Qurilish materiallari


Gipsning asosiy xossalari



Download 11,91 Mb.
bet51/234
Sana03.06.2022
Hajmi11,91 Mb.
#631778
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   234
Bog'liq
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI

Gipsning asosiy xossalari. Gips bog'lovchisining zichligi 2,6– 2,75 g/sm3, o'rtacha zichligi to'kilgan holatda 800-1100 kg/m3 va zichlangan holatda esa 1250–1450 kg/m3. Uning normal quyuqligi 50-70% suv sarfi bilan ifodalanadi va maydalik darajasi va aralashmalarning miqdoriga bog'liq bo'ladi. Suv sarfini kamaytirish uchun uning tarkibiga organik plastifikatorlar kiritiladi.
Gips quyuqlanish davriga qarab uch guruhga bo'linadi: A – tez quyuqlanuvchan (quyuqlanish boshi 2 daqiqa va oxiri 15 daqiqa); В – normal quyuqlanuvchan (6 daqiqadan 30 daqiqagacha); V – sekin quyuqlanuvchan (quyuqlanish boshlanishi kamida 20 daqiqa).
Davlat standarti tomonidan 12 markada gips bog'lovchisi ishlab chiqariladi (MPa): G-2, G-3, G-4, G-5, G-6, G-7, G-10, G-13, G-16, G-19, G-22, G-25. Bunda egilishdagi mustahkamlik chegarasi kamida liar bir marka uchun mutanosiblikda 1,2 dan 8 MPa gacha qiymatda mos bo'lishi kerak.
Gips havoyi bog'lovchi bo'lgani tufayli nam sharoitda mustahkamligi kamayadi. Uning namlikka chidamliligini oshirish uchun sement, pussolan minerallar va domna shlaki kukuni, suvga chidamli polimerlar qo'shiladi yoki gipsdan tayyoflangan buyum sirti lok-bo'yoqlar va plyonkalar bilan qoplanadi.
Gips bog'lovchisining ishlatilishi. Qurilishbop gips iste'molchilarga qoplangan yoki to'kilgan holda vagon va avtomashinalarda tashiladi. Maxsus qoplanmagan gipsni namlik va ifloslanishdan saqlash zarur, uni uzoq muddat saqlash tavsiya etilmaydi.
Qurilishbop gips asosida pardevor plitalar, kichik o'lchamdagi panellar, paz va greben tipidagi qorishmasiz teriladigan yirik bloklar, gipskarton listlar, ventilatsiya va arxitektura qismlari va boshqa buyumlar ishlab chiqariladi; oddiy va murakkab suvoq qotishmalari, manzarali rangli va relyefli qorishmalar tayyorlanadi. Yuqori mustabkamlikdagi gipsning siqilishdagi mustahkamligi 15–25 MPa, undan devor elementlari, yig'ma pardadevor plitalar, arxitektura qismlari tayyorlanadi. Qolipbop gips keramik va chinni-fayans buyumlar ishlab chiqarishda qolip tayyorlashda ishlatiladi.



Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish