- 86 -
Bog‘lovchilar organik va mineral strukturali bog‘lovchi moddalarga bo‘linadi. Hosil bo‘lishi
jihatidan bog‘lovchi moddalar tabiiy va sintetik turlarga ajratiladi.
Organik bog‘lovchi moddalarga tabiiy va yarim tabiiy oliflar, Yog‘och va hayvonlardan
olingan elimlar, polimerlar va boshqalar, noorganik bog‘lovchilarga ohak, sement, suyuq shisha va
sh.k. kiradi. Bo‘Yoq tarkiblarning asosiy fizik-mexanik, kimyoviy va texnologik xossalari
bog‘lovchi moddalarning turi va xossalariga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Moyli bo‘yoq tarkiblar uchun bog‘lovchilarga
quriydigan o‘simlik moylari, mineral
moylar, sintetik polimerlar va moy loklari kiradi. Moyli bog‘lovchilardan hosil bo‘lgan parda
qatlamlari ko‘pi bilan 24 soatgacha to‘la qurishi talab etiladi.
Oliflar.
Oliflar tabiiy (natural) bog‘lovchi modda bo‘lib, zig‘ir, kanop kabi o‘simliklar
moylariga maxsus ishlov berib olinadi. Olif atmosferadan kislorodni biriktirib qurish, ya’ni qotish
xususiyatiga ega. Oliflarning qotish jarayonini tezlashtirish uchun tarkibiga sikkativlar qo‘shiladi.
Tabiiy oliflar juda mustahkam, namlikka va agressiv muhitlarga chidamli qoplama pardalar
hosil qiladi. Ular metall, Yog‘och, gips va sementli qorishmalar bilan suvalgan devor yuzalarni
bo‘yash uchun sifatli tarkiblar tayyorlashda ishlatiladi. O‘simlik moylarini tejash maqsadida tabiiy
oliflar asosida yarim tabiiy oliflar tayyorlanadi. Tarkibida 55% o‘simlik moyi va 45% uayt-spirt
(texnik kerosin) bo‘lgan “Oksol” olifi va 70% o‘simlik moyi va 30% uayt-spirt bo‘lgan
kombinatsiyalashgan oliflar ishlab chiqariladi. YArim tabiiy oliflar qurigach yupqaroq, kuchli
yaltiraydigan, mustahkam, ammo ob-havo sharoitiga nisbatan chidamsiz qoplamalar hosil qiladi.
Ular normal quyuq-suyuqlikdagi moyli bo‘Yoqlar olishda ishlatiladi. Tayyorlangan bo‘Yoq
tarkiblari metall, Yog‘och, suvoq yuzalarni bezashda qo‘llaniladi. Sun’iy (kombinatsiyalashgan)
oliflar o‘simlik moylari qo‘shilmasdan Yoki 35% gacha qo‘shilib neft va boshqa organik xom
ashyolar asosida olinadi.
Sun’iy oliflarga gliftalli, pentaftalli, perxlorvinilli va boshqa oliflar kiradi. Gliftalli oliflar
zig‘ir moyi, ftalli angidrid va glitsirinni harorat bilan ishlov berish natijasida olinadi. Sun’iy oliflar
ob-havo ta’siriga nisbatan chidamsiz va rangi qoramtir bo‘ladi. Ular asosida xona ichida
ishlatiladigan metall, Yog‘och va suvoq yuzalarni bezashga yaroqli bo‘Yoq tarkiblari tayyorlashda
qo‘llaniladi.
Moyli loklar tabiiy va
sun’iy smolalarni
erituvchilar va sikkativlar qo‘shilgan
o‘simlik moylarida eritib olinadi. Bunda erituvchilar loklarga zarur bo‘lgan konsistensiyani
ta’minlaydi.
Moyli loklar atmosfera muhiti ta’siriga chidamli bo‘lgan bo‘Yoq tarkiblarni tayyorlashda
ishlatiladi. Moyli bo‘Yoq tarkiblar olishda sintetik bog‘lovchilarni ishlatilishi o‘simlik moylarini
tejaydi va ularga yangi xossalar beradi. Sintetik bog‘lovchilarga turli polimer materiallar kiradi.
Polimer bog‘lovchilar asosida loklar, emallar, pastalar, mastikalar, suvli dispersiyalar olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: