- texnik talablar - yani, loyihalanadigan va quriladigan bino va inshootlar mustaxkamlik, olovbardoshlilik, uzoq xizmat qilish, yillar o’tishi mobaynida normal ekspluatatsion sharoitlarni saqlash, qisqa qilib aytganda unda yashovchi va faoliyat ko’rsatuvchi insonlarni tashqi tasirlardan saqlamog’i lozimdir.
Bino va inshootlarga bo’lgan texnik talablar ular konstruksiyalarining yechimlari orqali aniqlanib, har qanday bino va inshootlarga tasir etuvchi tashqi tasirlar orqali aniqlanadi va ushbu tasirlar o’z navbatida ikki guruhga, kuch bilan tasir etuvchi (silovie) va kuch bilan tasir etmovchi (nesilovie) tasirlarga ajratiladi.
Kuch bilan tasir etuvchi (silovie) tasirlarga binoning o’z konstruksiyalarining, undagi mebellar va jixozlarning og’irligi (doimiy), qor, shamol va odamlarnig og’irligi (vaqtnchalik) hamda alohida (seysmik yuklar, turli xil avariyalar natijasidagi yuk va yuklanishlar va x.k) yolar kiritiladi.
Kuch bilan tasir etmovchi (nesilovie) tasirlarga esa xavo harakati, quyosh tasiri, atmosferaviy va tempiraturaviy o’zgarishlar tasiri, biologik va turli xil shovqinlar tasirlari, tuproq namligining vaqt o’tishi bilan konstruksiyalarga tasiri va x.k. lar kiritiladi.
Bino mustahkamligi deganda uning tashqi kuchlar ta’siridan uzoq vaqt buzilmasdan hamda ortiqcha deformatsiyaga uchramasdan o’z vazifasini bajarib turishi tushuniladi.
Binoni tashqi ta’sirdan o’z muvozanatini oqlab turishi binoning ustivorligi turg’unligi deb ataladi.
Qurilish me’yorlari va qoidalariga QMQ ko’ra binolar uzoq vaqt o’z vazifasini ado etishi bo’yicha IV darajaga bo’linadi:
I – xizmat davri 100 yildan ortiq;
II – xizmat davri 50 yildan 100 yilgacha;
III – xizmat davri 20 yildan 50 yilgacha;
IV – xizmat davri 5 yildan 20 yilgacha mo’ljallangan binolar.
Binolarga qo’yilgan asosiy texnik talablardan yana biri binoning yong’in xavfsizligidir. Qurilishda ishlatiladigan materiallar va konstruksiyalar yonish darajasiga qarab yonmaydigan, qiyin yonadigan va yonuvchan guruhlarga bo’linadi.
Bino konstruksiyalari olovbardoshlik chegarasi bilan ham harakterlanadi. Bu binoning olov ta’sirida o’z mustahkamligi, ustivorligini saqlab tura olishi uchun ketgan vaqt bilan yassi konstruksiya elementlari uchun esa ularda teshik yoriqlar paydo bo’lishi yoki konstruksiyaning olovga teskari yuzasidagi harorat 1400 S gacha ko’tarilishi uchun ketgan vaqt bilan belgilanadi.
Bino va konstruksiyalarni olovbardoshligi jihatdan besh darajaga bo’lish mumkin. Eng katta olovbardoshlik I darajali binolarga, eng kichik olovbardoshlik esa V darajali binolarga tegishli bo’ladi.
Olovbardoshligi I, II va III darajali binolar tosh material yoki pishiq g’ishtdan qurilgan, darajali binolar esa sirti suvalgan yog’ochli, V darajalisi suvalmagan yog’ochli binolar hisoblanadi. Olovbardoshligi I va II darajali bo’lgan binolar devori, tayanchlari, ora yopmalari, ichki to’siq devorlari parda devor yonmaydigan bo’lishi kerak. Olovbardoshligi III darajali binolarda devorlari va tayanchlari yonmaydigan, ora yopmalari va ichki to’siq devorlari esa qiyin yonuvchan bo’ladi. Yog’och binolar IV va V darajali olovbardoshlikka ega bo’lib, yong’in xavfsizligi talablariga ko’ra ular ikki qavatdan baland bo’lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |