Qurilish materiallari va buyumlari



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/119
Sana20.06.2022
Hajmi2,2 Mb.
#680245
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   119
Bog'liq
2 5199583182013337775

 
 
Bitumli va qatronli bog‘lovchilar bino va inshootlar qurilishida qadimdan ishlatib kelingan. 
Tabiiy bitum va qatronlar binolarning er osti qismini, Yog‘och konstruksiyalarni gidroizolyasiya 
qilishda, bandargohlar inshootlarini dengiz sho‘r suvlaridan himoyalashda va boshqa joylarda 
ishlatilgan. Bunday bog‘lovchilar ishlatilgan joylar Misr, Vavilon, Gretsiya, Markaziy Osiyo 
qadimgi shaharlarida arxeologlar tomonidan topilgan. XIX asr o‘rtalaridan boshlab neft qazib 
chiqarish rivojlangach, neft bitumlari olish va ular asosida turli qurilish materiallari ishlab chiqarish 
kengaygan.
Bitumli materiallarga tabiiy bitumlar, asfalt jinslari, neft (sun’iy) bitumlari va gudron kiradi.
Tabiiy bitumlar
-qovushoq suyuqlik Yoki qattiq moddalar bo‘lib, uglevodorod birikmalari 
va nometall hosilalar aralashmalaridan iboratdir.
Tabiiy bitumlar neftni er qatlamlarida tabiiy oksidlanishi (polimerlanishi) natijasida hosil bo‘lgan; 
rangi qora Yoki to‘q jigar rang bo‘ladi. Ular neft konlari atrofida toza holda er osti ko‘llari va 
linzalari sifatida hamda ko‘p xollarda cho‘kindi tog‘ jinslariga (ohaktoshlar, qumtoshlar) shimilgan 
holatda uchraydi. Tabiiy bitum kamchil va narxi qimmat bo‘lgani uchun qurilishda bitum loklari 
sifatida ishlatilishi mumkin.
Asfalt jinslari-
tabiiy bitum shimilgan g‘ovak tog‘ jinslaridir (ohaktosh, dolomitlar, 
qumtoshlar va boshqalar). Tarkibida 5-20% bitum bo‘lgan tog‘ jinslaridan turli usullar vositasida 
bitum ajratib olinadi Yoki jinslar maydalanib asfalt kukuni ko‘rinishida qorishmalar va betonlar 
tayyorlashda ishlatiladi. Bitum asfalt jinslardan qaynoq suvda eritib Yoki benzol, xloroform, 
skipidar, uglerod sulfidi kabi organik erituvchilar bilan ishlov berib olinadi.
Neft (sun’iy) bitumlari
-neft xom ashyosini organik sintez jarayonidan hosil bo‘ladigan 
mahsulotlardir. Neftni qayta ishlash texnologiyasiga qarab bitumlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 
neftdan (gudrondan) benzin, kerosin va moylar haydash Yo‘li bilan olingan qoldiq bitumlar; 
gudronga maxsus apparatlarda havo puflab (oksidlab) olingan oksidlangan bitumlar; neft va neft 
moylarini yuqori haroratda krekinglanishi (parchalanishi) natijasida hosil bo‘lgan kreking bitumlar.
Gudron
-neftdan olingan mazut tarkibidan moyli fraksiyalarni haydash nitijasida hosil 
bo‘lgan qoldiq mahsulot. Gudron bitum olishda asosiy xom ashyo vazifasini o‘taydi Yoki mustaqil 
ravishda Yo‘l qurilishida ishlatiladigan qorishma va betonlar tayyorlashda bog‘lovchi sifatida 
qo‘llaniladi.
Qatron materiallarga toshko‘mir, Yog‘och, torf, Yonuvchi slanets kabilarni havosiz muhitda 
quruq haydash natijasida hosil bo‘lgan qatronlar va peklar kiradi.
Bitum va qatronlar asosidagi gidroizolyasiya va kompozitsion materiallar turarjoy, sanoat, 
gidrotexnik inshootlar, avtomobil va aerodromlar qurilishida keng miqYosda ishlatiladi.
Bitum va qatronlar polimerlar bilan aralash bog‘lovchilar va ular asosida kompozitsion 
materiallar tayyorlashda ishlatib kelinmoqda.
Ular tarkibiga rezina, dispers armaturalovchilar va boshqa modifikatorlar kiritib xossalarini 
yaxshilash mumkin.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish