Surkash usulida plastik massa qorishma, dispersiya, eritma holatda qog'oz, mato, noto'qima mato, jun tolalari va shu kabi yuzasiga surkaladi, tekislanadi va bezak hosil qilish uchun ishlov beriladi. Surkaladigan massa maxsus rakley-pichoq bilan tekislanadi. Odatda, asos (material) harakatda pichoq esa qo'zg'almas bo'lib, surkaladigan massa qalinligi va zichligini boshqarish uchun qiyaligi va tirqich o'lchamlari o'zgartiriladi. Surkaladigan massa qizdirilgan va sovuq holda bo'ladi. Bu usulda linoleumlar, pavinol, linkrust, bumoplast va shu kabi materiallar tayyorlanadi.
Shimdirish usulida matolar, qog'ozlar, tolalar suyultirilgan plastik massaga botirib olinib, so'ng qurililadi. Shimdirish mashinalari gorizontal va vertikal tiplarda bo'ladi. Bakelitli yelimlanadigan plyonkalar, karbamid va melamin formaldegid polimerlari shimdirilgan bezak plyonkalar, tekstolit olishda yarim xomashyo vazifasini o'taydigan shisha, asbest va paxta tolali matolar polimerlarda shimdirib olinadi. Sementli, gipsli, silikatli beton va armosementlarni va shu kabi polimerlar bilan (stirol, poliakrilatlar, latekslar va boshq) shimdirib, o'ta mustahkam kimyoviy muhitlarga va sovuqqa bardoshli buyum va konstruksiyalar tayyorlanadi.
Sepish usulida plastik massa metall tasma yoki baraban yuzasiga kichik qalinlikda yoyiladi, qotgach yupqa plyonka ko'rinishida ko'chirib olinadi. Bu usulda asetilsellulozali shaffof plyonkalar va tezda quriydigan polimer elastik materiallar olinadi.
Purkash usulida kukunsimon polimer qizdirilgan yuzaga sepiladi, yuzaga erib yopishgan polimer sovitilgach mustahkam polimer qoplama hosil bo'ladi. Purkash usulining quyidagi ko'rinishlari mavjud: gaz alangali, o'rama (vixr) va psevdosuuqlantirilgan. Gaz alangali purkashda polimer kukuni (polietilen, polipropilen, poliamidlar va boshq.) alanga orasidan o'tib suyuqlanadi, yuzaga urilib yopishadi va zarur bo'lgan qalinlikdagi material hosil bo'ladi.
Payvandlash usulida yarim tayyor plastmassa qismlardan zarur bo'lgan shakldagi buyumlar yig'iladi. Polietilen, polipropilen, polivinilxlorid va shu kabi plastmassa buyumlar, sanitariya-texnika murakkab burraa qismlar payvandlash usulida tayyorlanadi. Bu usulda plastmassalarni qizdirish issiq havo, yuqori chastota, ultratovush, radiatsion, kontakt qizdirish uslubida amalga oshiriladi. Payvandlangan plastmassa choklari mustahkam va nuqsonsiz bo'ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |