Qurilish materiallari va buyumlari



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/119
Sana20.06.2022
Hajmi2,2 Mb.
#680245
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   119
Bog'liq
2 5199583182013337775

 
 


- 89 - 
14- MA’RUZA 
ISSIQLIK IZOLYATSIYA VA AKUSTIK MATERIALLARINING ASOSIY 
XOSSALARI. NOORGANIK VA ORGANIK ISSIQLIK IZOLYATSIYA 
MATERIALLARI 
Reja: 
1.
Umumiy ma’lumotlar
2.
Issiqlik izolyasiyasi materiallarining asosiy xossalari.
 
1.
Umumiy ma’lumotlar 
Issiqlik izolyasiyasi materiallari turar joy va madaniy-maishiy binolarni, texnologik 
uskunalarni, quvurlarni, sovutish va isitish xonalari va jixozlarini issiqlik va sovuqlik ta’siridan 
izolyasiyalashda ishlatiladi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,175 Vt/(m
.0
S) dan yuqori 
bo‘lmagan (25
0
S haroratda) qurilish materiallari issiqlik izolyasiyasi materiallari deyiladi.
Bino va konstruksiyalarni issiqlik izolyasiyasi katta miqdordagi issiqlik energiyasini tejaydi. 
Bundan tashqari bino devorlari qalinligi, konstruksiyalarning xususiy massasi ham mutanosib 
ravishda kamayadi.Qurilish tizimida 1t samarali issiqlik izolyasiyasi materiallarini ishlatish 200t 
atrofida shartli Yoqilg‘ini tejashi mumkin. Issiqlik va sovuqlik agregatlarini izolyasiyalash issiqlik 
va sovuqlikni Yo‘qotilishini 20-50% kamaytiradi.
Binoning tashqi devorini issiqlik izolyasiyasi uchun 1 m
2
ga 0,64 m
3
pishiq g‘isht Yoki 0,32 
m
3
keramzit betoni, 0,14 m
3
fibrolit, 0,1 m
3
mineral paxta plitalari va 0,04m
3
poroplastlar talab 
etiladi. Issiqlik va sovuqdan izolyasiyalash, ayniqsa, quruq issiq iqlim sharoitli Markaziy Osiyo, 
xususan O‘zbekiston xududida katta ahamiyatga egadir. CHunki, Yozning jazirama kunlarida havo 
harorati 42-48
0
S atrofida, qishda esa- 20-30
0
S haroratgacha sovuq bo‘lishi bino, konstruksiyalar va 
agregatlarni samarali va ishonchli issiqlik izolyasiyasi materiallari bilan izolyasiyalashni taqazo 
etadi.
Issiqlik izolyasiyasi kompozitsion materiallarni ilmiy-tadqiqot etishda, ishlab chiqarish 
texnologiyalarini yaratishda A.I.Jilin, V.A.Kitaysev, K.E.Goryaynev, YU.P. Gorlov, A,P. Merkin 
va boshqalar katta hissa qo‘shdilar.
Issiqlik izolyasiyasi materiallari asosiy xom ashyoning turi, strukturasi, shakli, bog‘lovchining 
mavjudligi, Yonuvchanligi, o‘rtacha zichligi va issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti bo‘yicha 
klassifikatsiyalanadi.
Asosiy xom ashyoning turiga nisbatan issiqlik izolyasiyasi materiallari quyidagicha 
klassifikatsiyalanadi: mineral xom ashyo (tog‘ jinslari, shlak, kullar, shisha, asbest) asosida 
olinadigan noorganik materiallar; organik xom ashyo (Yog‘och chiqindilari, lignin, polimerlar va 
boshq.) asosida olinadigan organik materiallar.
Strukturasi bo‘yicha issiqlik izolyasiyasi materiallari tolali (mineral tolali, Yog‘och tolali), donador 
(perlit, vermikulit, shisha va plastmassa sferalari), g‘ovak (ko‘pikplast, ko‘pikshisha, yacheykali 
betonlar) materiallarga bo‘linadi.
SHakli va tashqi ko‘rinishiga nisbatan issiqlik izolyasiyasi materiallari donali qattiq (plita, qobiq, 
segment, g‘isht, silindr) va egiluvchan (mato, shnur, eshilgan bog‘liqlar, polimer tolalar), yumshoq 
(paxta, jun, qamish momig‘i, nitron tolali paxta) va sochiluvchan (perlit, vermikulit) materiallarga 
bo‘linadi.
O‘rtacha zichligi bo‘yicha issiqlik izolyasiyasi materiallari (kg/m
3
): D 15, D25, D35, D50, 
D100, D125, D150, D175, D200, D250, D300, D400, D500, D600 markalarga bo‘linadi.
Bikrligiga nisbatan issiqlik izolyasiyasi materiallari yumshoq (M) (mineral va shisha paxta, bazalt 
tolali paxta), yarim bikr (P) (shisha tolali plitalar, polimer shtapellar), bikr (J) (mineral paxta 
plitalari), yuqori bikr (PJ), qattiq (T) materiallar bo‘ladi.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik bo‘yicha issiqlik izolyasiyasi materiallari quyidagicha klassifikatsiyalanadi: 
A-issiqlik o‘tkazuvchanligi past-0,06 Vt/(m
.0
S) gacha, B-issiqlik o‘tkazuvchanligi o‘rtacha-0,06-
0,115 Vt/(m
.0
S)gacha.


- 90 - 
Ishlatish sohasiga nisbatan issiqlik izolyasiyasi materiallari qurilish konstruksiyalarni (binolar) 
izolyasiyalash, sanoat asbobuskunalari va truboprovodlarni izolyasiyalash materiallariga bo‘linadi.
Yonuvchanligiga qarab issiqlik izolyasiyasi materiallari Yonmaydigan, qiyin Yonadigan va 
Yonadigan materiallarga bo‘linadi.
Qurilish materiallarini hisoblash uchun issiqlik o‘tkazuvchanligi “Qurilish issiqlik 
texnikasi”qurilish me’Yorlari va qoidalar (QMQ) ilovasi asosida Yoki tajribalar natijasiga ko‘ra 
turli asboblar Yordamida o‘lchab aniqlanadi. Materialning qalinligi (d) va issiq o‘tkazuvchanlik 
koeffitsienti ( ) ma’lum bo‘lsa, to‘suvchi buyum va konstruksiyalarning termik qarshiligini (R) 
aniqlash mumkin.
Issiqlik izolyasiyasi materiallari tayyorlashda quyidagi usullarda g‘ovaklik hosil qiladi: gaz ajratib 
va ko‘pirtirilib; ko‘p miqdorda suv kiritilib va bug‘latib; Yonishi natijasida g‘ovak hosil qiluvchi 
qo‘shimchalar kiritib; tolasimon karkas hosil qilish va boshqalar. Material strukturasini tashkil 
etuvchi devorlar qanchalik yupqa va g‘ovaklar mayda bo‘lsa, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 
shunchalik kam bo‘ladi.
Material strukturasida Yopiq g‘ovaklarning ko‘p bo‘lishi, ochiq g‘ovaklar va kanallarning kam 
bo‘lishi issiqlik izolyasiyalash xususiyatini yaxshilaydi.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish