Muhandislik grafikasi fazoviy geometriyaning maxsus bo‘limi bo‘lib, umumiy injenerlik fanlari qatoriga kiradi. Chizmalarni chizish, o‘qish, chizmachilik asboblaridan foydalanish va qo‘lda tasvirlar yasashni o‘rgatadigan fan texnikaviy chizmachilik deyiladi.
Muhandislik grafikasi proyeksiya qurishni o‘rgatuvchi fandir. Muhandislik grafikasining asosida uch o‘lcham (X, Y, Z) bo‘yicha proyeksiyalash usuli bor. Muhandislik grafikasi tasviriy san’at va texnikaning ko‘pgina masalalarini o‘z ichiga oladi.
2. Monj metodi.
Muhandislik grafikasi o‘quv fani sifatida birinchi marta fransuz olimi Gaspar Monjning 1798-yilda nashr etilgan «Geometriy descriptive» degan asari natijasida vujudga keldi. Monj o‘zining bu asarida fan va texnikaning taraqqiy qilishi natijasida dunyodagi bir qator mamlakatlarda ortogonal proyeksiyalar bo‘yicha orttirilgan ayrim qoida va usullarni ilmiy sistemaga soldi hamda har taraflama ishlab chiqdi.
Shuning uchun muhandislik grafikasi kursida ortogonal proyeksiyalar metodi Monj metodi deb ataladi. Muhandislik grafikasi fani Monj zamonasidan boshlab, barcha mamlakatlardagi texnik maktablarda o‘qitila boshlandi. Muhandislik grafikasi Rossiyada 1810 yildan boshlab, endigina tashkil etilgan Peterburg yo‘llar injenerlari korpusi institutida o‘qitildi. Dastlabki vaqtda bu institutda Muhandislik grafikasidan Monjning shogirdlari Fabr va Pote dars berdilar. Darslar fransuz tilida olib borildi.