Qurilish materiallari



Download 11,91 Mb.
bet2/234
Sana03.06.2022
Hajmi11,91 Mb.
#631778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   234
Bog'liq
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI

I BOB
QURILISH MATERIALLARINING ASOSIY
XOSSALARI


Tayanch iboralar: qurilish materiallari va buyumlari, standartlash, sertifikatsiya, GOSTlar, nanostruktura, mikrostruktura, makrostruktura, fizik xossalar, gidrofizik xossalar, issiqlik-fizik xossalar, mustahkamlik, deformativlik, texnologik xossalar, radiatsiyaga bardoshlilik.


1.1. Umumiy ma`lumotlar


Qurilish materiallarining har bir turi o‘ziga xos fizik, mexanik, kimyoviy hamda maxsus texnologik (va shu kabilar) xossalarga ega bo‘ladi. Buyumlarning tarkibi, strukturasi fizik-kimyoviy, texnologik jarayonlar ta'sirida o‘zgarishi ularning barcha xossalarini o‘zgartiradi.
Qurilish materiallari kelib chiqishiga ko‘ra tabiiy va sun'iy bo‘ladi. Ular xossalariga nisbatan plastik (bitum, giltuproq), elastik (yog‘och, polat, rezina), mo‘rt (keramika, shisha, beton, cho‘yan), material mustahkamligiga qarab mustahkamligi yuqori (po‘lat, granit, shisha), mustahkam (beton, yog‘och, polimerbeton, pishiq g‘isht) va mustahkamligi past (gips, ohaktosh, xom g‘isht, yacheykali beton) turlarga bo‘linadi.
Materiallarning ishlatilish sharoitiga ko‘ra konstruktiv (tabiiy tosh materiallari, beton, keramika, yog‘och, plastmassa va h.k.) va maxsus (issiqlik va tovush izolatsiyasi, gidroizolatsiya, korroziyaga chidamli, olovga bardoshli, radiatsiyadan himoyalovchi, biologik muhitga chidamli va h.k.) turlarga bo‘linadi.
Qurilish materiallari xossalarini raqamlar bilan baholash maqsadida Respublika standarti (RSt), Tarmoq standarti (TSt), Korxona standarti (KSt), Davlatlararo standart (DSt) lar joriy etilgan. Qurilish materiallari standartlari «O‘zdavstandart» agentligi bilan O‘zR Davlatarxitektqurilish tomonidan tasdiqlanadi. Bunday standartlar texnik shartlar; texnik talablar;. buyum turlari va o‘lchamlari; qabul qilish qoidalari; tamg‘alash, o‘rash va tashish qoidalari va shu kabilar hollarda bo‘lishi mumkin. Qurilish materiallaridan foydalanib, bino va inshootlar qurish «Qurilish me'yorlari va qoidalarida» (QMQ) belgilangan bo‘lib, barcha tashkilot va
muassasalar uchun majburiydir. Qurilish materiallarining 1947 yilda tashkil topgan «Standartlash xalqaro tashkiloti (MOS)» talablariga muvofiq xillari ham mavjud. MOS qurilish materiallarini davlatlararo tashish va ishlatishga qulaylik tug‘diradi.



Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish