10.2-jadval
Asfaltli qorishmalar va betonlar namuna larkiblari
Nomi
|
Tarkibi, % massasiga nisbatan
|
|
Bitum
|
Рек
|
Toshko'mir smolasi
|
Kukun
to'ldirgich
|
Qum
|
Chaqiqtosh
|
Asbest
|
Asfaltli qorishma
|
18
|
-
|
-
|
20
|
55
|
-
|
7
|
Pek-smolali qorishma
|
-
|
15
|
4
|
11
|
62
|
-
|
8
|
Asfaltbeton
|
7
|
-
|
-
|
3
|
30
|
60
|
-
|
Pekobeton
|
-
|
18-12
|
2-3
|
5-10
|
35-40
|
40-45
|
-
|
Asfaltbetonning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 20°C da 2,2-2,4 MPa, 50°C da 0,8-1,2 MPa. Asfalt qorishmalari hamda betonlari issiq, iliq va sovuq holatda yotqiziladi. Asfaltbeton qorishmalari, odatda issiq holatda 140-170°C haroratda tayyorlanadi va yotqiziladi. U issiq holatda tayyorlash asosiy jarayonlaridan iborat: chaqiqtosh, qum, kukun to'ldirgich kabi mineral tashkil etuvchilar quritilib, 180-200°C da qizdiriladi va qorgichga dozirovkalab solinadi; bitum 150-170°C da qizdiriladi va qorgichda to`ldirgichlar bilan sinchiklab aralashtiriladi.
Asfaltbeton qorishmalar maxsus isitgich bilan jihozlangan yoki termosli mashinalarda tashiladi. U maxsus ukladchiklar vositasida yotqizilib, tekislanadi va presslab zichlashtiriladi (10.7-rasm). Asfaltbeton 1-2 soat davomida sovigach mustahkamlikka ega boiadi. Iliq asfaltbeton bitumni 110-120°C qizdirib, shu haroratda qizdirilgan mineral to’ldirgichlar bilan aralashtiriladi. Asfaltbeton 60°C gacha sovigach qiyrilish obyektlariga olib boriladi va yotqiziladi. Sovuq holatdagi asfaltbeton organik erituvchilarda eritilgan bitum va bitum emulsiyalariga mineral to’ldirgichlar aralashtirib olinadi. Sovuq holda tayyorlangan asfaltbetonning mustahkamligi va sifati issiq holda olinganga nisbatan pastroq boiadi.
10.7-rasm. Ukladchiklar vositasida yotqizilib, presslab
tekislanayotgan asfaltbeton.
Qatronbeton qatron yoki рек bog'lovchilari asosida olinadi. Ularning mustahkamligi, suvga chidamliligi, issiqqa bardoshliligi, yedirilishga asfaltbetonga nisbatan past bo'ladi. Qatronbeton qurilishda ikkinchi daraja ahamiyatli yo'llarni qoplashda ishlatiladi.
Asfaltbeton ishlatilish sohasiga nisbatan gidrotexnik, yo'lbop va aerodrom qoplamalari, sanoat binolari pollari va tombop turlarga bo'linadi.
10.5. Tombop va gidroizolatsiya materiallari
10.5.1. O'rama gidroizolatsiya materiallari
O'rama gidroizolatsiya materiallar asosida tom bir necha qatlamlardan iborat bo'lib, ostki qatlamlarga qoplamasiz, eng ustki qatlamiga esa qoplamali turlari ishlatiladi. Eng ustki qatlamga ishlatiladigan o'rama material tashqi tomoniga yirik donali (K), mayda donali (M) va tangasimon kukunli (П) minerallar (qum, mayda tosh) sepiladi.
Ular asosli va asossiz turlarga bo'linadi. Asosli materiallar texnik karton, asbest karton, shisha to'qima va noto'qima matoli va shu kabilar bitum yoki qatron bilan ishlov berib tayyorlanadi. Asossiz o'rama materiallar mikrokompozit bo'lib, bitum yoki qatron bog'lovchilar, kukun to'ldirgich va modifitsirlovchi qo'shimchalar (antiseptik, plastifikator, stabilizator) aralashmasini muayyan qalinlikda prokatlab tayyorlanadi.
Ruberoid - texnik kartonni oson eriydigan bitumga shimdirib, ikki tomonidan kukun to'ldirgichli qiyin eriydigan bitum va maydalangan minerallar sepib tayyorlangan o'rama material.
Ruberoid ishlatilish joyiga qarab tombop ostki (П) va ustki qatlam (K), qurilish konstruksiyalarini gidroizolatsiyalash turlarga bo'linadi. Ruberoid quyidagi markalarda ishlab chiqariladi: RKK-500 A, RKK-400 A, RKK-400 B, RKK-400 V, RKM-350 B, RKM-400 V, RPM-300 A, RPM-300 B, RPM-300 V, RPP- 350 B, RPP-350 V, RPP-300 A, RKK-300 B. Markalarda ko'rsatilgan raqamlar 1 m2 ruberoidning massasini (g) bildiradi. Ruberoidning bakteriya va mikroorganizmlar ta'sirida chirishini bartaraf etish maqsadida bitumga antiseptik bilan ishlov beriladi. Ruberoid sovuq muhitda ham elastikligini saqlab qolishi uchun polimerlar bilan modifikatsiyalangan bitum asosida REM-350 markada tayyorlanadi. Bu markadagi ruberoid -50°C haroratda ham mo'rt bo'lmaydi, 1,5-2 marta xizmat vaqti uzayadi. Uning eni 1000, 1025, 1050 mm, yuzasi 5, 7, 10 va 15 m2.
Hozirgi vaqtda ruberoidning pastki tomoni qalin qoplamali xili tom gidroizolatsiyasida bevosita asosga bitumli mastikalarsiz moslama yordamida alanga hosil qilinadi va ruberoid pastki tomonidagi qoplama eritilib asosga yopishtiriladi. Bu usulda tom qoplanganda mehnat unumdorligi 50% ortadi, qoplamaning sifati oshadi (10.8-rasm). Ruberoid ustma-ust, qo'shni polotnoni 7-10 sm qoplab yopishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |