Qurilish materiallari va buyumlari


Qurilish materiallarining qurilishdagi ahamiyati va xom ashyo bazasi



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/119
Sana20.06.2022
Hajmi2,2 Mb.
#680245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
Bog'liq
2 5199583182013337775

 1. Qurilish materiallarining qurilishdagi ahamiyati va xom ashyo bazasi
O‘zbekiston Respublikasida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilinishi ta’lim tizimini qayta 
isloh etishni taqozo etadi.
Respublikamiz qurilish kompleksiga yuqori malakali Yosh kadrlarni yetkazib berish shu 
kunning dolzarb masalasidir. Ma’lumki, qurilish industriyasini rivojlantirish, ya’ni yangi qurilish 
materiallari, buyumlari va konstruksiyalarni ishlab chiqarish bilan qurilish tizimini tubdan 
o‘zgartirish mumkin.
Qurilish tizimiga ajratilgan mablag‘ning 50% ortig‘i qurilish buyum va konstruksiyalarni 
ishlab chiqarishga sarflanadi. Zamonaviy qurilish bino va inshootlarini yangi turdagi qurilish 
materiallarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu sababli bo‘lajak qurilish mutaxassisi qurilish 
materiallari va buyumlari to‘g‘risida to‘la-to‘kis bilimga ega bo‘lish zarur.
Qurilish materialshunosligi o‘ziga xos tarixga ega. Eng qadimgi va juda keng tarqalgan giltuproq 
asosidagi qurilish materiallari insoniyat tarixining ilk davridayoq ishlatilgan. Giltuproqdan 
pishirilgan g‘isht ishlab chiqarish tarixi 5-6 ming yilga teng.
Bino va inshootlarni tabiiy tosh materiallaridan qurish antik dunyo tarixi bilan bog‘langan. 
Misr Piramidalari, Buyuk Xitoy Devori, Rim Kolizeyi bunga yaqqol misol bo‘ladi.
Tabiiy toshlarni maydalab, pishirib ohak, ganch, gips va sh.k. mineral bog‘lovchilar ishlab 
chiqarish texnologiyasi bir necha ming yil avval yaratilgan.
Shaxrisabz, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent kabi tarixiy shaharlarimiz qurilishiga nazar 
tashlasak shoh saroylari, madrasa va masjidlar, qal’a devorlari, suv inshootlari tabiiy toshlardan, 
pishiq g‘ishtdan qorishmalar asosida terilib barpo etilganini ko‘ramiz. Bu shaharlardagi binolarda 
sirlangan sopol buyumlar X-XII asrlardan keyin ishlatilgan. Kulollar giltuproqdan turli o‘lchamdagi 
va shakldagi sirlangan va sirlanmagan plitkalar, terrakotalar, koshinlar, muqarnaslar, burmalar va 
sh.k. bezak materiallarni ishlab chiqarganlar va binolarni bezatishda ishlatganlar.
Toshtaroshlar granit, marmar, ohaktosh va xarsang toshlarni taroshlab shakl berib bino va 
inshootlarni bezatishda, suv va namlik ta’sir etadigan qismlarida ishlatganlar. qadimdan qurilishda 
Yog‘och materiallar sifatida eman, qarag‘ay, pixta, qayin, dub, buk, yasen, Markaziy Osiyoda esa 
terak, qayrag‘och, archa, Yong‘oq, tut, tol kabilar ishlatilgan. Yog‘och sinchli binolar zilzilaga 
bardoshliligi bilan ajralib turadi. Yog‘ochga o‘ymakorlik usulida ishlangan ustunlar, bag‘dodi 
eshiklar, muqarnaslar, karnizlar, pillapoyalar xozirga qadar arxitektura obidalarini bezatib turibdi.
Bino va inshootlarni bezashda lok-bo‘yoqlardan foydalanish tarixi miloddan avvalgi 
asrlarga tegishli. Rang beruvchi pigmentlar sifatida turli minerallar, o‘simliklar kuli, bog‘lovchi 
sifatida esa, tabiiy o‘simlik yog‘lari ishlatilgan. Qadimgi Afrosiyob, Varaxsha, Xolichayon kabi 
tarixiy Yodgorliklarimiz devorlariga ishlangan rasmlar bunga yaqqol misoldir.
Tarixiy binolarni bezashda ishlatilgan ganch o‘ymakorligi alohida e’tiborga sazovor. Ganch 
o‘ymakorligi asosida devor, ship, pillapoyalar, gumbazlar bezatilgan.
Qurilish materiallari tarixida portlandsement va u asosida yaratilgan og‘ir va yyengil 
betonlar alohida o‘rin tutadi. Bu materiallarni qurilish industriyasining asosiy mahsulotlari deb 
atash mumkin.
Mahalliy hom ashyodan qurilish materiallari ishlab chiqarish qurilish industriyasining asosiy 
vazifasi hisoblanadi. Bunda mahsulot tannarxi keskin pasayadi.


- 7 - 
Qurilishni mukammallashtirish va tezlatish, zamonaviy qurilish materiallarini ko‘plab ishlab 
chiqarishni taqazo etadi. Polimerlar asosidagi materiallar, shisha buyumlar, lok-bo‘yoqlar, 
kompozitsion materiallar shular jumlasidandir.
Qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarishda sanoat va qishloq xo‘jaligi 
chiqindilarini ishlatish ularning tannarxini pasaytiradi va ekologik muhitni barpo etadi.
Qurilish 
materialshunosligi 
fanining 
rivojlanishiga 
A.Baykov, 
YU.Bajenov, 
P.Zemyatchenskiy, V.Kind, V.Solomatov, I.Rыbev, S.Baybolov, Y.SHtark, B.Skramtaev, 
A.Gluxovskiy, E.Qosimov kabi olimlar katta hissa qo‘shdilar.
O‘zbekiston qurilish va qurilish industriyasini rivojlantirishda chet ellar bilan mustahkam aloqa 
o‘rnatgan. Turkiyaning “Aysel” kompaniyasi, Germaniyaning “Knauf” korporatsiyasi, AQSHning 
“Armstrong” firmasi shular jumlasidandir.
Qurilish materialshunosligining dolzarb masalalariga yuqori sifatli, tannarxi arzon, mustahkam, 
uzoq muddat xizmat qiluvchi, mahalliy xom ashyo zaminida ishlab chiqarilgan buyumlar, qismlar, 
konstruksiyalarni tayyorlash va ishlatish sohalarini belgilash kiradi.
Yer yuzida energiya resurslarining kamayib borishi binolar qurilishida energiya 
samaradorligini keskin oshirishni taqozo etadi.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan energiyaning deyarli 50 foizi Yoki yiliga 17 million tonna 
neft ekvivalenti aynan binolarning energiya iste’moliga to‘g‘ri keladi. Shunga mutanosib ravishda 
parnik gazlarining 40 foizi binolarga xos jarayonlardir. Bu soha O‘zR “Davarxitektqurilish” 
qo‘mitasi, Birlashgan millatlar tashkilotining rivojlantirish Dasturi va Global ekologik fond bilan 
hamkorlikda binolar energiya samaradorligi muammolari sohasida ustuvor Dasturlarni bajarmoqda. 
Jumladan, turar joy, jamoat (maktablar, bog‘chalar, shifoxonalar va sh.k.) binolarni energiya 
samaradorligi dasturlaridir. Ushbu Dasturlarni bajarish uchun Arxitektura qurilish sohasidagi Oliy 
ta’lim muassasalari, loyiha ilmiy tadqiqot institutlari va qurilish tashkilotlari jalb etilgan.
Eneriya samaradorlikda asosiy mezon sifatida qurilish materiallari va buyumlarini binolar 
qurilishida ishlatilishini belgilash mumkin.
Ushbu 
muammoning 
asosiy 
yechimlaridan 
biri 
issiqlik 
izolyatsiyasi 
materiallarini 
mukammallashtirish, fizik-mexanik, issiqlik-fizik va eksputatsiya xossalarini keskin yaxshilar, 
yangi turlarini ishlab chiqarish talab etiladi.
Qurilish materiallari ishlab chiqishda kam energiya sarflash muammosi yechimi ham 
energiyani tejashning asosiy omili hisoblanadi.
Global muammoning yechimida bo‘lajak arxitektor va quruvchilarni talabalik davridan 
e’tiboran energiya samarador loyihalar yaratishga yo‘naltirish yaxshi natijalar beradi.
Binolar qurilishida va eskilarini qayta qurishda energoaudit institutini kiritish davr talabiga 
aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Birlashgan millatlar 
tashkilotining rivojlanish Dasturi va Global ekologik fondning “Sotsial ob’ektlarining energiya 
samaradorligini oshirish” mavzusidagi qo‘shma loyihasi asosida KMK 2.08.05-97, KMK
2.01.04-97, SHNK 2.08.02-09, KMK 2.01.18-2000, KMK 2.04.05-97, KMK 2.03.10-95 va KMK 
2.08.04-04 kabi meyoriy xujjatlarga energiyani tejash bo‘yicha majburiy talablar qo‘yildi.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish