- 21 -
ishqorlar qo’shish orqali ishlab chiqariladi.Gil qismlarini kuydiradigan
harorat ayrim moddalar
masalan feldspar va temir rudasi bilan aralashtirilgan gil bilan hajmi kamaytiriladi. Egiluvchan
shakl berish ayrim moddalarni masalan sulfit-natriyni (0,1-0,3%) qoshish bilan kamaytiriladi1.
Gil tarkibiga dala shpati, temir rudasi, dolomit, magnezit, qumtosh, talk, shisha kukuni, perlit va
boshqalar keramik buyumlarning pishirish haroratini pasaytirish uchun qo‘shiladi.
Keramik buyumlarning kislotaga bardoshliligini oshirish uchun
tarkibiga suyuq shisha va
qum aralashmalari birgalikda qo‘shiladi. Temir, kobalt, xrom, titan va boshqa metallar oksidlari
kiritilib, rangli keramika buyumlari tayyorlanadi.
Keramik buyumlar suv o‘tkazmasligi Yoki yuzasi tekis, chiroyli bo‘lishi uchun yuzasi
glazur Yoki angob bilan qoplanadi (sirlanadi). Glazur 0,1-0,2 mm qalinlikdagi shishasimon
qoplama bo‘lib, pishirish jarayonida keramik materiallarga katta kuch bilan Yopishadi.
Glazurlar shaffof va shaffof emas turli ranglarda bo‘ladi. Glazur kvars qumi, kaolin, dala shpati,
ishqorli va erishqorli metallar aralashmalaridan kukun holatda tayyorlanadi va buyum yuziga
kukun Yoki suspenziya xolatida pishirishdan oldin surtiladi.
Angob oq Yoki rangli gil qorishmasini
buyum yuziga surtilib, pishirib olingan
yaltiramaydigan qoplama bo‘lib, buyumlarning yuza qismi zichligini oshiradi. Angob va keramik
buyumlar xossalari o‘xshash bo‘lishi zarur, aks holda qoplama ko‘chib ketishi mumkin.
3.
Keramik buyumlar xossalari shakli, xom ashyo turi va texnologiyasidan qat’iy nazar ularni
ishlab chiqarish quyidagi asosiy jarayonlardan iborat: xomashyoni qazib olish, xomashyo massasini
tayyorlash, buyumni qoliplash, ularni quritish va pishirish.
Gilni xom ashyo kareridan ekskavatorlar Yordamida ochiq usulda qazib olinadi va temir Yo‘l,
avtomobil Yoki boshqa transportda keramik buyumlar zavodiga tashiladi. Xom ashyoni qazib
olishda
karer gil zaxirasi, qalinligi, joylashish xarakteri aniqlanadi va 1-2 yil avval yuzasi
o‘simliklar, keraksiz jinslardan tozalanadi.
Xom ashyo massasini tayyorlash. Tabiiy holdagi qazib olingan gil keramik buyumlar ishlab
chiqarish uchun yaroqsiz bo‘ladi. Buyum tayyorlash uchun gilning tabiiy tuzilishini buzish, undan
zararli aralashmalarni chiqazib tashlash, yirik aralashmalarni kukunlash, gilni kukunlash va
qo‘shimchalar qo‘shish, barcha komponentlarni quyma massa hosil bo‘lguncha maxsus
mashinalarda (gilni ezg‘ilovchi
tegirmon, parrakli aralashtirgich va sh.k.) aralashtiriladi. Xom ashyo
massasi buyum turi, xom ashyo turi va xossasiga ko‘ra plastik, yarim quruq, bikr, quruq, va ho‘l
(shliker) usullarda tayyorlanadi. Plastik usulda xom ashyo komponentlari tabiiy namlikda yoki
quritilgan bo‘lsa, 18-28% namlikkacha suv aralashtirib tayyorlanadi. Plastik usulda olingan xom
ashyo massasidan g‘isht, keramik tosh, cherepitsa, quvur va boshqa buyumlar tayyorlanadi.
Bikr usulda qoliplash plastik usulning rivojlantirilgan zamonaviy usuli bo‘lib,
xom ashyo
massasi namligi 13-18% bo‘ladi. Buyum vakuum yoki gidravlik presslar vositasida 10-20 MPa
bosimda qoliplanadi. Bu usulda buyumni quritishga energiya sarfi kamayadi, yuqori
mustahkamlikdagi xom qoliplangan buyum tayyorlanadi.
yarim quruq usulda xom ashyo komponentlari quritiladi, bo‘laklanadi, maydalanadi va yaxshilab
aralashtiriladi. Bu usulda keramik buyumlar 812% namlikdagi xom ashyo massasini 15-40 MPa
bosimda presslab tayyorlanadi. Bunda buyum ishlab chiqarish sikli ikki marta qisqaradi, buyum
aniq o‘lchamlarda va qirralari to‘g‘ri holda qoliplanadi va yoqilg‘i 30% tejaladi.
rasm. Keramik g‘isht ishlab chiqarish texnologik sxemasi 1-gil kareri; 2-ekskavator; 3-gil zaxirasi;
4-vagonetka; 5-yashikli
uzatgich; 6-qo‘shimchalar; 7-begunlar; 8-valetslar; 9-lentali press; 10-
keskich; 11-taxlovchi moslama; 12-telejka; 13-quritish xonalari; 14-tunnel pechi; 15-o‘zi yurar
telejka; 16-omborxona.
Gidravlik yoki mexanik press qolipda bir va bir necha buyum presslab olinishi mumkin. Bu
usulda plastik usulda olinadigan hamma buyumlar tayyorlanishi mumkin.
Quruq usul yarim quruq usulning rivojlantirilgan zamonaviy usuli bo‘lib, presskukun 2-6%
namlikda bo‘ladi. Bunda xom ashyo massasidan tayyorlangan buyumni quritishga zarurat
- 22 -
bo‘lmaydi. Bu usulda zich keramik buyumlar-plitkalar, yo‘lka g‘ishtlari, fayans va chinni buyumlar
tayyorlanadi.
Shliker usuli xom ashyo massasi ko‘p komponentli bo‘lganda, notekis tarkibli va qiyin pishadigan
komponentlar bo‘lsa, murakkab shakldagi buyumlarni qoliplashda quyma uslubiyat zarur bo‘lganda
ishlatiladi.
2-rasm. Lentali vakuumli press
1-shnekli val; 2-presslovchi golovka; 3-munshtuk; 4-gilli brus; 5-parrak; 6vakuum-kamera;
7-reshetka; 8-gilni ezg‘ilovchi moslama.
Bunda xom ashyo massasi namligi 40% gacha bo‘ladi. Bu usulda qoplama plitkalar, sanitariya -
texnika buyumlari tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: