Qurilish materiallari va buyumlari


Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar ishlab chiqarish



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/119
Sana20.06.2022
Hajmi2,2 Mb.
#680245
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   119
Bog'liq
2 5199583182013337775

3. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar ishlab chiqarish 
Y
ig‘ma temirbeton konstruksiyalar ishlab chiqarish quyidagi asosiy texnologik jarayonlardan 
iborat: beton qorishmasini tayyorlash, armatura tayyorlash, qolip tayyorlash, konstruksiyani 
armaturalash, qoliplash, issiqlik bilan qayta ishlash, konstruksiya yuzasini pardozlash, 
omborxonalarga joylashtirish.
Beton qorishmasini tayyorlash. 
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar ishlab chiqarish 
zavodlarida beton qorishmasi bevosita beton qorish sexida tayyorlanadi. Beton qorish texnologiyasi 
mukammal ravishda 8 bobda berilgan.
Armatura tayyorlash.
Armatura sexida armatura karkaslari va to‘rlari maxsus payvandlash 
uskunalari vositasida tayyorlanadi. Sexda armatura sterjenlari va simlari kalavalar va o‘ramlarni 
maxsus stanoklarda metall zaklardan, zanglardan tozalanadi, to‘g‘rilanadi, kerakli uzunlikda 
qirqiladi. Alohida sterjenlar ko‘p nuqtali payvandlash uskunalarida kontakt usulida payvandlab 
armatura karkaslari va to‘rlari tayyorlanadi.
Armatura karkaslari va to‘rlari zavodning qoliplash sexiga yuboriladi.


- 56 - 
Armaturalarni avvaldan taranglash qoliplash sexida maxsus stendlar va qoliplarda gidravlik 
domkratlar Yordamida Yoki elektrotermomexanik usulda beton quyilmasdan oldin amalga 
oshiriladi.
Avvaldan taranglangan armaturalar stend Yoki qolipning chekka qismiga moslamalar 
Yordamida maxkamlanadi. Beton qotib siqilishdagi mustahkamligi 20 MPa dan ortganda 
maxkamlangan armatura bo‘shatiladi.
Buyum va konstruksiyalarni qoliplash.
Qoliplash jarayoni quyidagi asosiy operatsiyalardan 
iborat bo‘ladi: qoliplarni tozalash, yig‘ish va moylash, qolipga armaturani joylashtirish, qolipga 
beton qorishmasi quyish va zichlashtirish.
Temirbeton buyum va konstruksiyalarning sifati qolip o‘lchamlari aniqligiga va bikrligiga 
bog‘liq bo‘ladi. Qoliplar odatda po‘lat listlardan tayyorlanadi, xususiy hollarda boshqa metallar 
qotishmalaridan tayyorlanishi mumkin. Hozirgi vaqtda qoliplar plastik va shishaplastik listlar 
asosida tayyorlanmoqda. Misol tariqasida Germaniyaning “Pashal” Verke LTD firmasi plastik 
qoliplarini keltirish mumkin. Kam foydalaniladigan qoliplarni, yuza tomonini suv yuqtirmaydigan 
moylar surilgan Yog‘och asosida tayyorlash mumkin.
Beton quyishdan avval qoliplar qotgan beton qoldiqlaridan tozalanishi shart. Qolip yig‘ilgach, 
beton qolipga Yopishib qolmasligi uchun maxsus emulsion tarkiblar bilan moylanadi.
Beton qorishmasi qolipga turli betonquygichlar Yordamida quyiladi. Betonquygichning turi 
qoliplanadigan buyum va konstruksiyaning turiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, yuzasi katta plitalar, 
panellar va sh.k. ushbu buyum enini qoplaydigan betonquygich mashinalar vositasida, ensiz buyum 
va konstruksiyalar maxsus shlanglar, badyalar, transporter kabi betonquygichlar Yordamida 
qoliplanadi.
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda quyidagi beton zichlashtirish usullari 
ishlatiladi: titratish, prokatlash, vakuumlash, presslash, shibbalash, sentrifugalash va hokazo. Eng 
ko‘p tarqalgan usul qisqa muddatli titratish bo‘lib, titratish maydonlari katta yuzali buyumlar 
betonini zichlashtirishga imkon beradi.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish