Qurilish materiallari



Download 11,91 Mb.
bet49/234
Sana03.06.2022
Hajmi11,91 Mb.
#631778
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   234
Bog'liq
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI

Ko'rsatkichlar



Kalsitli ohak navlari

Magnezialli va doloinitli ohak navlari

Gidratli ohak
navlari

1

2

3

1

2

3

1

2

3

Aktiv (CaO+MgO) miqdori



90

80

70

85

75

65

67

60

50

So'nmagan zarrachalar miqdori

7

11

14

10

15

20

-

-

-



Ohakni tashish, saqlash va ishlatish. So'nclirilmagan donador ohak temir yo'l vagonlari va avtosamosvallarda to'kilgan holda tashiladi. Bunda ohakni namlik ta'siridan saqlash zarur. Ohak-pushonka va kukun ohak jips yopiladigan metall konteynerlarda, maxsus polietilen katta qoplarda va bitumlangan yoki yog'langan qog'oz qoplarda tashiladi. Ohak qorishmasi maxsus kuzovli avtosamosvallarda, ohak suti esa avtosistemalarda tashiladi.
Ohak-pushonka qurilish maydonlaridagi omborxonalarda qoplarda qisqa muddat saqlanadi. Ohak-kipelkani qurilish maydonlarida usti yopiq holda uzoq muddat saqlanadi va zarurat bo’lganda ohak qorishmasi tayyprlanadi. Kukun ohakni bir oy saqlash mumkin, aks holda havodagi namlik ta'sirida aktivligi kamayadi.
Havoyi ohak keramik g'isht va bloklar terishda, suvoqchilik murakkab va oddiy qorishmalari, bo'yoq tarkiblari tayyorlashda ishlatiladi.
Ohak va ohak-pushonka asosida ohak-pussolanli va ohak-shlakli gidravlik bog'lovchilar ishlab chiqariladi.
Ohak-pussolanli bog'lovchilar ohak va aktiv minerallar – trepel, opoka, diatomit, gliyej va shu kabilar birgalikda kukunlanadi. Ohak-shlakli va ohak-pussolanli bog'lovchilar asosidagi qorishma va betonlar namlikka va qisman suvli muhitga chidamli.
Havoyi ohak silikat g'isht va bloklari, g'ovak, yengil hamda og'ir silikat betonlarni tayyorlashda ishlatiladi. Uni tashish, saqlash va ishlatishda texnika xavfsizligi choralariga rioya qilish zarur.


5.2.2. Gipsli bog'lovchilar
Gips bogiovchisi asosida tayyorlanadigan buyumlar gigiyena talablariga to'la javob berishi, zaxiralari ko'p bo'lganligi tufayli qurilishda keng miqyosda ishlatiladi. Gips toshi zaxiralari O'zbekistonda ko'p bo'lib, tarkibiy qismi jihatidan farq qiladi. Gips boglovchisi asosida kompozitsion qurilish materiallari, xususan gipskarton plitalarni ishlab chiqarishning yo'lga qo'yilishi bunday bog'lovchilarni ko'plab ishlab chiqarishni taqozo etadi.
Gips bog'lovchilari ishlab chiqarish usuliga ko'ra past va yuqori haroratda pishirilgan turlariga bo'linadi.
Past haroratda pishirilgan gips CaSO4∙2H2O ni 110–180°C qisman suvini yo'qotish hisobiga olinadi:
CaSO4∙2H2O=CaSO4∙0,5H2O+l,5H2O
Yuqori haroratda kuydirilgan gips (angidrit) bog'iovchisi gips toshini 600–1000 °C da kuydirib olinadi. Bu jarayon tufayli gips toshi tarkibidan suv butunlay chiqib ketadi va CaSO4 hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan gips bog'iovchisi – modifikatsiyadagi gips bo'lib, kukun maydalanganda tez qotuvchan bog'lovchiga aylanadi.
Gips bog'iovchisi avtoklavlarda 0,15–0.6 MPa bosim ostida, 95-100 °C pishirilganda - modifikatsiyadagi CaSO4-0,5H2O hosil bo’ladi va – modifikatsiyadagi gips kukun holatigacha maydalan­ganda yuqori mustahkamlikdagi gips hosil bo'ladi. α va β-modifikatsiyalardagi gips bog'lovchilari kristallari o'lchamlari va xarakteri bilan farqlanadi. a-modifikatsiyadagi gips kristallari yirik, ignasimon va uzunchoq prizmatik bo'ladi, β -modifikatsiyadagi gips kristallari mayda va noaniq shakllarda bo'ladi.
Gips ishlab chiqarish. Gips bog'lovchisi ishlab chiqarish gips toshidan kimyoviy bog'langan 75% suvni bug'latib yuborish bilan izohlanadi. Hosil bo'lgan gipsni kukunlab o'ta tez qotuvchan gips boglovchisi tayyorlanadi. Ushbu jihatlarni hisobga olib gips boglovchisi tayyorlashni shartli 3 usulga bo'lish mumkin: gips toshi maydalanadi, tuyiladi va pishiriladi; Gips toshi maydalanadi, pishiriladi va tuyiladi; gips toshi maydalanadi, yuqori bosim ostida bug'lanadi, so'ng quritib tuyiladi.
Gips toshi gips pishirish qozoni, aylanma xumdon, quritish barabani, shaxtali tegirmon va boshqa apparatlarda issiqlik bilan qayta ishlanib bog'lovchiga aylantiriladi. Gips pishirish uskunalari davriy va uzluksiz ishlaydigan turlarga bo'linadi. Davriy uslubda ishlaydigan gips pishirish qozoni hajmi 3–15 m3. Qozon pastki qismida yoqilgan o'tdan qizigan havo qozonning pastki, o'rta va yuqori qismlarida quvurlar ichidan o'tib gips xom ashyosini qizdiradi. Maydalab, quritilib tegirmonda tuyilgan gips toshi qozonning yuklash moslamasi (lyuki) orqali solinadi va 1–3 soat davomida kurakli tik val yordamida to'xtovsiz aralashtirib turiladi. Pishirilgan gips bog'lovchisi qozonning pastki qismidagi maxsus teshik orqali yetiltirish bunkeriga uzatiladi va 20–40 daqiqa saqlanadi. Bu yerda mahsulotning issiqligi tufayli qisman chala pishgan gips toshi zarrachalari suvsizlanadi (5.2-rasm).
Gips toshi aylanma xumdonlarda pishirilganda qizigan yoqilg'i gazhtr qarshi harakatlanayotgan xom ashyoni bevo'sita qisman suvsizlantiradi va yarim molekula suvli gips hosil bo'ladi. Sharli tegirmonda tuyiladi. Gips toshi bir- yo'la pishirilishi va tuyilishi mumkin. Buning uchun sharli tegirmonlardan foydalaniladi. Bu usul uzluksiz bo'lib, tegirmonda kukunlangan gips toshi zarracha­lari qizdirilgan tutun gazlari oqimi vositasida suvsizlantiriladi va maxsus siklon moslamalarida gips zarrachalari cho'ktiriladi.

Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish