7.6-rasm. Ikki yarusli prokat stani
Qolip-vagoncikalarning o'rtacha harakatlanish tezligi 20-30 m/soat. lkki yarusli stanlarda temirbeton konstruksnalarni tayyorlash texnologiyasi bitta-ikkita nomenklaturadagi mahsulotni tayyorlash bo'yicha ixtisoslashganbo'ladi. Bu usulda panellar, plitalar, to’sinlar va ustunlar tayyorlanadi.
Kasseta usuli stend texnologiyaning bu turi bo'lib, buyumlar vertikal qolip-kassetalarda tayyorlanadi. Qolip-kassetalar уоnma yon joylashgan, metall plastinkalar bilan bir-biridan ajratilgan qoliplardan iborat bo'ladi. Kasseta ustanovkasida temirbeton buyumlar qoliplanadi va issiqlik bilan ishlov beriladi.
Qolip-kassetalarga quyilgan beton qorishmasi osma yoki chuqurlik titratkichlaryordamida zichlashtiriladi (7.7-rasm). Ular buyumni bug’ yoki elektr toki bilan isitish uchun moslashtirilgan maxsus moslamalarga ega. Kassetalarda buyumga 85-95 °C haroratda 6-10 soat davomida issiqlik bilan ishlov beriladi.
7.7-rasm Kasseta usuli
Issiqlik bilan ishlov berilib, yetarli mustahkamlikka erishgan buyumlar ko'prik krani vositasida biroz bo'shatilgan qoliplardan chiqarib olinadi. Buyum maxsus transport yoki ko'prik krani yordamida tayyor mahsulotlar omborxonasiga olib boriladi. Kasseta usulida tashqi va ichki devor panellari hamda plitalari, yopmalar paneli, zinapoya marshlari va maydonchalari, balkon plitalari va shu kabi yassi yuzali yupqa temirbeton konstruksiyalar tayyorlanadi. Bu usul boshqa usullarga nisbatan mehnat unumdorligining yuqoriligi, ishlab chiqarish maydonining kichikligi, energiya tejamkorligi va qat'iy ritm talab etilmasligi bilan farqlanadi.
7.3.2. Temirbeton konstruksiyalarning sifatini nazorat qilish
Temirbeton buyum va konstruksiyalar tayyor bo'lgach, albatta sifati zavod TNB (texnik nazorat bo'limi) xodimlari tomonidan nazorat qilinadi. Ishlab chiqariladigan har bir buyum va konstruksiya sifat ko'rsatkichlari jihatidan Davlat standarti talablariga javob berishi kerak. Buyumlar sifatini nazoraldan o'tkazishda tashqi ko'rinishi, shakli, o'lchamlari, himoya qatlamining qalinligi armaturalar va konstruksiyani ko'tarishda ilinadigan po'lat sirtmoq larning sifati hamda joylashishi, betonning mustahkamligi va uning loyihaga muvofiqligi aniqlanadi. Tashqi va ichki devor panellari hamda plitalarining o'rtacha zichligi ham aniqlanadi. Har bir buyum va konstruksiyalar guruhidan tanlab olingan kontrol namunalarning mustahkamligi, bikrligi, darzlar hosil bo'lishga turg'unligi va zarurat bo'lganda boshqa xossalari sinab ko'riladi.
Davlat standarti (RSt) yoki texnik shartlar (TSt) talabiga mos keladigan har bir temirbeton buyum va konstruksiya maxsus bo'yoqlar bilan markalanadi. Markada buyum yoki konstruksiyaning pasport nomeri, indeksi (tipi), tayyorlovchi zavod markasi,nazoratchining nomeri va xususiy hollarda tavyorlangan sana ko'rsatiladi. Konstruksiya guruhiga ikki nusxada pasport tuziladi, ulardan biri iste'molchiga beriladi, ikkinchisi zavodida qoldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |