Akustik gips plitalari bikr qobirg'ali, perforatsiyalangan holda ishlab chiqariladi. Gips plitalari shisha tolasi va polivinilxlorid shnuri, shisha g'ovak donachalari va perlit bilan armaturalanadi. Gips ekrani ichiga qog'oz yelimlanadi va folgaga o'ralgan mineral paxta plitalari o'rnatiladi. Tashqi qatlamli perforatsiyalangan gipskarton listdan, ichki qatlami esa noto'qima mato yoki filtr qog'ozidan iborat ikki qatlamli akustik buyumlar samarali hisoblanadi.
Akustik buyum tovushni to'liq yutishi uchun yuzasi kamida 30% perforatsiyalanishi kerak. Bunda buyumlardagi teshiklar o'lchamlari va shakli, burchagi, chuqurligi tovush yutish koeffltsiyentiga ta'sir etadi. Akustik materiallarni tashishda, saqlashda va ishlatishda suv hamda nam muhitdan saqlash maqsadga muvofiq.
Sintetik bog'lovchilar, shisha tola yoki o'ta ingichka shisha tolali shtapel asosida -60°C dan +450°C gacha haroratga bardoshli maxsus tovush yutuvchi materiallar ishlab chiqarioh yolga qo'yilgan.
14.5.2. Tovush izolatsiyasi materiallari
Tovush izolatsiyasi yoki qistirma materiallar ko'p qatlamli qavatlararo plitalarni va pardevorlarni zarbdan hosil bo'ladigan shovqindan izolatsiyalash va havodagi shovqinni qisman yuttirish uchun ishlatiladi. Tovush izolatsiyasi me'yorlari ko'rsatkichi to'siq konstaiksiyaning havo shovqini izolatsiyasi indeksi bilan belgilanadi va «Qurilish me'yorlari va qoidalarida» berilgan grafiklar yoki jadvallardan foydalanib aniqlanadi. Buyum va konstruksiyaning tovush izolatsiyasi xususiyati ularning strukturasi, o'lchamlari, massasi, bikrligi, materialning ichki qarshiligi, asosga suyanish usuli va boshqa omillarga bog'liq bo'ladi.
Tovush izolatsiyasi buyumlari strukturasiga ko'ra akustik bir jinsli va ko'p qatlamli bo'ladi. Bir jinsli tovush izolatsiyalovchilarga xususiy tebranma harakati bir butun bo'lgan buyumlar kiradi. Ko'p qatlamli tovush izolatsiyasilovchilarga (havo qatlamlilari ham) turli materiallardan tashkil topgan ko'p jinsli buyumlar kiradi va tovush izolatsiyasi xususiyati o'zgacha bo'ladi.
Akustik bir jinsli buyumlaming tovushni izolatsiyalash xususiyati bilan massasi orasidagi bog'lanish o'nli logarifm chizig'i bo'yicha o'zgaradi; bu xususiyatini oshirish uchun massasini ko'paytirish kerak. Tovush izolatsiyasi xususiyatini oshirish uchun ko'p qatlamli strukturalarni ishlatish maqsadga muvofiq.
Ko'p qatlamli, orasida havo qatlami bo'lgan buyumlar samarali tovush izolatsiyasi materiallari sanaladi. Bu holatda havoning dinamik elastiklik modulining (0,14 MPa) qattiq materiallarga nisbatan juda kichikligi muhim ahamiyatga ega.
Kvartiralararo devorlar hamda suriluvchi qavatlararo plitalar tutashgan joy konstruksiyasi akustik bir jinssiz bo'ladi (14.21-rasm).
Akustik birjinsiz konstruksiyalami montaj qilishda orasida havo qatlami qoldirilishi yoki tovush izolatsiyasi qistirmalari ishlatish maqsadga muvofiq. Bu holda konstruksiyalar o'zaro bikr holatda bog'lanmasligi kerak, Konstruksiyalar orasida 1 sm qalinlikda havo qatlami bo'lishi, 10 sm qalinlikdagi betonning tovush izolatsiyasi xususiyati ko'rsatkichiga ekvivalent bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |