- 1 -
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
“Tasdiqlayman”
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
_______ G’.G’. Egamnazarov
«____»_________2021 yil
“QURILISH MATERIALLARI VA BUYUMLARI”
FANIDAN
O’ Q U V –U S L U B I Y M A J M U A
Bilim sohasi:
300 000
Ishlab chiqarish texinika sohasi
Ta’lim sohasi:
340 000
Arxitektura va qurilish
Ta’lim yo‘nalishi:
5340400
Muhandislik kommunikatsiyalarini
qurilishi va
montaji (turlari bo`yicha)
JIZZAX – 2021
- 3 -
MUNDARIJA
T.s
Nomlanishi
Sahifasi
1
Kirish
2
Ma’ruzalar
matni
3
Laboratoriya mashg’ulotlarni o’tkazish bo’yicha uslubiy
qo’llanma
4
Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va
baholashga doir uslubiy ko’rsatmalar
5
Referat mavzulari ro’yxati
6
Glossariy
7
Fanning o’quv dasturi
8
Fan bo’yicha ishchi o’quv dasturi
9
Tarqatma materiallar
10 Nazorat savollari
11 Test savollari
12 Baholash tartibi va
mezonlari
13 Adabiyotlar ro’yxati
14 Muallif haqida ma’lumot
- 4 -
KIRISH
Ushbu o‘quv uslubiy majmuada “Qurilish materiallari va buyumlari” fanining mazmuni,
predmeti va metodi, mohiyati,
uning maqsadi va vazifalari, ilmiy-texnik rivojlanishning asosiy
Yo‘nalishlari, sanoat chiqindilarining atrof muhitga ta’siri, qurilish materiallari ishlab chiqarishdagi
nazariy asoslari va shu kabi mavzular uzviylik va uzluksizlik nuqtai-nazaridan mantiqiy ketma-
ketlikda o‘z aksini topgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli
Farmoniga
asosan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor Yo‘nalishi
bo‘yicha tasdiqlangan “Harakatlar strategiyasi”da qurilish materiallari va buyumlarining yangi
zamonaviy turlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish , eng avvalo, mahalliy xom ashyolardan
foydalanib arzon va sifatli uy- joylar barpo etish belgilangan.
Ushbu fan jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichi iqtisodiy jarayonlarini boshqarishda
yangicha Yondashuvlarni amalga oshirish, makro va mikro darajada samarali
iqtisodiy siyosatni
yuritish hamda iqtisodiyot tarmoqlarida xo‘jalik yuritishning zamonaviy mexanizmlarini tadbiq
etishni taqazo etadi.
Iqtisodiyot tarmoqlarida moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining barqarorlik darajasi turlicha
bo‘lganligi uchun ularda iqtisodiy jarayonlarning amal qilish mexanizmlari ham turlicha bo‘ladi.
Shuning uchun ushbu fan har bir tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib,
mavjud
resurslardan foydalanishning samarali mexanizmlarini joriy etish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari
asosida isloh qilish jarayonlarining mohiyatini tushunishda talabalarni zarur bo‘lgan bilimlar bilan
qurollantiradi.
“Qurilish materiallari va buyumlari” fanning o‘qitishdan maqsad –talabalarga chuqur
Yo‘naltirilgan bilim berish. Ular ushbu fandan quyidagilarni o‘zlashtirishlari zarur: qurilish
materiallari va buyumlari ishlab chiqarish amaliyoti, uni takomillashtirish
hamda rivojlanish
bosqichlari; yangi qurilish materiallariga Yo‘naltirilgan investitsiyalar samaradorligi; ilg‘or xorijiy
ishlab chiqarish texnologiya va tajribalari kabi ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
Fanning vazifasi –qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarishning usullari, tashkil
etish usullari va ularni loyihalash hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash to‘g‘risida umumiy
tasavvur
berilishi, ishlab chiqarishni ilmiy tajribalarga asoslangan bog‘lanishlari va qonuniyatlari
to‘g‘risida asosiy nazariy tushunchalar berishdir.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi: