Kimyoviy xossalar.
Bitum asosidagi materiallar 45% gacha konsentratsiyali ishqorlarga,
fosfor kislotalariga (85% gacha), sulfat kislotalariga (50% gacha), xlorid kislotasiga (25% gacha) va
uksus kislotasiga (10% gacha) chidamli bo‘ladi.
Azot oksidlari ko‘p bo‘lgan muhitlarda bitumli materiallar chidamsiz bo‘ladi. Bitumli
materiallarning agressiv muhitlarga chidamliligi ular asosida temirbeton, metall, Yog‘och va boshqa
turdagi konstruksiyalarni gidroizolyasiya qilishda muxim axamiyatga egadir.
Fizik-mexanik xossalar.
Bitumlarning sifati va ishlatilish sohalari qovushoqligi (qattiqligi),
cho‘ziluvchanligi kabi xossalariga bog‘liq bo‘ladi.
Bitumning qovushoqligi penetrometr asbobi Yordamida ignaning botish chuqurligi bilan o‘lchanadi.
YUk ostidagi ignaning botish chuqurligi (0,1 mm aniqlikda) qancha katta bo‘lsa, bitumning
qovushoqligi shunchalik kichik bo‘ladi va bitum yumshoq markadagi bitum hisoblanadi.
Bitumning yumshash harorati “halqa va shar” asbobi Yordamida aniqlanadi. Bu usulda
halqa ichiga to‘ldirilgan bitum ustiga qo‘yilgan shar idishdagi suv isitilishi natijasida xususiy
massasi ta’sirida halqa ichidan o‘tadi; aynan ushbu holatda belgilangan suvning harorati bitumning
yumshash haroratini bildiradi.
Bitumning cho‘ziluvchanligi duktilometr asbobida aniqlanadi. Bitumdan tayyorlangan
namunaning (“sakkiz” shaklida) 25
0
S haroratda uzilish paytigacha cho‘zilishi uzunligi (sm
hisobida) bitumning cho‘ziluvchanlik ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Bitumning chaqnash harorati bitum maxsus asbobda qizdirilganda muayyan haroratda o‘z-
o‘zidan alangalanishi bilan belgilanadi. CHaqnash harorati bitum asosida kompozitsion materiallar
tayyorlash texnologik jarayonlarida parametrlarni aniqlash uchun ahamiyatga ega.
Bitumga marka qovushoqligi, yumshash harorati va cho‘ziluvchanligiga qarab beriladi. Uning
markasiga nisbatan ishlatilish sohasi aniqlanadi. Ishlatilish sohasiga nisbatan bitumlar qurilish,
tombop va Yo‘l qurilishi turlariga bo‘linadi.
Neft bitumlarining asosiy fizik-mexanik xossalari 22.1 jadvalda berilgan.
Neft bitumlari Yog‘och bochkalarda, bidonlarda, faner Yoki metall-faner barabanlarda, qog‘oz
qoplarda tashiladi. Katta miqdordagi bitumlar isitish qurilmalari bilan jixozlangan temir Yo‘l
sisternalarida Yoki platformalarda tashiladi. Bitumlar maxsus Yopiq omborxonalarda Yoki quYosh
nuri va Yog‘in-sochindan himoyalangan bostirmalarda saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |