10.4-rasm. Duktilometr asbobida bitumni sinash.
Bitumga marka uning qovushqoqligi, yumshash harorati va cho'ziluvchanligi bo'yicha beriladi.
Neft bitumlarining asosiy fizik-mehanik hossalari
10.1-jadval
Bitum markasi
|
Yumshash
harorati (°C), eng pasti
|
25°C haroratda
ignaning botish chuqurligi, 10 mm
|
25°C haroratda
cho’ziluvchanligi (sm),
kamida
|
Qurilish bitumlari
|
BN 50/50 BN 70/30 BN 90/10
|
50
70
90
|
41-60
21-40
5-20
|
40
3
1
|
Tombop bitumlar
|
BNK 45/180 BNK 90/40 BNK 90/30
|
40-45 85-95 85-95
|
140-220
35-45
25-35
|
Me'yorlanmaydi
-
-
|
Yo'l qurilishi bitumlari
|
BND 200/300 BND 90/130 BND 60/90 BND 40/60
|
35
39
43
51
|
200-300
91-130
61-90
40-60
|
Me'yorlanmavdi
65
60
40
|
Neft bitumlari yog'och bochkalarda, bidonlarda, faner yoki metall-faner barabanlarda, qog'oz qoplarda tashiladi (10.5-rasm). Katta miqdordagi bitumlar isitish qurilmalari bilan jihozlangan temir yo'l sisternalarida yoki platformalarda tashiladi. Bitumlar maxsus yopiq omborxonalarda yoki quyosh nuri va yog'in-sochindan himoyalangan bostirmalarda saqlanadi. Qurilish bitumlari asfalt qorishmalar va betonlar, mastikalar, emulsiyalar va boshqa kompozitsion materiallar tayyorlashda ishlatiladi (10.6-rasm). Tombop bitumlar tom gidroizolatsiyasi va tombop o'rama materiallar olishda asos (karton, asbest karton) yumshoq bitumlarga shimdiriladi, qattiq bitumlar esa yuzasiga sepiladi. Yo'l bitumlari, asosan, avtomobil yo'llari va aerodrom qoplamalari qurilishida ishlatiladi.
10.5-rasm. Neft bitumi.
10.6-rasm. Poydevorni gidroizolatsiyalash.
10.3. Qatronli bog'lovchi moddalar
Qurilish materiallari olishda, ko'pincha toshko'mir qatroni ishlatiladi. U qora metallurgiya sanoati uchun zarur bo'lgan koks yoqilg'isi olishda qo'shimcha mahsulot sifatida hosil bo'ladi. Toshko'mir qatronlari quyidagi turlarga bo`linadi: xom toshko'mir qatroni, haydalgan qatron, рек va aralash qatron.
Xom toshko'mir qatroni ikki xil bo'ladi: a) 500-600°C haroratda yarim kokslanish jarayonida hosil bo'lgan past haroratli qatron, uning zichligi 0,85-1 g/sm3 , rangi to'q qo'ng'ir; b) 100-1300°С haroratda koks olish jarayonida hosil bo'lgan qatron, uning zichligi 1,12-1,23 g/sm3 yumshash harorati 40-70°C, rangi qora suyuqlik yoki qattiq-qovushqoq modda.
Haydalgan qatron (toshko'mir smolasi) past haroratda olingan xom smolani fraksiyalash usuli bilan ligroin va kerosin fraksiyalarini ajratib olish natijasida hosil bo'ladi. U qovushqoqligi va xossalari jihatidan yuqori haroratda hosil bo'lgan qatronga yaqinlashadi.
Рек xom toshko'mir smolasini haydaganda hosil bo'ladigan qoldiq mahsulotdir. Haydash jarayonida quyidagi moddalar hosil bo'ladi: yengil moylar (180°C), fenolli fraksiyalar (180-210°С), naftalinli fraksiyalar (210-230°C), antrasen moyi (360°C gacha). Рек qora rangli mo'rt modda bo'lib, zichligi 1,25-1,28 g/sm3 tarkibida yuqori molekulali uglevodorod birikmalari va 8-30% erkin holdagi uglerod bo'ladi. Qatronning xossalari moylar, smolalar va qattiq tashkil etuvchilarning nisbatiga bog'liq bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |