Qurilish materiallari



Download 11,91 Mb.
bet57/234
Sana03.06.2022
Hajmi11,91 Mb.
#631778
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   234
Bog'liq
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI

Klinker ishlab chiqarish. Klinker xom ashyo tarkibini 75–78% ohaktosh va 22–25% giltuproq tashkil etadi. Xom ashyo tarkibini boyitish uchun tarkibiy oksidlarning birini tashkil etuvchi koinponentlar kiritiladi. Kremniy oksidning miqdorini oshirish uchun kolcliedan ogarkalari yoki rudasi qo'shiladi. Bundan tashqari, shlak, toshko'mir kuli va shu kabilar ishlatiladi. Ularning tarkibida 50– 60% CaO;25-30% SiO2; 2-5% A12O3; 3-8% boshqa oksidlar bo'ladi. Bu komponentlarning sement tarkibiga kiritilishi yoqilg'i sarfini 20-25% kamaytiradi.
Klinkerni kuydirishda tabiiy gaz, toshko'mir kukuni, mazut va aralash yoqilg'ilar ishlatiladi. Gaz yoqilganda klinker toza kuydiriladi, ko'mir va mazut yoqilganda klinkerda 10-20% nokerak aralashmalar hosil bo'ladi. Sement ishlab chiqarish quyidagi jarayonlardan iborat: ohaktosh va giltuproqni zavodga keltirish; xom ashyoni tayyorlash; xom ashyoni kuydirib klinker olish; gips va 15% gacha gidravlik qo'shimchalar qo'shib klinkerni tuyish; sementni omborxonaga joylashtirish. Xom ashyo 3 usulda tayyorlanadi: quruq, ho'l va kombinatsiyalashgan usullar [1].
Ho'l usulda xom ashyo komponentlari turli usullarda maydalanib aralashtiriladi va suv (35-45%) ishtirokida tuyiladi. Uning tarkibidagi oson eruvchan ohaktosh va giltuproq mayin shlam majmuani hosil qiladi (1-rasm).





1-rasm. shlam


Ho'l usulda yoqilg'i sarfi quruq usulga nisbatan 1,5–2 marta ko'p sarflanadi. Bu usulda ohaktosh karyerdan keltiriladi, jag'li va to'qmoqli maydalagichlarda 5 mm kattalikgacha maydalanadi. Giltuproq glinaboltushkalarda ezg'ilanadi. Maydalangan ohaktosh va giltuproq birgalikda sharli tegirmonlarda suspenziya holatigacha tuyiladi. Sharli tegirmon uzunligi 15 m, diametri 3.2 m bo'lgan, po'latdan ishlangan silindr bo'lib, ichi 3 bo'lakka bo'lingan. Xom ashyo ichi bo'sh vallar orqali bosim ostida bir tomondan beriladi, ikkinchi tomondan esa olinadi. Tegirmon ichida 1 va 2 bo'lmalar polat yoki cho'yan sharlar bilan, 3 bo'lma silindrchalar bilan toldiriladi. Quvursimon tegirmonlar to'xtovsiz ravishda soatiga 30–50 tonna xom ashyoni shlam massasiga aylantiradi. Shlam nasoslar shlambasseynlarga yuboriladi va 5–7 kunlik zaxira miqdorida saqlanadi. Basseyndan shlam o'lchovli ta'minlovchi orqali aylanma xumdonlarga uzatiladi.

Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish