10.12-rasm. Brizol.
Izol - bitum, devulkanizatsiyalangan rezina, mineral kukun, antiseptik va plastifikator aralashmasi massasini prokatlash usulida tayyorlangan asossiz o'rama gidroizolatsiya va tombop material. Izol ruberoidga nisbatan elastiklik, biologik muhitga chidamli va xizmat qilish muddati ikki marta ko'proq. Izol eni 800 va 1000 mm, qalinligi 2 mm. umumiy polotno yuzasi 10-15 m2 holatda tayyorlanadi. U gidrotexnik inshootlarni. rezervuarlarni, basseynlarni, yerto'lalarni, truboprovodlarni, qiyali va yassi tomlarni gidroizolatsiyalashda ishlatiladi. Izol asosga sovuq va issiq bitumli mastikalar yordamida yelimlanadi.
Tol - texnik kartonni qatronlarda shimdirib ikki tomonidan qatron va qum yoki mineral kukunlar sepilib olingan o'rama material. Yirik mineral sepmali tol tekis tomlar gidroizolatsiya qatlamining yuqori qavatiga, qum sepmali tol esa bino va inshootlar poydevori hamda boshqa qismlari, vaqtincha inshootlarning tomi gidroizolatsiyasi uchun ishlatiladi.
Tombop va gidroizolatsiya o'rama materiallari suv shimuvchanlik, suv o'tkazmaslik, issiqqa bardoshlilik hamda mustahkamlik bo'yicha texnik talablarga mos kelishi kerak. Masalan, shisha ruberoidning suv shimuvchanligi 5% gacha, 0,07 MPa gidrostatik bosimda 10 minut davomida namuna yuzasida suv tomchilari paydo bo'lmasligi kerak. Ruberoid, shisha ruberoid kabi bitum bog'Iovchi asosidagi o'rama materiallarning issiqqa bardoshliligi 80°C, tolniki 45°C. Eni 50 mm qilib o'rama materialdan kesib olingan namunaning cho'zilishdagi mustahkamligi ruberoid uchun 320-340 N, shisha ruberoid uchun 300 N dan kam bo'lmasligi kerak.
Donali gidroizolatsiya buyumlari. Fasonli bitumli listlar ЛБ-500va ЛБ-600 markalarda ishlab chiqariladi. Shimdirilgan bitumli massaning yumshash harorati 60°C kam bo'lmasligi kerak. Ular tom qoplamalarining yuza qismiga ishlatiladi. Armaturalangan plitalar bitumli issiq mastikani yoki issiq asfalt qorishmasini, metall to'r yoki shisha matо bilan armaturalab presslash usulida tayyorlanadi. Armaturasiz plitalar aynan shunday kompozitsiyalar asosida armaturasiz tayyorlanadi. Ushbu plitalar qurilish konstruksiyalarini, poydevorlarni gidroizolatsiyalashda va deformatsiyalanuvchi choklarni berkitishda ishlatiladi.
10.5.2. Gidroizolatsiya mastikalari
Mastika - neft bitumlari yoki qatronlar mineral o'ta mayda to'ldirgichlar va modifikatsiyalovchi qo'shimchalar asosida olingan plastik kompozitsion materialdir (10.13-rasm). Mastikalar tayyolashda kukun to'ldirgich sifatida maydalangan ohaktosh, dolomit, mel, sement, shlak, kullar, tolasimon to'ldirgich sifatida asbest, mineral paxta, shisha tolasi va shu kabilar ishlatiladi. Kukun to'ldirgichlar mastikaning qattiqligini, issiqqa bardoshliligini, tolasimon to'ldirgichlar esa egilishdagi mustahkamligini oshiradi, bog'lovchilarni tejaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |