Labrodorit-
asosan dala shpati va labrodor mineralidan iborat bo‘lib, gabbroning bir turi
hisoblanadi. U ko‘k, yashil, sariq va boshqa ranglarda bo‘ladi va jilolanganda toblanadi. Labrodorit
koshinlashda, xaykaltaroshlikda ishlatiladi.
Magmatik otqindi tog‘ jinslaridan asosan porfirlar, diabaz, bazalt, andezit va boshqalar qurilishda
ko‘p ishlatiladi.
Porfirlar-
mayda kristalli strukturada nisbatan yirikroq kristallar mavjudligi bilan
xarakterlidir. Ular kvarsli va kvarssiz (dala shpati) xillari mavjud. Kvarsli porfirlar mineral tarkibga
ko‘ra granitga yaqin bo‘lgani uchun uning xossalari granitnikiga o‘xshaydi.
Kvarssiz porfirlar tarkibi jixatidan sienitga o‘xshaydi, ammo xossalari sienitning xossalari kabi
bo‘lmaydi. Porfirlar qizil, qo‘ng‘ir, kul rangida toblanadi, zichligi 2,4-2,5 g/sm
3
, siqilishdagi
mustahkamligi 120-180 MPa.
Ular bezak plitalari, Yo‘l bordyurlari tayyorlashda ishlatiladi.
Andezit-
plagioklaz, rogovaya obmanka, piroksenlar va biotitdan iborat bo‘lib, dioritning
o‘xshashidir. Odatda kulrang, sarg‘ish kulrang bo‘ladi. Uning zichligi 2,7-3,1 g/sm
3
, siqilishdagi
mustahkamligi 140-250 MPa. Andezit kislotaga chidamli plitalar, dispers to‘ldiruvchilar olishda
ishlatiladi.
Bazalt-
zich,goxida porfirsimon strukturaga ega bo‘lib, gabbroning o‘xshashidir. Uning
zichligi 2,7-3,3 g/sm
3
, siqilishdagi mustahkamligi 110500 MPa. Bazalt xarsang tosh, maydalangan
xolatda beton uchun to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Bezaltni yuqori haroratda eritib juda nozik
tolalar va ulardan issiqlikdan izolyaysiyalovchi matolar olish mumkin.
Diabaz-
gabbroning o‘xshashi bo‘lib, mayda kristalli strukturaga ega. Tarkibi plagioklaz va
rangli (qora) minerallardan iborat. Diabaz juda qattiq, mustahkam (300-400 MPa), zich bo‘lgani
uchun yo‘l qurilishida ishlatiladi.
Pemza
-g‘ovak vulkanik shisha oq yoki kulrang bo‘ladi. G‘ovakligi 60%, zichligi 2-2,5
g/sm
3
, o‘rtacha zichligi 0,3-0,9 g/sm
3
, siqilishdagi mustahkamligi 2-4 MPa. Pemza issiqlik
izolyatsiyalovchi xususiyatga ega, undan yyengil betonlar uchun to‘ldiruvchi, sement va ohak
ishlab chiqarishda gidravlik qo‘shimchalar olish mumkin.
Vulqon tufi-
vulqon kuli, pemza va boshqa jinslarning sementlashishi va zichlashishidan
hosil bo‘lgan. Tuflar pushti, to‘q sariq, qizil, jigar rang bo‘ladi. Yetarli g‘ovakligi, mustahkamligi
va chidamliligi ulardan issiqlik izolyatsiyasi materiallari olishga imkon beradi.
Magmatik jinslar Ukraina, Rossiya, Kavkaz yassi tog‘liklarda ko‘plab uchraydi.
- 18 -
Do'stlaringiz bilan baham: |