Beton qorishmasinu tayyorlash.Temirbeton zavodlarida beton qorishmasi bevosita beton qorish sexida tayyorlanadi. Beton qorish texnologiyasi batafsil 6 – bobda berilgan.
Armatura tayyorlash. Armatura sexida armatura karkaslari va to’rlari maxsus payvandlash uskunalari vositasida tayyorlanadi. Sexda armatura sterjenlari va simlari kalavalar hamda o’ramlarni maxsus stanoklarda metal zaklardan va zanglardan tozalanadi, to’g’rilanadi, kerakli uzunlikda qirqiladi. Alohida sterjenlar ko’p nuqtali payvandlash uskunalarida kontakt usulida payvandlab armatura karkaslari va to’rlari tayyorlanadi.
Armaturalarni avvaldan taranglash qoliplash sexida maxsus stendlar va qoliplarda gidravlik domkratlar yordamida yoki elektrotermomexanik uslilda beton quyilmasdan oldin amalga oshiriladi.
Ular stend yoki qolipning chekka qismiga moslamalar yordamida mahkamlanadi. Beton qotib siqilishdagi mustahkamligi 20 MPa dan ortgahda mahkamlangan armatura bo'shatiladi.
Buyum va konstruksiyalarni qoliplash. Qoliplash jarayoni quyidagi asosiy operatsiyalardan iborat bo'ladi: qoliplarni tozalash; yig’ish va moylash, qolipga armaturani joylashtifish, qolipga beton
qorishmasi quyish va zichlashtirish.
Konstuksiyalarning sifati qolip o’lchamlari aniqligiga va bikrligiga bog'liq bo'ladi. Qoliplar po’lat listlardan, metallar qotishmalaridan va shishaplastiklardan tavyorlanadi. Misol tariqasida Germaniyaning Pashal Verke LTD firmasi plastik qoliplarini keltirish mumkin.
Beton quyishdan avval qoliplar qotgan beton qoldiqlaridan tozalanishi shart. Qolip yig'ilgach, beton qolipga yopishib qolmasligi uchun maxsus emulsion tarkiblar bilan moylanadi.
Beton qorishmasi qolipga turli beton quygichlar yordarmida qiyiladi. Beton quygichning turi qoliplanadigan konstruksiyaga bog’liq. Yuzasi katta plitalar, panellar ushbu buyum enini qoplaydigan beton quygich mashinalar vositasida, ensiz buyum va konstruksiyalar maxsus shlanglar, badyalar, transporter kabi beton quygichlar yordamida qoliplanadi.
Konstruksiyalar tayyorlashda quyidagi beton zichlashtirish usullari ishlatiladi: titratish, prokatlash, vakuumlash, presslash, shibbalash, sentrifugalash va h.k. Keng tarqalgan usul qisqa muddatli titratish bo'lib, titratish maydonlari katta yuzali buyumlar betonni zichlashtirishga imkon beradi. Qo'zg'almas yirik qoliplardagi beton qorishmasi chuqurlik titratkichlari vositasida, yupqa konstruksiyalar esa yuzaki titratgich maydonchalari va to'sinchalari yordamida zichlashtiriladi. Bikr va o'ta bikr beton qorishmalari titratish-vakuumlash, titratish-prokatlash va shu kabi aralash usullarda zichlashtiriladi (6-bobga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |