'g'ridan-to'g'ri boshqaruviga bo'ysunmaydi. Shu munosabat bilan qurilish marketing muhiti tashqi va ichki muhitlari farqlanadi.
Umuman olganda, qurilishda marketing muhiti - korxona faoliyatiga kuchli ta'sirini ko‘rsatadiga eng faol omillardan biri hisoblanadi. Shuning uchun qurilish sohasida faoliyat yurituvchi sub’ektlarning faoliyatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillarni, ular qatoriga bozor sub’ektlari, ob’ektlari, ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, fan-texnika taraqqiyotining yutuqlari va iste’molchilarning ehtiyojlari hamda talablarining takomillashuvi, raqobatchilarning imkoniyatlarini kengayishi kabi ko‘plab sabablar tadqiq etishga majbur etadi. Ushbu tadqiqotlar marketing muhitini ikkiga, ya’ni mikromuhit va makromuhitlarga ajratadi. (3.1.1-chizma)
Mikromuhitda korxona faoliyatida bevosita ishtirok etuvchi yoki korxonaning boshqa sub’ektlar faoliyatida bevosita ishtirok etuvchi rolidagi vaziyatlar o‘rganiladi. Makromuhitda esa mikromuhitdagi sub’ektlarga tashqi omillarning ta’sir kuchlari o‘rganiladi.