7.3.3. Temirbeton buyum va konstruksiyalarni tashish hamda omborga joylashtirish Yig'ma temirbeton buyum va konstruksiyalar qurilish maydonlariga, odatda, avtomobil transportida tashiladi. Xususiy hollarda maxsus konstruksiyalar (temir yo'l shpallari, yuqori bosimda ishJatiladigan quvurlar va boshq.) temiryo'l transportida tashilishi mumkin. Kichik o'lchamli buyumlar (plita, blok, zinapoya, maydoncha va sh.k. lar) yuk avtomobillarda tashiladi. Yirik o'lchamli massiv konstruksiyalar (ustun. to'sin, ko'prik elementlari va sh.k. lar) tirkamali tyagachlarda, devorbop panellar yarim tirkamali panel tashigichlarda (trellerlar) tashiladi.
Omborxonalarda temirbeton konstruksiyalar turlari bo'yicha alohida joylashtiriladi. Bir tomondan armaturalangan konstruksiyalar armaturasi pastki zonada bo'lishi shart. Bunday konstruk-siyalarda uchburchak belgi bo'lib, uning uchi konstruksiyaning ish vaziyatdagi ustki tomonini ko'rsatadi (7.8-rasm).
Omborxona maydonidan unumli foydalanish maqsadida buyumlar shtabel ko'rinishida ustma-ust yotqizib taxlanadi. Temirbeton buyumlar ortiqcha zo'riqmasligi uchun shtabelning balandligi belgilangan me'yordan ortmasligi kerak. Shtabellarning balandligi va tayanchlarning holati texnik shartlar ko'rsatilgan davlat standartlarida belgiJab qo'yilgan. Devor panellari va boshqa turdagi panellar omborxonada vertikal yoki 10-12° qiya vaziyatda saqlanadi.
Temirbeton buyum va konstruksiyalarni tashish, omborxona-larga joylashtirish va montaj uchun ko'tarishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat'iy rioya qilish kerak.
7.8-rasm.Yig'ma temirbeton konstruksiyalarni omborlarga joylashtirish: a— poydevor bloklari: b — to'sinlar; d - qavatlararo plitalar:
e ~ zinapoya marslilari.
7.4. Monolit temirbeton konstruksiyalar Qurilish majmuasida bino va inshootlarni monolit temirbeton asosida barpo etish dolzarb masaladir. Monolit qurilish tizimi temirbeton konstruksiyalarni avvaldan tavyorlangan istalgan shakldagi unifikatsiyalashtirilgan yig'ma qoliplarga quyish bilan xarakterli. Bu usulda bino va inshootlar qurilganda qurilish vaqti qisqaradi, montaj ishlari keskin kamayadi, imoratning mustahkamligi oshadi, qurilish maydonidagi omborxonaga zarurat bo'lmaydi.
Hozirgi kunda og'ir metall qoliplar o'rniga yengil pishiq metall va shishaplastik listlardan yig'iladigan universal qoliplarning ishlatilishi monolit qurilish tizimini rivojlantirmoqda.
Monolit temirbeton konstruksiyalar og'ir va g'ovak to'ldirgichlar asosida tayyorlanadi. Turarjoy binolari devorlari yacheykali betonlar asosida qurilishi mumkin. Maxsus inshootlar monolit qurilishida o'ta og'ir. issiqlikka bardoshli, agressiv muhitlarga chidamli va boshqa turdagi betonlar ishlatiladi.Monolit temirbeton uchun armatura zavodda yoki bevosita qurilish maydoni yaqinidagi armatura sexida yirik karkas bloklari va to'rlari ko'rinishida tayyorlanadi. Beton qorishmasi temirbeton zavodida yoki qurilish maydonidagi beton qorish markazida tayyorlanadi.
Beton qorishmasi avtobetonovozlarda tashilishi kerak. Beton qorishmasi tashilayotganda qatlamlanmasligi, atmosfera muhiti ta'sirida tarkibi o'zgarmasligi shart. Ayniqsa, O'zbekistonning quruq issiq iqlimida beton qorishmasini tashishda suvsizlanishining oldini olish dolzarb masaladir. Hozirgi vaqtda qurilish tiziraida beton qorishmasini quruq holda tashib va bevosita obyektning o'zida suv bilan aralashtirib ishlatish yaxshi natijalar bermoqda.
Qurilish maydonida belon qorishmasini uzatish kran. transporter, betonnasos yoki siqilgan havo vositasida ishlaydigan quvurlar orqali amalga oshiriladi. Siqilgan havo vositasida ishlaydigan quvursimon transport yordamida beton qorishmasini 150 m gacha masofaga uzatish mumkin.
Monolit temirbeton konstniksivalar uzluksiz yoki davn'y usiilda alohida bloklar yoki bo'lmalar ko'rinishida quyiladi. Uzluksiz usul bino va inshootda choklarbo'lmasligi hamda beton tarkibiga maxsus talablar qo'yilganda ishlatiladi. Uzluksiz usulda armaturasiavvaldan taranglangan temirbeton konstruksiyalar, dinamik kuchlanishlar ta'sirida ishlaydigan poydevor va sh.k. lar tayyorlanadi.
Massiv inshootlar (to'g'onlar, gradirnyalar, poydevorlar) ishchi choklar bilan bloklarga ajratiladi, chunki harorat va kirishish ta'siridan hosil bo'ladigan deformatsiyalanish qurilish yaxlitligiga ziyon yetkazishi mumkin.
Beton qorishmasi qatlam-qatlam holda quyiladi va ichki titratkichlar yordamida zichlashtiriladi. U 'qolipga quyilgach, toki beton loyihadagi mustahkamlikka erishguncha parvarishlanadi. Bunda sement gidratatsiyasi ta'minlanishi uchun harorat va nisbiy namlikni zarur ko'rsatkichUirda ushlab turish kerak.
O'zbekistonning quruq issiq iqlim sharoitida monolit beton quyish alohida tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Bunda beton qorishmasini tashish, qoliplash, ayniqsa parvarishlash ishlariga alohida ahamiyat berish zarur. Avtomobil yoilari, aerodrom qoplama va sh.k. lari yuzasi katta temirbeton monolit konstruksiya-larni qurishda betonni parvarishlash uchun to'shalma materiallar (polietilen, polipropilen plyonkasi va b.) yoki plyonka hosil qiluvchi polimerlar (etiaol loki, gelpolimerlar) ishlatiladi.
Monolit betonlash qishki mavsumda bajarilganda beton qorishmasini va qotayotgan betonni muzlashdan saqlash asosiy masaladir. Monolit betonni muzlashdan asrashning turli usullari mavjud. Betonning issiqlik izolatsiyasi maieriallari bilan vaqtinchalik o’rab qo’yish, beton qorishmasi tarkibidagi suvning muzlash haroratini pasaytiruvchi o’shimchalar kiritish, «termos» usuli shular jumlasidandir.
Issiqlik izolyatsiyasi materiallari sifatida yarim bikr mineral plita, shishapaxta to’shamalari, gidioizolatsiya qoplamali arbolit, kselolit plitalari,g'ovak, to'l dirgichlar va shu kabilar ishlatiladi. Xususiy hollarda ishlatiladigan«termos» usuliga binoan quyilgan beton kotistruksiyaga maxsus egiluvchan materiallardan yasalgan «ko'ylak» kiydiriladiva qoplamaning oraliq bo'shlig'iga qizdirilgan bug' yoki havo yuborib turiladi. «Termos» usuli serharajat va texnik tomonidan amalga oshirish murakkab bo'lgan usul hisoblanadi.