Qurilish materiallari va konstruksiyalari



Download 7,74 Mb.
bet8/27
Sana13.06.2022
Hajmi7,74 Mb.
#664110
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot uchun UQ

Konstruktiv o’lcham konstruksiya yoki buyumni ishlab chikarilgandan sung unda xosil bo’lgan konstruktiv farklarni hisobga olmasdan kabul kilinadigan loyiha o’lchamidir.
Asl o’lcham esa konstruksiya yoki buyumning konstruktiv o’lchamlariga nisbatan ishlab chiqarishda ruxsat etilgan farqi hisobga olingan konstruksiya yoki buyumning (haqiqiy) o’lchamidir.
Zamonaviy binolar va inshootlarni loyihalash va kurilishini amalga oshirish ishlarini industrial usullar asosida olib borish talab etiladi. Binolarini loyihalash va kurilish ishlarini zamonaviy industrial usullar asosida olib borish jamoat binolarini namunaviylashtirish (tipizatsiyalash) xamda ularning xajmiy tarxiy parametrlari va konstruktiv elementlarini yagona modul sistemasi (YaMS) asosida bir xillashtirish (unifikatsiyalash) orqali amalga oshiriladi. Sanoatlashtirish (industrlashtirish) tushunchasi ostida ishlab chiqarish korxonalarida kurilish konstruksiyalarini yukori texnologiyalar asosida ishlab chiqarishdan tortib kurilish maydonlarida konstruksiyalarni yigish va montaj ishlarigacha bo’lgan jarayonlarni tushuniladi.
Bino va inshootlarni loyihalashda takroran kullash uchun kulay bo’lgan xar taraflama texnik va iktisodiy yukori kursatkichlarga ega konstruksiyalar yoki bir yula bino turlarini tanlab olish namunaviylashtirish (tipizatsiyalash) deb ataladi.
Bino va inshootlar uchun yigma konstruksiya va elementlarning turi va o’lchamlarini tipizatsiyalash cheklanmaydi, ularning soni va turlari kanchalik kup bulsa ularni montaj kilish ishlari shunchalik osonlashib binoning tannarxi ham arzonlashadi. Bino va inshootlar uchun yigma konstruksiya va elementlarning turi va o’lchamlarini tipizatsiyalash orqali ularni unifikatsilashga erishish mumkindir. Bir xillashtirish (unifikatsiyalash) - bu bino va inshootlarning turli shaklli va o’lchamli, detallari va konstruksiyalarni mumkin kadar kam turli, bir xil o’lcham va shakllarga ega bo’lgan detallar va konstruksiyalariga keltirish yoki ega bulmok demakdir. Detallar va konstruksiyalarni unifikatsiyalash ularni uzaro almashtirish va universalligini taminlamogi lozim.
O’zaro almashtirish tushunchasi ostida bino va inshootlarning bir o’lchamdagi detal va konstruksiyalari urniga boshka o’lchamdagi detal va konstruksiyalarni ishlatish mumkinligi tushuniladi. (M: 1500 mm. kenglikka ega bo’lgan bir dona orayopma paneli urniga ikki dona 750 mm. kenglikka ega bo’lgan panelni kullash va x.k.).
Universallik tushunchasi ostida esa bir xil o’lcham va turga ega bo’lgan detal va konstruksiyalarni muljallanishi buyicha turli xil bo’lgan bino va inshootlarda kullash tushuniladi. Fuqaro binolari va inshootlarini loyihalashda detallar, konstruksiyalar va boshka buyum xamda jihozlar uchun tuzilgan maxsus ruyxatlar (katalog) lardan keng miqdorda foydalaniladi va ushbu ruyxatlar yangi detallar, konstruksiyalar va buyum xamda jihozlarning yangi turlari yaratilishi bilan yangilanib boradi. Bino va inshootlarning detallari, konstruksiyalari va kurilish buyumlarining o’lchamlari ularning xajmiy tarxiy yechimlari orqali aniklanadi va ularni unifikatsiyalash xajmiy tarxiy yechimlarning asosiy parametrlari bo’lgan binoning eni, qadami va qavat balandligiga bog’lik bo’ladi. Fuqaro binolari kurilishida namunaviylashtirish va birxillashtirish priniplarini kullash orqali ishlab chiqarishning eng yukori loyihalash va ko’rish texnologiyalariga ega bulish mumkindir, lekin alohida loyihalarga ega bo’lgan unikal tarzdagi bino va inshootlarni loyihalashda yaxlit va yigma – yaxlit konstruksiyalarni kullash orqali ham yuqori darajada kayd etiladigan memoriy yechimlarni amalga oshirish mumkin.



Download 7,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish