O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
“QURILISH MATERIALLARI VA KONSTRUKSIYALARI” KAFEDRASI
“ARXITEKTURA” fanidan
TURAR-JOY BINOLARI
bo’limi bo’yicha
amaliy mashg’ulotlarni olib borish uchun
USLUBIY QO’LLANMA
(5340500- Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari ishlab chiqarish)
JIZZAX – 2021
Uslubiy ko’rsatma 5340500 - “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari ishlab chiqarish” yo’nalishi bo’yicha talim oluvchi talabalarning “Arxitektura” fanidan amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish, nazorat qilish va baholashga doir ishlarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan.
Uslubiy ko’rsatma “Qurilish materiallari va konstruksiyalarii” kafedrasining 2021 yil “____” _____dagi ____-sonli yig’ilishida muhokama qilingan va ma’qullangan.
“Qurilish materiallari va konstruksiyalarii”
kafedrasi mudiri: dots. O.Berdiev
Uslubiy ko’rsatma Jizzax politexnika instituti “Arxitektura va qurilish” fakulteti Kengashining 2021 yil “_____” ______dagi ____-sonli yig’ilishida muhokama qilingan va maqullangan.
“Qurilish materiallari muxandisligi”
fakulteti dekani: dots. SH.Erboev
Uslubiy ko’rsatma Jizzax politexnika instituti ilmiy-uslubiy Kengashining 2021 yil “_____” _____ dagi _____-sonli majlisida ko’rib chiqilgan va nashrga tavsiya etilgan.
Jizzax politexnika instituti
Ilmiy-uslubiy Kengashi raisi: dots. G’. Egamnazarov
Tuzuvchilar: dotsenti t.f.n. Berdiev O.B.
Assistent A.Raxmonov
Taqrizchilar: “Muhandislik kommunikatsiyalari”
kafedrasi dotsenti t.f.n. A. Usmonqulov
“Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi
mudiri, t.f.n. N. Asatov
© Jizax politexnika instituti
KIRISH
Bu fan 5340500 - “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari ishlab chiqarish” yo’nalishi ta’lim yo’nalishi bo’yicha tayyorlanadigan bo’lajak quruvchilarga va pedagoglarga turli vazifalarga mo’ljallangan bino va inshootlarni loyihalashning me’morchilik asoslarini, loyihalanadigan binolar va inshootlarning hajmiy–tarhiy yechimlarini ularda qo’llaniladigan qurilish konstruksiyalari bilan uzviy bog’liq holda o’rgatadi. Mazkur fanni o’rganish davomida talabalar Respublikamizda va xorijiy mamlakatlarda keng qo’llanilayotgan zamonoviy qurilish konstruksiyalari hamda ularning rivojlanish an’analari bilan tanishadilar.
Yaqin o’tmishda ham binolar va inshootlarni loyihalash va qurish masalasi bilan bir kishi, odatda me’mor (arxitektor) shug’ullanar edi.
Fan va texnika rivojlanib, binolar o’lchamlari yiriklashib, undagi konstruktiv yechimlar va jihozlar murakkablashib borgan sari, binolarni loyihalash va qurish bilan bog’liq bo’lgan turli–tuman me’moriy va muhandislik masalalarini bir kishi hal etish mumkin bo’lmay qoldi.
Hozir binolar va inshootlarni loyihalash va qurishda mutaxasislarning yirik jamoalari – arxitektorlar va turli ixtisosli muhandislar ishtirok etmoqdalar.
Loyihalashtirish jarayonida arxitektor bo’lg’usi binoning tarhini, uning hajmiy–fazoviy kompozitsiyasini tuzadi, inshootning me’moriy, badiiy, kerak bo’lsa, ijtimoiy–siyosiy qiyofasini yaratadi. Zamonaviy quruvchi esa arxitektor tuzgan bino yoki inshoot hajmiy–tarhiy yechimini qurilish materiallari va konstruksiyalar yordamida ro’yobga chiqaradi, konstruksiyalarni mustahkamlikka, ustivorlikka va boshqa ekspluatatsion talablarga hisoblaydi.
Loyihalash va qurilishda ishtirok etuvchi barcha mutaxasislar bir–birlarining ish faoliyati to’g’risida zarur hajmda ma’lumotga ega bo’lishlari kerak. Ayniqsa, arxitektor bilan quruvchi o’rtasidagi yaqin hamkorlik, hamfikrlik juda katta axamiyatga ega. Arxitektura, qurilish amaliyoti va qurilish texnikasining rivojlanishi bir-biriga bog’liq holda amalga oshadi. Yangi samarali qurilish materiallari va konstruksiyalar, qurilish texnikalarining yaratilishi yangi tipdagi binolar paydo bo’lishiga sabab bo’ladi yoki aksincha.
Zamonaviy konstruksiyalar va ularning taraqqiyot yo’nalishi materialning mustahkamlik xususiyatlaridan va konstruksiya shakllaridan mumkin qadar har tomonlama va oqilona foydalanishga asoslangan. Bunga erishish uchun quruvchi, ayniksa, quruvchi-pedagog yetarli bilimga va amaliy kunikmalarga ega bo’lishi kerak.
Binolarning funksional jihatlari, insonning hordiq chiqarishi va mehnat qilishi uchun yaratilgan suniy muhitning sifati ularning konstruktiv yechimiga bog’liq. Bu muammoni hal qilishda ham arxitektor va quruvchilarning yaqin hamkorligi talab etiladi. Shuning uchun quruvchi-pedagog me’morchilik asoslarini bilishi, uning yo’nalishlarini tushunishi zarur. Shundagina qulay, ko’rkam va tejamli bino va inshootlar yaratishdek ijodiy masalalarni muvaffaqiyat bilan hal etish mumkin.
Fuqaro binolari va ularning tuzilmalari, bosh rejasi, yordamchi bino va xonalar bo’limidan olgan nazariy bilimlarini mustaxkamlash, turli adabiyotlardan, me’moriy xujjatlardan, tipovoy loyihalardan va boshka maxlumotlardan tugri foydalanish, bino va inshootlarini tuzilmaviy va fazoviy yechimlarini o’rganish, kerakli texnik-iktisodiy hisoblarni o’zlashtirish orqali, talabalar “Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi” fanidan kurs loyihasi bajaradilar.
Mamlakatimizning kelajagi qurilish va qurilish texnikasining rivojlanishi bilan chambarchas bog’liqdir. Shuning uchun ham bu soha hamma vaqt hukumatning diqqat e’tiborida turadi.
“Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi” fanining boshqa fanlar bilan aloqalari:
“Arxitektura” fani quyidagi fanlar bilan yaqin aloqada:
Matematika
Informatika va axborot texnologiyalari
Chizma geometriya va injenerlik grafikasi
Qurilish konstruksiyalari
Qurilish mexanikasi va inshootlar zizilabardoshligi
Qurilish materiallari va metallar texnologiyasi
- Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi
- Markaziy Osiy sharoitida temirbeton konstruksiyalarni loyihalash
- Qurilishini loyihalashda avtomatlashtirish
Do'stlaringiz bilan baham: |