Qurilish materiallari va buyumlari


Injenerlik inshootlari uchun buyum va konstruksiyalar



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/119
Sana20.06.2022
Hajmi2,2 Mb.
#680245
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   119
Bog'liq
2 5199583182013337775

 Injenerlik inshootlari uchun buyum va konstruksiyalar 
 
Yig‘ma temirbeton buyum va konstruksiyalar transport, qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi va 
melioratsiya, gidrotexnik inshootlar va boshqa maxsus qurilish tizimlarida keng miqYosda 
ishlatiladi.
Transport qurilishida
temirbeton temir Yo‘llar, avtomobil Yo‘llari va aerodromlar barpo 
etishda ishlatiladi. TemirYo‘l, metropoliten va avtomobil Yo‘llari qurilishida ko‘prik 
konstruksiyalari, shpallar, elektr uzatish tarmoqlarining tayanchlari, katta diametrdagi quvurlar, 
akveduklar, tyubinglar va boshqa temirbeton buyumlar va konstruksiyalar ishlatiladi. Bu tizimda 
M300-M500 markali og‘ir betonlar qo‘llaniladi. Temirbeton konstruksiyalarni tayyorlashda 
sterjenli Yoki o‘rilgan yuqori mustahkamlikdagi po‘lat armaturalar avvaldan taranglangan holda 
ishlatiladi.
Bunday konstruksiyalar zich, suv o‘tkazmaydigan, sovuqqa, quruq issiq iqlim sharoitiga 
chidamli bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Avtomobil Yo‘llari va aerodromlar qurilishida yuqori mustahkamlikdagi temirbeton qoplama 
plitalar, bordyurlar va tratuar plitalari ishlatiladi.
Qishloq xo‘jalik inshootlari
-silos chuqurlari, minoralar va transheyalar, uzumzor tayanchlari, 
molxonalar maxsus buyumlari, teplitsa karkaslari va boshqalar M200-M300 markali betonlardan 
tayyorlanadi. Ishlab chiqarish binolari, omborxonalar qurilishida sanoat binolarida ishlatiladigan 
beton va temirbeton buyum va konstruksiyalar ishlatiladi.
Gidrotexnik inshootlar 
qurilishida temirbeton plitalar, to‘sinlar, qobiqlar, yuqori diametrdagi 
quvurlar, svaylar va boshqa konstruksiyalar ishlatiladi. Ular M200-M500 markali og‘ir betonlardan 
armatura karkaslari va to‘rlari bilan armaturalangan holda qo‘llaniladi. Bunday konstruksiyalarga 
suv o‘tkazmaslik va sovuqqa chidamlilik bo‘yicha yuqori talablar qo‘yilgan.
Gidromelioratsiya qurilishida
temirbetondan suv ta’minoti va kollektor tizimi quvurlari, 
yig‘ma quduq, kanal qoplama plitalari, sug‘orish lotoklari va boshqalar tayyorlanadi. Temirbeton 
quvurlar bosimli va bosimsiz turlarga bo‘linadi. Bosimsiz quvurlar kanalizatsiya va kollektor 
tarmoqlarida ishlatiladi. Quvurlarning diametri 300-1200 mm. Ular M300 va undan yuqori markali 
betonlardan tayyorlanadi va suv o‘tkazmaslik va korroziyaga chidamlilik bo‘yicha yuqori talablar 
qo‘yiladi. 
Yuqori bosimda (W6-W12) ishlaydigan quvurlar avvaldan taranglangan armaturalar va to‘rlar 
bilan armaturalangan bo‘ladi. Ular yuqori bosim ostida ishlaydigan suv uzatish tizimlarini barpo 
etishda ishlatiladi.
Turli maqsadlarda ishlatiladigan temirbeton buyum va konstruksiyalarga yig‘ma devor, elektr 
tarmog‘i tayanchlari, ariq lotoklari va shu kabilar kiradi. Ular M200-M300 markali betonlardan 
tayyorlanadi, sovuqqa chidamliligi /150-/200.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish